Moda va uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/201
Sana05.02.2022
Hajmi13.53 Mb.
#17098
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   201
Bog'liq
keng assortimentdagi kiyimlarni loyihalash modellashtirish va badiiy bezash
gaipova n.s. tikuvchilik texnologiyasi asoslari (1), Презентация1, Boltaboyev Xusniddin G’ayrat o’g’li
1.2. Moda va uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi
moda to‘g‘risida tushuncha
Moda ancha murakkab hodisa bo‘lib, u jamiyat hayoti ning 
qator omillariga bog‘liq va inson faoliyatining ko‘p sohalari-
ga yoyiladi. Moda ostida hayot va madaniyatning biron-bir so-
hasida ma’lum didlarning uzoq davom etmaydigan hukmronli-
gini tushunish lozim. U odamlar ijtimoiy xulqini tartibga solish 
tizim bilan bog‘liq bo‘lgan uslubning shartli u yoki bu darajada 
o‘zgarishini tavsiflaydi. Ijtimoiy xulq tizimi o‘zgarishlarining 
qisqa muddatli ligi bilan farq qiladi va boshqa qator tizimlar 
bilan bog‘liq bo‘lib, ular orasidan etiket, axloq, huquq, odat 
va hokazolarni ajra tib ko‘rsatish mumkin. Moda doimo uning 
yorqin namoyon bo‘lishi sifatida kostum bilan bog‘liq bo‘lgan, 
uni bun yod etuvchi s abablarni esa hayotning ijtimoiy namoyon 
bo‘lishi, sinfiy lik bilan bog‘langan odamlar ustidan ustunlik, 
atrof-muhitdan ajralib turishga intilish ifodalangan.
Jamiyatning turli qatlamlari unga turlicha qarashadi. 
Kishilarning ma’lum guruhi modaga nisbatan yuqori ta’sirchan, 
ular odatda hammadan tezroq eng o‘tkir yangiliklarni qabul 


9
qiladi; yangi modaga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo‘ladigan kishilar ham bor, ular modani qabul qilishi va uning 
qonunlariga rioya qilgunlaricha ma’lum vaqt o‘tadi, chunki mo-
da ijtimoiy xulq me’yorlarini taklif qiladi va hatto uni aytib tura-
di. Odat da eng o‘tkir yangiliklar yoshlar uchun, o‘rta yoshli ayol-
lar ancha barqaror klassik shakllarni afzal ko‘radi. Biroq moda 
evo lutsiyasining o‘zi iste’molchilar guruhining aynan shunday 
nisbatini talab etadi, ya’ni kimdir modani ertaroq, kimdir kech-
roq qabul qilishi, kimdir uning faqat klassik g‘oyalarini qabul 
qi lishi. Shuning uchun har qanday modada ikki-uch moda osti 
bo‘lib, ular aholining turli ijtimoiy guruhlari talablariga javob 
beradi.
Modaning boshlanishini ba’zi mualliflar o‘rta asrlarga, bosh-
qa lari ancha ertaroq davrlarga tegishli deb hisoblashadi. Biroq 
to‘liq asos bilan aytish mumkinki, moda – XX asrda kiyimni 
tayyorlash ning industrial-uslubiy paydo bo‘lishidan boshlab juda 
muhim rol o‘ynaydi. Moda markazi uzoq vaqt Parij bo‘lgan va 
bo‘lib qolmoqda. Fransuz modasining ustuvorlik sabablaridan 
biri shuki, u fransuz iqtisodiyotida juda muhim rol o‘ynaydi. 
Moda xalqaro maydonida o‘z o‘rnini egallagan «Nina Richchi», 
«Iv Sen Loran», «Pyer Karden», «Andre Kurrej», «Jak Geym», 
«Madlen Vone», «Lui Bulanj» kabi firmalar bilan bir qatorda 
keyingi yillarda shuhrat qozongan qator yangi firmalar paydo 
bo‘ldi. Bu «Jan Pol Gatye», «Karolin Milbani», «Lagerfeld», 
«Klod», «Montana», «Yamolota», «Alayya» va boshqalar.
Fransuz modelerlarining ba’zi ijodiy xarakteristikalariga 
to‘xtalib o‘tamiz.
20-yillardan buyon mavjud bo‘lgan eng mashhur firmalardan 
biri «Shanel». Firma asoschisi Gabriel Shanel XX asr ishbi-
larmon elegant ayoli timsolini tushuna oldi va o‘z modellari-
da ifodalay oldi. U mavsumiy yarimpalto-kostumlar, yubkalar 
va bluzkalar, ko‘ylak, kostum modellarini ishlab chiqdi. Moda-
ning tez-tez almashinuviga qaramay, uning mahsulotlari bir xil 
uzunlik – tizzadan pastligi bilan farqlangan. Gazlamalar ran-
gini u jonli tabiat koloritida topgan – bug‘doy dalasi, arpa no-
ni, smorodina, atirgul, siren ranglari va ularga qo‘shimcha qo-


