• 18.FOYDALI MASLAXATLAR
  • Qurilishda qo’llaniladigan me’yoriy xujjatlar
  • O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet145/145
    Sana16.02.2024
    Hajmi4,58 Mb.
    #157839
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145
    Bog'liq
    qurilish materiallari va buyumlari (1)

     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    218 
     
     
     
     
    18.FOYDALI MASLAXATLAR 
     
    O’quv – uslubiy majmua o’qituvchilarga yangi ta’lim texnologoyalaridan 
    foydalanish va talabalarga fanni muvofaqiyatli o’zlashtirishlari uchun imkon 
    beradi
    Talabalar o’quv – uslubiy majmuadagi tavsiyalar, testlarni echish orqali, 
    talabalar ma’ruzalar matni va boshqa manba’lardan foydalanib fanni 
    muvofaqiyatli o’zlashtirishlari mumkin.
    Shuningdek talabalar fanni muvofaqiyatli o’zlashtirishlari uchun- darslarni 
    qoldirmasliklari, berilgan vazifalarni o’z vaqtida bajarishlari talab etiladi. 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    219 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    19.ME’YORIY XUJJATLAR 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    220 
    1. O’zbekiston Respublikasining “Та’lim to’g’risida”gi Qonuni 
     
    2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi
     
    3. 
    Davlat ta’lim standartlari: 
    Ta’lim yo’nalishlari: 
    5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va
    konstruktsiyalarini ishlab chiqarish 
    5340200 - Binolar va inshootlar qurilishi 
    5340400 –Muhandislik kommunikatsiyalari
    qurilishi va montaji 
    5110000- Kasb ta’limi (Muhandislik kommunikatsiya 
    lari qurilishi va montaji)
    Qurilishda qo’llaniladigan me’yoriy xujjatlar: 
    Qurilishda qo’llaniladigan me’yoriy xujjatlar 
    Qurilish ashyolarini yuqori sifatini ta’minlash uchun bo’lajak mutaxassislar 
    qurilishda qo’llaniladigan me’yoriy xujjatlarni bilishlari lozim 
    Q
    u
    ri
    li
    sh
    d
    a
    q
    o’
    ll
    an
    il
    ad
    ig
    an
    me
    ’y
    o
    ri
    y
    x
    u
    jj
    at
    la

    Qurilish materiallari, buyumlarini sinflanishi
    Qurilish materiallari va buyumlarini standartlash
    Qurilish materiallariga oid Davlat standartlari
    Qurilish me’yorlari va qoidalari


    221 
    ADXAMJON XAMIDOV 
    Adxamjon Xamidov 1954 yil 24 mayda Namangan 
    shahrida ziyoli oilasida tug’ilgan. 
    1961-1971 yillarda shahardagi 6-o’rta maktabda o’qigan. 
    1971 yil Toshkent politexnika institutining qurilish 
    fakulg’tetiga o’qishga kirib, 1976 yil “Qurilish materiallari va 
    buyumlarini ishlab chiqarish” ixtisosligi bo’yicha tamomladi va muhandis-quruvchi-
    texnolog mutaxassisligini egalladi. Mehnat faoliyatini Toshkent politexnika 
    institutining yig’ma temir-beton ishlab chiqarish kafedrasida izlanuvchi-tadqiqotchi 
    sifatida boshladi. 
    1978 
    yilda 
    Moskva 
    beton 
    va 
    temir-beton 
    ilmiy-tekshirish 
    instituti 
    aspiranturasining kunduzgi bo’limiga o’qishga kirib, 1982 yilda muvaffaqiyatli tugatdi 
    va nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. SHu yildan ToshPIning Namangan filialida 
    (hozirgi NamMPI) assistent lavozimida ish boshladi. 
    A.Xamidov 1984 yildan “Qurilish-konstruktsion materiallari texnologiyasi” 
    (hozirgi Binolar va inshootlar qurilishi) kafedrasi mudiri va bir vaqtni o’zida 1984 
    yildan yangi tashkil etilgan qurilish fakulteti dekan muovini, 1985 yildan qurilish 
    fakulteti dekani, 1991 yildan yangi tashkil etilgan Namangan sanoat-texnologiya 
    institutining (hozirda NamMPI) o’quv ishlari bo’yicha prorektori, 1995 yildan “Binolar 
    va inshootlar qurilishi” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishladi. 
    1991-1995 yillarda Namangan shahar kengashi deputati va jamoatchilik asosida 
    “Fan, madaniyat, ta’lim va sog’liqni saqlash” doimiy komissiyasi raisi sifatida samarali 
    faoliyat ko’rsatdi. 
    A.Xamidov 1998 yildan To’raqo’rg’on mexanika-iqtisodiyot kolleji direktori
    2000 yildan kollej oliy toifali o’qituvchisi lavozimlarida ishladi. 
    2001 yildan binolar va inshootlar qurilishi kafedrasi dotsenti, 2013 yildan yangi 
    tashkil etilgan qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish 
    kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 
    A.Xamidov kasb ta’limi rivojiga munosib xissa qo’shib kelmoqda. U Namangan 
    qurilish va ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida institut kafedrasi filiali mudiri 
    sifatida kollejda yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida 
    qo’llash, o’quv-me’yoriy xujjatlarni takomillashtirish, yangi laboratoriya jihozlaridan 
    samarali foydalanish, kollejni dolzarb muammolarini yechishga qaratilgan seminar-
    treninglarni tashkil etish kabi masalalariga amaliy yordam ko’rsatib kelmoqda. 
    Olim 150 dan ziyod ilmiy-uslubiy ishlari, “Qurilish materiallari va buyumlari” 
    fanidan 2 ta darsligi (institut va kollej o’quvchilari uchun) va 2 ta ixtiro muallifidir. 
    2015 yilda OO’Yurtari talabalari uchun yozilgan “Qurilish materiallari va 
    buyumlari” yilning eng yaxshi darsligi deb topildi va A.Xamidov 1-darajali diplom 
    bilan taqdirlangan. 
    A.Xamidov o’z faoliyatida iqtidorli talabalar bilan ishlashga katta ehtibor beradi. 
    Uning shogirdlari Davlat stipendiyalari sovrindorlari, fan olimpiadalari g’oliblari
    ro’yxatidan o’rin olishgan. 
    Hozirgi vaqtda “O’zbekiston quruq-issiq iqlimida beton sifatini yaxshilash” va 
    “Kuydirmay olinadigan ishqorli bog’lovchilarni tadqiq qilish” mavzulari bo’yicha 
    ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. 
    A.Xamidov OO’MTVning bir necha bor “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlangan. 

    Download 4,58 Mb.
    1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   145




    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan muhandislik-pedagogika instituti

    Download 4,58 Mb.
    Pdf ko'rish