• Xususiyati Misollar
  • 9-topshiriq. “Tushunchalar tahlili” metodi.
  • Tushunchalar
  • Sinovdan o’tkazmoq
  • Tafsilotlarni bermoq
  • Umumlashtirmoq Mavzuning ahamiyati to’g’risida fikr yuritish 12-mavzu.
  • -topshiriq. Akademik matnning asosiy xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Har biriga yuqoridagi matndan foydalanib misollar toping




    Download 1,39 Mb.
    bet67/109
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,39 Mb.
    #145749
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
    Bog'liq
    Mажмуа соҳаданики

    8-topshiriq. Akademik matnning asosiy xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Har biriga yuqoridagi matndan foydalanib misollar toping.





    Xususiyati



    Misollar

    Rasmiy so`z boyligi




    Havolalarning ishlatilishi






    Shaxssiz usul






    Uzun, murakkab gaplar






    Tushunchalar_tahlili”_metodi.'>9-topshiriq. “Tushunchalar tahlili” metodi. Har bir tushunchaning tahlilini toping. Quyidagilarning moslarini topib birlashtiring.

    Tushunchalar



    Tushunchalar tahlili

    Tahlil qilmoq

    Dalillar keltirish

    Baholamoq

    Murakkab mavzuni qismlarga bo’lgan holda yetkazish

    Tasvirlamoq

    Mavzuni bo’limlarga bo’lish va har biri to’g’risida batafsil to’xtalib o’tish

    Muhokama qilmoq

    Mavzuni qismlarga bo’lgan holda tahlil qilish va aloqadorlikni ko’rsatib berish

    Sinovdan o’tkazmoq

    Taklif kiritish va uning ijrosini ta’minlash

    Misol keltirmoq

    Biror narsa haqida to’liq ma’lumot berish

    Tafsilotlarni bermoq

    Mavzuning qisqacha mazmunini yoritib berish

    Taklif qilmoq

    Mavzuning turli qirralarini hisobga olgan holda uning kamchilik va ustunlik tomonlarini tahlil qilish

    Umumlashtirmoq

    Mavzuning ahamiyati to’g’risida fikr yuritish


    12-mavzu.
    1-topshiriq. Matnni o’qing. Matnni og’zaki so’zlab bering.

    Matnni tahrir qilish uchun dastlab u bilan yaxshilab tanishib, to‘lig‘icha o‘qib chiqish, masalaning mohiyatini tushunib olish lozim. Birinchi o‘qishdanoq tuzatishlar kiritishga shoshilish xatoliklarga olib kelishi, bu tuzatishlar muallif muddaosini anglamasdan amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin. Matn haqida tasavvurga ega bo‘lingandan keyin, matn til jihatdan tahrir qilinadi. Bunda so‘zlarning imlosi ham, tinish belgilari ham, uslubiy kamchiliklar ham e’tibordan chetda qoldirilmaydi. Mana shu tuzatishlar jarayonida asosiy matndagi ba’zi o‘rinlar kyengaytirilishi, olib tashlanishi, o‘zgartirilishi mumkin.


