Axborot bilan ijodiy ishlash jarayoni




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/201
Sana05.02.2022
Hajmi13.53 Mb.
#17098
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   201
Bog'liq
keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash modellashtirish va badiiy bezash
gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslari (1), Презентация1, Boltaboyev Xusniddin G’ayrat o’g’li
Axborot bilan ijodiy ishlash jarayoni
Maqsad
Vositalar
Natija
Xossalarning transformatsiya 
qilinishi (ajratib olingan xossa-
larning san’at vositalari yorda-
mida shakl, chiziq, mato tavsifi-
ga o‘tkazilishi)
Xossalarning sintezi
Ma’lum bir san’at vositalari yor-
damida namoyish etilgan yangi 
timsol – obyekt
Timsol (obraz) – dastur 
(yo‘nalishi, tavsifi)
Tadqiq etiluvchi obyektlarning 
saralab olinishi
Obyektlarning tahlili (kerakli 
xossalarni ajratilishi)
Bu jarayon bilan bir vaqtda rassom ijodiy faoliyatida boshqa 
samarasiz, anglanmagan jarayon ro‘y beradi, biroq u ko‘pincha 
bu ishning yakuniy natijasiga muhim ta’sir ko‘rsatadi.
Bu jarayonga ongning mantiqiy uskunasi tomonidan ish-
lov be rilmaydi (ikkinchi signal tizimi), unda mantiqiy nuqtayi 
nazardan nomuvofiqlik, izchilsizlik va hokazo bo‘lishi mum-
kin. Biroq ongli harakat bilan qamrab olinmagan materialga 
asoslanib, bunday jarayon ko‘pincha kerakli paytda ongli, sa-
marali harakat doirasiga kiritilmagan, biroq yakuniy natijaga 
erishish uchun zarur bo‘lgan materialni taqdim etadi. Ijodiy 
fikrning bu ish jarayoni intuit siya deb ataladi.
Xotirani turli shakl tasavvurlari bilan boyitish, bu tasavvur-
larni to‘plash keyinchalik undan yangi obrazlar yaratish mum-
kin bo‘lgan zarur materialni tashkil etadi.
Hatto eng fantastik namunalar mazmunini o‘rganish, 
ongimizda haqiqiy mavjud predmetlar aks ettirilishi 
uyg‘unliklaridan ibo rat ekanligini ko‘rsatadi.
Tasavvur kishining borliqni aks ettirishning o‘ziga xos 
shaklidir. U mavjud tasavvur va tushunchalarni o‘zgartirish va


19
ular asosida obrazlar yaratishdan iborat bo‘lib, ularning ama-
liy amalga oshirilishi, moddiy va ma’naviy qadriyatlar paydo 
bo‘lishiga olib keladi.
Tasavvurdagi obrazning yaratilishi predmet va hodisalar-
ning dastlabki amaliy yoki aqliy tahlilini ko‘zda tutadi. Tahlil 
natija sida ajratilgan predmetning qism va belgilari solishtirila-
di, yangi, hozirgacha uchramaganiga sintezlanadi. Natijada ha-
qiqiy borliq kishi tomonidan o‘zgartirilgan, yangi ko‘rinish va 
mazmunda aks ettiriluvchi obraz yoki obrazlar tizimi yaratila-
di. Kostum yangi turini izlashda shaklning izlanishi muhimdir. 
U kelishi mumkin: 
– biron-bir badiiy manba tomonidan assotsiativ yechim yo‘li 
bilan (tabiiy materiallar shakli, texnika, me’morchilik, amaliy 
san’atlar, tarixiy va xalq kostumi elementlari va shakllari bilan);
– biron-bir ijodiy manba bilan o‘xshashlikda (tarixiy, xalq 
yoki zamonaviy kostumi bilan);
– yangi yechimni izlash jihatidan (bu holda muallif intuit-
siyasi muhim bo‘lib, u turli bilimlar, badiiy mahorat, kostum-
ning rivoj lanish mantig‘ini tushunish bilan mustahkamlanadi).
Ko‘zda tutilgan mahsulot shakli fakturasi va rangini izlash 
biron narsa bilan anologiya yoki assotsiativ, biroq shakldan 
ko‘ra boshqa sohalarda o‘tishi mumkin. Ushbu kishi obrazi bi-
lan bog‘liq yangi obrazda yaratiluvchi turli tasavvurlar assotsi-
atsiyasi zanjiri paydo bo‘ladi. 
Tanlangan aniq manba asosida (1.3-rasm) yangi kostum tu-
rini yaratish bo‘yicha ijodiy ish ba’zi ma’lum usullarni o‘z ichiga 

Download 13.53 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   201




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish