1. Asimmetrik shifrlash tizimlarini ishlash prinsipini tushun tirib bering




Download 182.25 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.03.2024
Hajmi182.25 Kb.
#178099
Bog'liq
Ganiyev-S.KKarimovM.MTashiyevK.VAxborotxavfsizligi.2017
11 sinf Informatika test 1-4 chorak, МАЛУМОТНОМА, 5-amaliy ish Mavzu Yuz shakli orqali identifikatsiya autentifik, 1708935078


Nazorat uchun savollar:
1. Asimmetrik shifrlash tizimlarini ishlash prinsipini tushun- 
tirib bering.
2. RSA asimmetrik algoritmining shirflash qadamlarini yoritib 
bering.
3. El Gamal asimmetrik shifrlash algoritmi qanday matematik 
muammolarga asoslangan?
4. Asimmterik shirflash algoritmlari turiga kiruvchi qanday 
algoritmlarni bilasiz?
5. Asimmterik shirflash algoritmlarining afzalliklari va kam- 
chiliklari.
5.4. Xeshlash funksiyasi
Xeshlash funksiyasi (xesh-funksiyasi)
shunday o‘zgartirishki, 
kirish yo‘liga uzunligi o‘zgaruvchan xabar 
M
berilganida chiqish 
yo‘lida belgilangan uzunlikdagi qator 
h(M)
hosil bo‘ladi. Boshqacha 
aytganda, xesh-funksiya 
h(.)
argument sifatida uzunligi ixtiyoriy 
xabar (hujjat) 
M
ni qabul qiladi va belgilangan uzunlikdagi xesh- 
qiymat (xesh) 
H=h(M)
ni qaytaradi (5.16-rasm).
XabarM 
XeshH
5.16-rasm. Xeshni shakllantirish sxemasi.
Xesh-qiymat h(M) - xabar M ning daydjesti,
ya’ni ixtiyoriy 
uzunlikdagi asosiy xabar Mning zichlantirilgan ikkilik ifodasi. 
Xeshlash funksiyasi o‘lchami megabayt va undan katta bo'lgan 
imzo chekiluvchi hujjat Mni 128 va undan katta bitga (xususan, 128
yoki 256 bit) zichlashga imkon beradi. Ta’kidlash lozimki, xesh- 
funksiya 
h(M)
qiymatining hujjat Mga bog‘liqligi murakkab va 
hujjat 
M
ning o‘zini tiklashga imkon bermaydi.
106


Xeshlash funksiyasi quyidagi xususiyatlarga ega bo‘lishi lo-
zim:
1. Xesh-funksiya ixtiyoriy o‘lchamli argumentga qo‘llanishi
mumkin.
2. Xesh-funksiya chiqish yo‘lining qiymati belgilangan o‘l- 
chamga ega.
3. Xesh-funksiya 
h(x)
ni ixtiyoriy 
"x
"uchun yetarlicha oson hi-
soblanadi. Xesh-funksiyani hisoblash tezligi shunday bo‘lishi kerak-
ki, xesh-funksiya ishlatilganida elektron raqamli imzoni tuzish va 
tekshirish tezligi xabaming o‘zidan foydalanilganiga qaraganda 
anchagina katta bo‘lsin.
4. Xesh-funksiya matn 
M
dagi orasiga qo‘yishlar (vstavki), 
chiqarib tashlashlar joyini o‘zgartirishlar va h. kabi o‘zgarishlarga 
sezgir bo‘lishi lozim.
5. Xesh-funksiya qaytarilmaslik xususiyatiga ega bo‘lishi lo-
zim.
6. Ikkita turli hujjatlar (ularning uzunligiga bog‘liq bo‘lmagan 
holda) xesh-funksiyalari qiymatlarining mos kelishi ehtimolligi juda 
kichkina bo‘lishi shart, ya’ni hisoblash nuqtayi nazaridan 
h(x)=h(x) 
bo‘ladigan *’**ni topish mumkin emas.
Ikkita turli xabaming bitta tugunchaga (svertka) zichlash 
nazariy jihatdan mumkin. Bu kolliziya yoki to‘qnashish deb ataladi. 
Shuning uchun xeshlash funksiyasining bardoshliligini ta’minlash 
maqsadida to‘qnashishlarga yo‘l qo‘ymaslikni ko‘zda tutish lozim. 
To‘qnashishlarga butunlay yo‘l qo‘ymaslik mumkin e'mas, chunki 
umumiy holda mumkin bo‘lgan xabarlar soni xeshlash funksiyalari 
chiqish yo‘llari qiymatlarining mumkin bo‘lgan sonidan ortiq.
Ammo, to‘qnashishlar ehtimolligi past bo‘lishi lozim.
5-xususiyat 
h(.)
bir tomonlama ekanligini bildirsa, 6-xususiyat 
bitta bir xil tugunchani beruvchi ikkita axborotni topish mumkin 
emasligini kafolatlaydi. Bu soxtalashtirishni oldini oladi.
Shunday qilib, xeshlash funksiyasidan xabar o‘zgarishini pay- 
qashda foydalanish mumkin, ya’ni u 
kriptografik nazorat yig'in- 
disini
(o‘zgarishlami payqash kodi yoki 
xabarni autentifikatsiyalash 
kodi
deb ham yuritiladi) shakllantirishga xizmat qilishi mumkin. Bu 
sifatda xesh-funksiya xabaming yaxlitligini nazoratlashda, elektron 
raqamli imzoni shakllantarishda va tekshirishda ishlatiladi.
107

Download 182.25 Kb.




Download 182.25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Asimmetrik shifrlash tizimlarini ishlash prinsipini tushun tirib bering

Download 182.25 Kb.
Pdf ko'rish