• Motorlar chulg‘amlarining to‘g‘ri ulanganini va tuzukligini tekshirish
  • Motorlarning harorati rejimini tekshirish




    Download 0,62 Mb.
    bet49/104
    Sana07.12.2023
    Hajmi0,62 Mb.
    #113156
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org

    Motorlarning harorati rejimini tekshirish
    Izolatsiyalovchi materialning klassiga qarab, atrof-muhit harorati 40°C ligida motorlar uchun ruxsat etilgan haroratlarning oshish chegarasi turlicha (60 dan 125°C) bo‘ladi.
    Elektr motorlarning qizib ketishi birinchi navbatda chulg‘amlarning izolatsiyasi uchun xavflidir, chunki bu holda ularning ishlash muddati qisqaradi, ba ’zan esa elektr mashinalar batamom ishdan chiqadi.
    Motorning qizishi yuklanish va ish rejimiga bog‘liq. Qizib ketishning asosiy sababi, motorlarning tok bilan o‘ta yuklanishidir. Bu hodisa uzoq muddatli rejimda o‘zgaruvchan tok motorlari uchun stator zanjiridagi, o‘zgarmas tok motorlari uchun yakor zanjiridagi tokni nazorat tarzda o‘lchab ko‘rib aniqlanadi.
    Qisqa muddatli takrorlanuvchan rejimda ishlaydigan motorlarda tok doimo o‘zgarib turadi, shuning uchun ularning yuklanishini shchitga o'rnatilgan oichov asboblar yordamida emas, balki maxsus asboblar (ossillograflar) yordamida tokning vaqt bo‘yicha o'zgarishi diagrammasi olinadi va uning asosida mexanizmning ish sikli uchun tokning ekvivalent qiymati aniqlanadi.
    Yuklanish normal bo'lganda motorning qizib ketishiga uning yomon sovitilishi (ventilator qanotlarining shikastlanishi, shamol- latish kanallari va tuynuklarning to'lib qolishi) yoki atrof-muhit harorati 40°C dan ortib ketishi sabab bo‘lishi mumkin.
    Quwati 100 kVt va undan kam bo‘lgan motorlarning qizish
    darajasi termometr bilan aniqlanadi. Termometr bo‘lmaganda
    motorning qizish darajasi odatda qo‘lni tekkizib tekshiriladi. Agar u
    juda issiq bo'lsa, ko‘chma, yaxshisi spirtli termometr bilan o'lchanadi,
    chunki u magnit maydon ta’sirida xatoga yo‘l qo'ymaydi. Termo-
    metming aktiv qismi aluminiy folga bilan zich qilib o‘raladi va motor
    sirtidagi o‘lchanadigan joyga siqib qo‘yiladi, ustidan esa izolatsiya-
    langan joyi issiqlikni izolatsiyalovchi paxta bilan o'raladi.
    *
    Motorlar chulg‘amlarining to‘g‘ri ulanganini va tuzukligini tekshirish

    Download 0,62 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   104




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Motorlarning harorati rejimini tekshirish

    Download 0,62 Mb.