10
ra va oq ranglar. Gazlama fakturalari g‘ovak, siyraklashtirilgan, 
yo‘l-yo‘l yoki katakcha rasmli, ko‘pincha modellar pe-de-pul va 
pe-de-kok gazlamadan bajarilgan. Fransuz tilidan tarjimasi pe-
de-pul – o‘rdak panjasi, pe-de-kok – xo‘roz panjasi. Bu juda 
xarakterli dinamik katakcha rasmlari bo‘lgan gazlamalar.
Iv Sen Loran firmasi 50-yillar oxiridan boshlab mavjud. 
U mashhur Kristian Dior qo‘lida ishlagan va uning o‘limidan 
keyin o‘zining shaxsiy Modellar Uyini ochgan. 1961-yil-
da Iv Sen Loran dengiz motivlari asosida yaratilgan o‘zining 
birinchi model lar to‘plami bilan chiqqan. Modellar yaratishda 
uning asosiy shiori «ayollar kiyimida erkaklar kiyimi» bo‘lgan. 
U ayollar kostumida erkaklar kostumi xususiyatlaridan foy-
dalanishga harakat qilgan (ayollar smokingi, kvadrat yelkalar, 
platformali oyoq kiyimi). U Rossiya, Afrika, Ispaniya, Xitoy 
xalq kostumlaridan ilhomlangan va bu motivlar asosida har yi-
li yangi to‘plamlar yaratgan. 1978-yilda kostumlarda «Brod-
vey motivlari»ni aks ettiradi, 1979-yili harbiylashtirilgan xarak-
terdagi jaketlar paydo bo‘ladi. 1980-yili u o‘z to‘plamini shoir 
va yozuvchilarga, xususan Apoliner, Aragonga bag‘ishlaydi, 
1981-yilda esa Matiss polotnolaridan rang va shakl lar oladi.
1982-yil Iv Sen Loran zamonaviy to‘plamga hind san’ati mo-
tivlarini kiritadi, 1985-yilda esa ayollar kostumida oq va qora 
ranglar asimmetriyasi hamda kaltalashtirilgan jaket va shimlar-
ni taklif etadi.
Mashhur zamonaviy modelerlardan biri Pyer Karden. 
Ma’lumoti bo‘yicha u me’mor bo‘lib o‘zining yaxlitlikni ko‘ra 
olish, uyg‘unlashuvchi hajmlarni yasay olish malakasini kiyim-
da namoyon etdi. U kiyim «yasash» bino yoki mebel yasashdek
oson, deb aytadi. Pyer Karden – nafaqat kiyim, balki mebel, 
bolalar o‘yinchoqlari, interyer jihozlari, idishlarni loyihalash-
tirish va hokazolar bilan shug‘ullanuvchi modelerlardan biri. 
U zamona viylikni yaxshi aks ettiruvchi o‘z uslubini yaratgan.
Modellashtirishdagi asosiy prinsip yelkalar va bel nisbati-
ni topish deb hisoblaydi va buni yangi proporsiyalarda aks et-
tiradi. Uning modellarida qora va oq tonlar uyg‘unlashuvini, 
kamtarin grim, kostumning asimmetrik yechimi, olinuvchi 


11
detallarni ko‘p uchratish mumkin. Uning modellari geometrik 
shakllarning keskin uyg‘unligi bilan farq qiladi.
«Nina Richchi» firmasi 50-yillardan beri mavjud bo‘lib, ho-
zirgi vaqtda modellar to‘plami yaratilishiga Jerar Pipar bosh-
chilik qiladi, u tomoshabinlar e’tiborini ranglar uyg‘unligiga 
qaratadi. Bu firma modellarida ayollik nafosati va jozibasini il-
gari suradi; tantanali kechalar uchun tayyorlangan kiyimlari-
da esa beli xipchalangan mahsulotlarning turli faktura va rang 
ta’sirlaridan foydalanish, shuningdek, klassik tipdagi palto va 
ko‘ylaklar xarakterlidir.
Yetakchi firmalar va modellar uylari jahon modasi ye-
takchilari obro‘sini saqlab qolishga intilib, yagona noyob mah-
sulotlarni sotish bilan yashab bo‘lmasligini, ommaviy ishlab 
chiqarish uchun modellar yaratish kerakligini tushunisha-
di, chunki, bu firmalar ning noyob mahsulotlarini aholining 
ko‘pchiligi sotib ololmaydi. Shuning uchun 50-yillarda «Pre-
t-a-porte» firmasi tashkil etiladi, u kichik seriyalarda tayyor 
modali kiyimlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallanadi. Bu yerda 
o‘rtacha daromadli odamlarga narxi to‘g‘ri keluvchi mahsulot-
lar ishlab chiqariladi. Moda hatto juda zamonaviy, qiziqarli, 
biroq murakkab bo‘lmagan mahsulotlarni taklif etadi va kos-
tumda sinflar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘qotgandek bo‘ladi. Bu 
firmalar tomonidan tayyorlanuvchi kiyimlar shakli, rangi va 
materiali bilan yagona noyob moda mahsulotlaridan kam farq 
qiladi, biroq u arzonroq. Hozirgi vaqtda «Pret-a-porte» fir-
malari o‘z shaxsiy taraqqiyot yo‘liga ega va muvaffaqiyat bilan 
raqobatlashmoqda.

Download 13.53 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   201




Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Moda va uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi

Download 13.53 Mb.
Pdf ko'rish