|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mundarija
|
bet | 81/109 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 1,39 Mb. | | #145749 |
Bog'liq Mажмуа соҳаданикиTushuntirish xati – xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa rahbariga yoki yuqori tashkilotga yo‘llanuvchi hujjatdir.
Tushuntirish xatining zaruriy qismlari:
1.Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi.
2.Hujjatni tayyorlagan muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi.
3.Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati).
4.Hujjat matni.
5.Imzo.
6.Sana.
Hisobot - muayyan vaqt uchun rejalashtirilgan ish yoki vazifa, topshiriqlarning bajarilishi, amaliy dolzarb ishlar, xizmat va ilmiy safarlar yakuni haqida ma’lumot beruvchi hujjatdir.Hisobotda keltirilgan ma`lumot aniq, ishonarli bo‘lishi kerak. Hisobotda quyidagilarga e’tibor beriladi: nima mo‘ljallangan yoki topshirilgan edi, u qanday bajariladi, nimalarga e’tibor berildi, qanday etishmovchiliklar bo‘ldi, ularni bartaraf etish uchun nimalar qilish kerak. Hisobot oxirida muayyan topshiriq bajarilmagan bo‘lsa, uning sababi ko‘rsatiladi, bu borada takliflar qayd etiladi. Rejalashtirilgan ish haqidagi hisobotlar amalda keng qo‘llaniladi.
7-topshiriq.
Hisobotning zaruriy qismlari:
1. Sarlavhasi: hisobot qaysi davr uchun, qanday bo‘lim yoki shaxs tomonidan berilayapti.
2. Hujjatning nomi (hisobot).
3. Hisobot matni.
4. Lavozimi, ismi va otasining ismining bosh harflari, familiyasi, imzo.
5. Sana.
6. Hisobotni tasdiqlovchi rahbar imzosi.
Xizmat yozishmalari-mazmunan xilma-xil bo‘ladi. Ularda muassasa faoliyatining turli masalalari bilan bog‘liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko‘rsatilgan guruhlari bilan uzviy aloqadordir. Shularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o‘rinli. Har qanday yozishmada, umuman ko‘p hujjatda adres yozishga to‘g‘ri keladi. Adres aksariyat hujjatlarning tarkibiy qismi - rekvizitidir.
8-topshiriq.
|
| |