Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish




Download 0,62 Mb.
bet11/104
Sana07.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#113156
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org

Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish.Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar ko’rsatiladigan yordamni ikki qismga bo’lib qaraladi:
1) tok ta’siridan qutqarish va 2) birinchi yordam ko’rsatish.
Tok ta’siridan qutqazish o’z navbatida bir necha xil bo’lishi mumkin. Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o’sha qismiga kelayotgan tokni o’chirishdir.
Agar buning iloji bo’lmasa (masalan, o’chirish qurilmasi uzoqda bo’lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko’p bo’lmagan elektr qurilmalarida elektr simlarini sopi yog’ochli bo’lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan kishining kiyymi quruq bo’lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan qutqazib qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo’lsa, unda dielektrik qo’lqop va elektr izolyatsiyasi mustahkam bo’lgan elektr asboblaridan foydalanish kerak.
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish uning holatiga qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi hushini yo’qotmagan bo’lsa, uning tinchligini ta’minlab, vrach kelishini kutish yoki tezda davolash muassasasiga olib borish zarur.
Agar tok ta’sirida hushini yo’qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi ishlayotgan bo’lsa, uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini bo’shatish va sof havo kelinishi ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish, yuziga suv purkash, tanasini va qo’llarini ishqalash yaxshi natija beradi.
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, qaltirash holati bo’lsa, ammo yurak urish ritmi nisbatan yaxshi bo’lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur.
Klinik o’lim holati yuz bergan taqdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir qatorda yurakni ustki tomondan massaj qilish kerak.
Sun’iy nafas oldirish jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish, uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas oldirish "og’izdan og’izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko’rsatuvchi kishi o’z o’pkasini havoga to’ldirib, jarohatlangan kishi og’zi orqali uning o’pkasiga bu havoni haydaydi. Odam o’pkasidan chiqqan havo, ikkinchi odam o’pkasi ishlashi uchun yetarli miqdorda kislorodga ega bo’lishi aniqlangan. Bu usulda jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og’zi ochib tozalanadi, havo o’tish yo’lini ochish uchun boshini bir qo’li bilan peshona aralash ko’tariladi, ikkinchi qo’l bilan dahanidan tortib, dahanini bo’yni bilan taxminan bir chiziqqa keltiriladi (1-rasm). Shundan keyin ko’krak qafasini to’ldirib nafas olib, kuch bilan bu havoni jarohatlangan kishi og’zi orqali puflanadi. Bunda yordam ko’rsatayotgan kishi og’zi bilan, jarohatlangan kishining og’zini butunlay berkitishi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak (2-rasm).

1-rasm
2-rasm


Shundan keyin yordam ko’rsatuvchi boshini ko’tarib, yana o’pkasini havoga to’ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi passiv ravishda nafas chiqazadi.
Bir minutda taxminan 10—12 marta puflashni doka, dastro’mol va trubka orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi mustaqil nafas olishini tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor o’ziga kelguncha davom ettiriladi.
Yurakni tashqaridan massaj qilish jarohatlangan kishi organizmidagi qon aylanishni sun’iy ravishda tiklab turish maqsadida amalga oshiriladi.
Qorin bo’shlig’idan ko’krak qafasiga o’tgandan keyin 2 barmoq yuqoridan massaj qilinadigan joyni belgilab, qo’lni bir-biri ustiga to’g’ri burchak shaklida qo’yib, jarohatlangan kishining ko’krak qafasi tana og’irligi bilan 15—25 kg miqdordagi kuch bilan bosiladi.
Bosish sekundiga 1 marta keskin kuch bilan bo’lishi kerak. Bunda ko’krak qafasi ichkariga qarab 3—4 sm pasayishi kerak va bu yurak urishi ritmiga moslab davomettiriladi.
Massaj qilish sun’iy nafas oldirish bilan birgalikda olib borilishi kerak. Agar yordam ko’rsatayotgan kishibir o’zi bo’lsa, har ikki marta puflagandan keyin 15 marta ko’krak qafasini bosishi kerak. Jarohatlangan kishining yurak urishi mustaqil bo’lganligini uning pulsini tekshirib bilinadi. Buning uchun yuqoridagi vazifalarni 2—3 sekundga to’xtatib, tomir urishi sinab ko’riladi.

Download 0,62 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   104




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko’rsatish

Download 0,62 Mb.