-topshiriq. Matnni o’qing. Ma’lumotlardan foydalanib iqtisodiyot nazariyasi fanidan 1-ma’ruzani qisqartiring




Download 1,39 Mb.
bet68/109
Sana25.01.2024
Hajmi1,39 Mb.
#145749
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109
Bog'liq
Mажмуа соҳаданики

2-topshiriq. Matnni o’qing. Ma’lumotlardan foydalanib iqtisodiyot nazariyasi fanidan 1-ma’ruzani qisqartiring.
Matnda qisqartirib tuzatishlarni amalga oshirishdan maqsad, avvalo, matn hajmini kichraytirish va shu yo‘l bilan uni maqbul o‘lchamga keltirish, qolaversa, ortiqchaliklardan holi qilishdir. Qisqartirib tuzatishining o‘qib tuzatishdan farqi shundaki, bunda matnga bevosita qo‘l uriladi. Shunga ko‘ra, muharrir matnning mazmuniy va sintaktik qurilishini hisobga olishi lozim.

Matnniqisqartirishquyidagiyo‘llarbilanamalgaoshiriladi:
- matnning asosiy fikrini ifodalovchi gaplarni ajrata olish;
- gaplardagi uyushiq va ajratilgan bo‘laklarni, kiritma va ilova qurilmalarni qisqartirish, qo‘shimcha fikr ifodalovchi gaplarini, sintaktik parallellar va takrorlarni qisqartirish;
- birikmalarni ma’nodosh so‘zlarga, sodda yoyiq gaplarni yig‘iq gaplarga, qo‘shma gaplarni sodda gaplarga, ko‘chirma gaplarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirish;
- matnni qisqa mazmunli tarkibiy qismlarga ajratish;
- birikmalarni va boshqa tasviriy ifodalarni sodda va ixcham shaklga keltirish.

Manbadan olinayotgan ko‘chirmalar hech bir o‘zgarishsiz, qo‘shtirnoq ichida keltirilishi va manbasi aniq ko‘rsatilishi shart. Matnda, ayniqsa, rasmiy matnlarda kishilarning ismi-familiyasini, lavozimlarini, tashkilot, muassasalar nomlarini, geografik joy nomlarini yozishda har xillikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shartli qisqartmalar ham o‘zbek tili lug‘atlarida keltirilgan tarzda amalga oshirilishi to‘g‘ri bo‘ladi.



Masalan: ad. – adabiy, kg. – kilogramm, g. – gramm, t. – tonna, sm. – santimetr, m. – metr, ga. – gektar, min. – minut, sek. – sekund kabi.
Qisqartma otlarni yozishda ham har xillikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Masalan, O‘zb. Respublikasi, O‘z. Respublikasi, O‘z. Resp., O‘zb. Respublikasi, O‘z. Respublikasi, O‘z. Resp-si tarzida emas, balki O‘zR yozilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Umuman, bu kabi holatlarni yozish va tahrir qilishda ma’lum me’yorga keltirilgan, ko‘pchilikka ma’qul bo‘lib, tilda qonun-qoidalar bilan mustahkamlangan variantlardan foydalanish lozim.





Download 1,39 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   109




Download 1,39 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-topshiriq. Matnni o’qing. Ma’lumotlardan foydalanib iqtisodiyot nazariyasi fanidan 1-ma’ruzani qisqartiring

Download 1,39 Mb.