    Tahrir usulida asosiy e’tibor matn talqin (variant)larini qiyoslashga qaratiladi. Bunda, ya’ni qiyoslash jarayonida, tabiiyki, tuzatishlar kiritiladi, natijada matnning ikki talqini yuzaga keladi: birinchisi, muvaffaqiyatsiz chiqqani bo‘lsa, ikkinchisi tuzatilgan namunasi. Axborot texnologiyalari rivojlanayotgan hozirgi vaqtda matnni qiyoslash usulida yangi qadam tashlandi. Bunga muharrirning mehnati zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlanganligi sabab bo‘ldi. Muharrir matn talqinlarini qiyoslash uchun, ularni bir vaqtda displey ekraniga chaqirish imkoniga ega bo‘ldi. Bunday qiyoslash ham qulay. Chunki, ikki qiyoslanuvchi talqin muharrir ko‘z o‘ngida yaqqol namoyon bo‘ladi va qulaylik tug‘diradi.
    Biror so‘z yoki biror iboraning ma’nosi haqida fikr bildirishda uning turli muqobillari bilan izohlash mumkin. Tilshunoslik tajribasi shuni ko‘rsatadiki, “pishib yetilmagan” so‘zlarni ikkinchisi, ya’ni maqbul varianti bilan almashtirib yoki o‘rnini, ifodasini o‘zgartirib erkin birikmaga kirishida ma’naviy farqlanishini kuzatish zarur.
    Muharrir matn bilan tanishar ekan, u haqiqiy mutaxassis, bilimdon sifatida namoyon bo‘lishi kerak. Tafsilotlarga chuqur va keng qamrovli nazar tashlay olganlargina ishining haqiqiy ustasi sifatida muharrirlikni kasb qilib olgan «hunarmand»lardan farq qiladi. O‘z ishining haqiqiy bilimdonigina arzimasdek tuyulgan g‘ayriodatiy narsada ham katta ma’no ko‘radi, zero uni chuqur tushunadi. Muharrir mutolaasi ko‘p jihatdan ilmiy mutolaaga o‘xshab ko‘rinadi. Har ikkala o‘qishda ham tushunarsiz bo‘lgan hech narsa qolmasligi lozim. Bunda tushunarsiz ifoda qolmasligidan tashqari, matndagi murakkab bandlarni chuqur mulohaza qilib ko‘rish, mazkur mavzu bo‘yicha adabiyotlar bilan tanishish shart. Lekin, shuni unutmaslik kerakki, bunday vaziyatda to‘la aynanlikka erishish amrimahol.
    Mohirona amalga oshirilgan tuzatishlar matnning yaxlitligi va mazmuniy uyg‘unligiga putur yetkazmaydi. Aksincha, uning tuzilishidagi ayrim nuqsonlarni istisno etadi, muallif fikrini, g‘oyasini oydinlashtiradi. Muharrirlik faoliyati andozaviylikni mutlaqo rad etadi. Zero, tuzatishning har qanday matnga nisbatan qo‘llash mumkin bo‘lgan qolipi yo‘q. Muharrir tuzatish usulini o‘zi tanlash huquqiga ega, lekin, bu usul to‘g‘ri, asoslangan bo‘lishi lozim, Shuningdek, uni to‘g‘ri qo‘llay bilishi ham kerak.

    Tahrir uslubiyatida tuzatishning to‘rt turi farqlanadi. Bular quyidagilar:
    a) o‘qib tuzatish; b) qisqartirib tuzatish;
    s) ishlov berib tuzatish; d) o‘zgartirib tuzatish.


    Musahhih va muharrir o‘qishidagi maqsad alohida, boshqa-boshqadir. Musahhih chop etishga tayyorlangan matnni o‘qish jarayonida uning tahrirdan chiqqan, muallif bilan kelishilgan va tasdiqlangan matniga to‘la mos ekanligiga erishadi. Matnni imloviy, tinish belgilari bilan bog‘liq xatolardan holi qiladi. Ensiklopedik asar matnidagi qisqartmalar va havolalarni bir xildaligi va aniqligini ta’minlaydi. Izohlar matndagi ko‘rsatkichlarga mosligi va hokazolarni to‘g‘riligini tekshiradi, shuningdek, zarur tuzatishlarni amalga oshiradi.


    Muharrirning o‘qib tuzatishidan maqsadi matnni sidirg‘a o‘qishdan iborat. Muharrir bu tur o‘qishni amalga oshirganda uning mazmuni, tuzilishi (kompozitsiyasi)dagi, shuningdek, uslubiy xatolarni aniqlaydi. O‘qish jarayonida muharrir geografik nomlar, shaxslar ismi va familiyalari, taHalluslari bir xil berilishi, iqtiboslar, raqamlar, sanalar aniq bo‘lishiga e’tibor qaratadi, uzunlik, miqdor o‘lchamlarining o‘rinliligi va to‘g‘riligini tekshiradi. Shuningdek, sarlavhalarning matn bilan uyg‘unligi, mosligini; tasvirlar osti yozuvlarining rasm, chizmaga mosligini tekshirish ham uning vazifasiga kiradi.
    Ayrim hollarda bunday o‘qish tahririyatning malakali va tajribali mutaxassisiga topshiriladi, lekin, u materialni tayyorlagan muharrirning zinhor o‘rnini bosa olmaydi. Uning vazifasi matndagi kamchiliklarni aniqlash, ko‘rsatish, tuzatish emas. Ammo, tabiiyki, aniq ko‘rinib turgan punktuatsion, grammatik, imloviy xatoliklar bundan istisno. Shuning uchun, bunday o‘quvchining malakasi juda yuqori bo‘lgan taqdirda ham mazkur jarayonda yetakchi muharrir ishtirok etadi va muammolarni hal qiladi.



    Download 1,39 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




    Download 1,39 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -topshiriq. Akademik matnning asosiy xususiyatlari quyidagi jadvalda keltirilgan. Har biriga yuqoridagi matndan foydalanib misollar toping

    Download 1,39 Mb.