• S. S. FAZILOV
  • O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi n. H. Sagatov, V. R. Qodirov kon aerologiyasi




    Download 8.89 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/51
    Sana06.04.2024
    Hajmi8.89 Mb.
    #189691
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
    Bog'liq
    Kon aerologiyasi N.H. Sagatov 2015
    Имомов А MT Амалий иш топшириқлари 14 , 2 , 640-21 Karimov Ro\'zali, Ro\'zali elktr sxemalar, Oraliq Nazorat GURUH, 324, Ingliz Tili yakuniy uchun Berilgan vazifalar kanali uchun maxsuss, Test 8 sinf, AQSH, Жадвал Ташки реклама 2022 йил, 1-laboratoriya XT, 1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga -fayllar.org, Xusanova Malikaxon Abdubannayevna, 1-klass, serfikat 1


    O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
    TA’LIM VAZIRLIGI
    O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
    N. H. SAGATOV, V. R. QODIROV
    KON AEROLOGIYASI
    Kasb-hunar kollejlari uchun o‘quv qo‘llanma
    Toshkеnt – «ILM ZIYO» – 2015


    УДК: 622.418(075.32)
    KBK 26.233
    C 16
    Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ilmiy-metodik 
    birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash 
    tomonidan nashrga tavsiya etilgan.
    O‘quv qo‘llanmada zamonaviy karyerlar aerologiyasining nazariy va amaliy 
    masalalari, karyer atmosferasi, kon havosidagi zararli gazsimon aralashmalar, 
    karyer atmosferasining ifloslanish manbalari, uni normallashtirish usullari, ish 
    joylarida qulay mikroiqlimni yaratish, karyerlarda tabiiy havo almashinishining 
    asosiy qonuniyatlari, karyerlarni shamollatish va uning asosiy qonuniyatlari, 
    karyer atmosferasining tarkibi, nazorat qilish usullari va asboblari, ish joylarida 
    me’yoriy mehnat sharoitlarini yaratish mavzulari bayon etilgan.
    Taqrizchilar: S. S. FAZILOV – «AYON» ilmiy ishlab chiqarish birlash­
    masining bosh direktori, t.f.n.;
     
    A. S. ISMAILOV – ToshDTU dotsenti, t.f.n. 
    ISBN 978­9943­16­257­0 
    © N. H. Sagatov, V. R. Qodirov, 2015
    © «ILM ZIYO» nashriyot uyi, 2015


    3
    SO‘ZBOSHI
    Mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishini har tomon­
    lama tezlashtirish uchun, birinchi navbatda, mamlakatning 
    butun xalq xo‘jaligini yanada yuksaltirishni ta’minlaydigan og‘ir 
    sanoat tarmoqlarini rivojlantirish katta ahamiyatga egadir. Og‘ir 
    sanoatning ana shunday tarmoqlaridan biri – konchilik sanoatidir.
    Hozirgi vaqtda O‘zbekiston konchilik sanoati rivojlangan 
    mamlakatlar qatoriga kiradi. Shu bilan bir qatorda O‘zbekiston 
    zaminida hali sanoat ishlab chiqarishga jalb etilmagan juda katta 
    va qimmatbaho mineral­xomashyo resurslari mavjud.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ta’biri bilan 
    aytganda «...O‘zbekiston zaminida mavjud bo‘lgan boyliklarga 
    ega mamlakatlar jahon xaritasida ko‘p emas. Bu boyliklarning 
    ko‘pchiligi hali ishga solinmagan. O‘zbekiston o‘z boyliklari bilan 
    haqli ravishda faxrlanadi – bu yerda mashhur Mendeleyev davriy 
    sistemasining deyarli barcha elementlari topilgan». [1]
    Hozirgi vaqtda ishlab turgan va yaqin kelajakda ishga tushi­
    riladigan konchilik korxonalari samaradorligini oshirishda yuqori 
    unumdorlikka ega bo‘lgan innovatsion texnika va texnologiyalardan 
    foydalanish bilan bir qatorda konlarni ochiq usulda qazib olishni 
    rivojlantirish muhum rol o‘ynaydi. Chunki konlarni ochiq usulda 
    qazib olish texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy jihatdan istiqbolli 
    hisob lanadi. Biroq karyerlarda ishlab chiqarish jarayonlari inten­
    sivligi va karyer chuqurlashish tezligining oshishi natijasida 
    ish joylarida normal aerologik sharoitlarni yaratish muammosi 
    yanada keskinlashmoqda. Bu muammoni hal qilish uchun ko‘p 
    sonli ilmiy­tadqiqot va loyiha­konstruktorlik ishlarini quyidagi 
    yo‘nalishlarda olib borilmoqda: karyerlarni sun’iy shamollatish 
    vositalarini yaratish; karyerlarni tabiiy va sun’iy shamollatishda 


    4
    havo harakati nazariyasini o‘rganish; karyer atmosferasiga zararli 
    moddalar ajralib chiqishining oldini olish va mashinalar kabinasida 
    mehnatni muhofaza qilish qoidalari talablariga to‘la javob beradigan 
    sharoitlarni ta’minlash. 
    Bu masalalarni yechishda, birinchi navbatda, meteorologiya, 
    aero mexanika va termodinamika kabi qator yondosh fanlar yutuq­
    laridan foydalaniladi.
    Karyer aerologiyasi turbomashinalar mexanikasidan, jumladan, 
    aviatsiya dvigatellaridan foydalanib, karyerni shamollatish qurilma­
    larini yaratish ishlariga bog‘liq.
    Karyer aerologiyasining ahamiyati, birinchi navbatda, odam­
    larning karyerda ishlashi uchun sog‘lom atmosfera sharoitining 
    ta’min langanligi orqali ifodalanadi.
    Shunga ko‘ra, karyer aerologiyasiga konchilikda mehnatni 
    muhofaza qilish ishlarining bir tarmog‘i sifatida qaraladi. 
    Keyingi yillarda konlarni ochiq usulda qazib olishda karyer 
    aero logiyasining texnologik ahamiyati tobora oshib bormoqda. 
    Chun ki karyer aerologiyasi texnologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsa­
    tishi bilan bir qatorda, ba’zi sharoitlarda konlarni ochiq usulda 
    qazib olish imkoniyatlarini ham belgilab bermoqda. Mazkur o‘quv 
    qo‘llanmada zamonaviy karyerlar aerologiyasining nazariy va ama­
    liy masalalarining mazmun­mohiyati ifoda etilgan. Qo‘llan mada 
    dastlab zararli moddalar hosil bo‘lish va ajralib chiqish joylarida 
    ularga qarshi kurashish usullari, so‘ngra karyerlarni tabiiy shamol­
    latish masalalari, oxirgi bo‘limlarida esa karyerlarni sun’iy shamol­
    latishning mavjud usullari va vositalari yoritilgan. 
    O‘quv qo‘llanmaning So‘zboshi va 1–5­bo‘limlari dotsent 
    N. H. Sagatov, 6–8­bo‘limlari dotsent N. H. Sagatov va katta 
    o‘qituvchi V. R. Qodirov hammuallifligida yozilgan.


    5

    Download 8.89 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




    Download 8.89 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi n. H. Sagatov, V. R. Qodirov kon aerologiyasi

    Download 8.89 Mb.
    Pdf ko'rish