Kiyim kompozitsiyasi haqida tushuncha




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/201
Sana05.02.2022
Hajmi13.53 Mb.
#17098
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201
Bog'liq
keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash modellashtirish va badiiy bezash
gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslari (1), Презентация1, Boltaboyev Xusniddin G’ayrat o’g’li
1.3. Kiyim kompozitsiyasi haqida tushuncha
Kostumni tashkil etuvchi mahsulotni loyihalashtirish o‘z 
ichi ga bir necha bosqichni oladi:
– mahsulot assortimentini aniqlash;
– ularning funksionalligi, estetik, texnik va boshqa talablar 
nuqtayi nazaridan bu mahsulotlarni tahlil qilishi;
– tanlangan mahsulot assortimenti rivojlanishi istiqbolla-
rini aniqlash;


12
– rivojlanish istiqbolini hisobga olgan holda ushbu assorti-
ment mahsulotlarini ishlab chiqish: estetik konsepsiyasi (shakl 
kompozitsiyasi, material xarakteri, kolorit); texnik yechim 
(kons truktiv yechim, jihozlarni tanlash va tayyorlab chiqarish 
texnik davrini aniqlash).
Mahsulotning estetik konsepsiyasini ishlab chiqish mahsu-
lot kompozitsion tuzilishini izlashdan boshlanadi. 
Kompozitsiya (lotincha compositio – tuzish, birlashish) – 
badiiy asar qismlarining ma’noli nisbati. Bu tushuncha amali-
yotda bir necha ma’noda qo‘llanadi. Kompozitsiya bu xalq 
asari ning o‘zi (musiqali, abstrakt rassomchilik, bezakli amaliy 
san’at va hokazo) hamda ijodiy faoliyat jarayoni bo‘lib, uning 
natijasida asar yaratiladi.
Aniq bir kostum kompozitsiyasi haqida gapirganda biz 
kishi ning kostumda badiiy-timsoliy ifodaliligini ta’minlovchi 
uning alohida hajmlari, detallari va elementlarining xarakteri, 
tashkil etilish xususiyatlarini ko‘zda tutamiz.
Kishi timsoli ijtimoiy-iqtisodiy me’yorlar o‘zgarishi bilan 
o‘zgaradi. 
Rassom bu o‘zgarishlar tendensiyasini darhol sezib oladi va o‘z 
san’ati vositalari orqali «yangi» kishini aks ettiradi. Shu sa babli 
kostum o‘z davri, uning estetik va ijtimoiy qiymatlari aksidir.
Rassom ishi murakkab kechadi. G‘oyalar va timsollar 
emo tsional-intuitiv darajada tug‘ilib qog‘oz yoki maket ma-
terialida eskizlarda aks ettiriladi. Eskizlarni mantiqiy tahli-
li ulardan eng yaxshisini keyingi ishlanish uchun tanlab 
olish imkonini beradi.
Bu ish kompozitsiyaning turli vositalari bilan amalga os-
hiriladi: shakl va siluet xarakteriga ta’sir etuvchi shaklning 
plastik ishlanishi; ma’lum xususiyatlar va faktura materialla-
rini tanlash; shaklning kalorik tashkil etilishi; shaklning eng 
muhim uchast kalarini ajratish.
Shunday qilib, maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy faoliyat jara-
yonida ishlab chiqilgan shakl kompozitsiyasi bu faoliyat mah-
sulotidir va ma’lum xususiyatga ega bo‘ladi. Kompozitsiya sta-
tik yoki dinamik bo‘la oladi; elementlarning bir-biriga ma’lum 


13
bog‘liqligi kompozitsion muvozanatga olib kelishi mumkin, 
umumiy tuz i lishning qat’iy to‘g‘rilanishi va kostum element-
larini nozik ishlab chiqilishi uning shaklini uyg‘un yaxlitlik-
ka olib keladi. Eskizda tasviriy vositalarning ifodaliligi uning 
emotsional qabul qili nishining asosiy shartidir.
Eskizni ifodalashning tasviriy vositalari – bu dog‘ chizig‘i 
(rang yoki siyoh bilan, shtrix yoki faktura bilan qoplangan yuza). 
Yo‘l, qanday materialda tasvirlanishiga qarab, turlicha bo‘ladi: 
yengil yupqa gazlamadan tayyorlangan mahsulotni mayin pero 
chizig‘i bilan; sinuvchan kapron gazlamada – «notekis» sinuv-
chan chi ziq bilan; jun gazlamada yumshoq qalam orqali qalin 
chiziq bilan, tukli gazlamada esa nam qog‘ozda chizish yoki 
«quruq» tekis mo‘yqalam bilan tasvirlash mumkin.
Faol tasviriy vositalar kostumning qiziqarli o‘ylanishi bi-
lan qo‘shilishi kishining kostumdagi ifodali timsolini yaratish-
ga yordam beradi. Eskizning timsoliy ifodaliligini baholashda 
grafik til ifodaliligi va qog‘oz kompozitsiyasi, kostum maz-
mundorligi va kishi xususiyatlari o‘rtasida yuzaga kelgan orga-
nik bog‘lanish ko‘zda tutiladi. Eskiz badiiy-timsoliy ifodaliligiga 
kos tum o‘ylanishi mukammalligi va uning kishi timsoliga to‘liq 
mos kelishini yuqori mahorat bilan bajarish orqali erishiladi.

Download 13.53 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   201




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish