Elektr magnit (2–rasm, b) asosiy kontaktlarni ulash va uzish uchun xizmat qiladi. U o’zagi 7 bor yarmo 12, plita 10 ga maxkamlangan Yakorg’ 8, g’altak 9, qisqa tutashtirilgan o’ram 13 va mahkamlovchi detallardan tuzilgan.
Kontaktorni boshqarish quyidagicha amalga oshiriladi. G’altak 9 ning zanjiriga kuchlanish berilganda o’zak 7 yakorni tortadi, yakorg’ vali 2 bilan buralib, u bilan bir valda o’rnatilgan harakatlanuvchi kintaktlarni harakatlanmaydigan kontaktlariga bosadi va shu xolatda ularni mahkam ushlab turadi. Yakorning toretsidagi (uchidagi) tarnovchaga montaj qilingan qisqa tutashtirilgan mis o’rami 13 g’altakni tahminlovchi tok o’zining nolh qiymatidan o’tganda kontaktorning titrashi va o’zidan–o’zi uzilib qolishini yo’qotish uchun xizmat qiladi.
Bu tok xuddi transformatorning ikkilamchi cho’lg’amida hosil bo’ladigan tok kabi, fazasi bo’yicha g’altakning tokidan siljigan tok hosil bo’ladi, u o’z navbatida bu tok Yakorg’ orqali berkiladigan magnit oqimi hosil qiladi va g’altak toki nolh qiymatidan o’tayotganida yakorning tushib ketishiga qarshilik ko’rsatadi.
G’altakning zanjiri uzilganda uning o’zagi magnitsizlanadi va yakorni qo’yib yuboradi, natijada harakatlanuvchi kontakt o’zining og’irligi va yakorning og’irligi tahsirida elektr dvigatelning tahminlovchi zanjirini uzib pastga tushadi.
Tayyorlovchi zavod har bir kontaktorga uning texnik pasportini ilova qiladi, unda kontaktorning printsipial va ish sxemasi, shunigdek uni montaj qilish ga, rostlashga va ishlatishga taalluqli ko’rsatmalar bo’ladi.
Kontaktorlar elektr dvigatelni yoki elektr zanjirini o’ta yuklanish toklaridan himoyalamaydi. Bunday himoya magnitli yurgizgich yordamida amalga oshiriladi. Magnitli yurgizgich–issiqlik relesi bilan to’ldirilgan kontaktorlardan tuzilgan elektr apparatidir. Magnitli yurgizgichlarda PA tipidagi kontaktorlar ishlatiladi (3–rasm). Bu kontaktor asos 1 dan iborat bo’lib, unga g’altak 6 li o’zak 5, harakatlanmaydigan kontaktlari 10 bor izolyatsion kamera 9, tayanch 8, yakori 7 va harakatlanuvchi kontaktlari 11 bor harakatlanuvchi tizimga mahkamlangan. Kontaktor ulanganda, yahni magnit sxemasi yopilganda yakorni o’zakka urilishini yumshatish uchun o’zak amortizatsiyalovchi prujina 4 ga tiraladi. Kontaktor uzilganda yakorni eng chekka holatga qaytishi prujina 12 yordamida amalga oshiriladi. O’q 3 da aylanadigan yakorg’ xarakati bilan chegaralanadi. Yakorg’ o’zakka tortilganda harakatlanuvchi kontaktlar harakatlanmaydigan kontaktlar bilan tutashadi. Ayni vaqtda blok–kontaktlar 2 ham tutashadi, ular biri “pusk” knopkasini shuntlaydi, bunda dvigatelg’ yurgizilganda keyin knopkani qo’yib yuborish mumkin bo’ladi; boshqasiga esa tegishli himoyalash zanjiri ulanadi.
3–rasm. Magnitli yurgizib yuborgich kontaktori:
1–asos, 2–blok–kontaktlar, 3–yakor’ o’qi, 4–amortizatsiyalovchi prujinalar, 5–o’zak,
6–g’altak, 7–yakor’, 8–tayanch, 9–izolyatsion kamera, 10–harakatlanmaydigan kontakt,
11–harakatlanadigan kontakt, 12–yakorni orqaga qaytarish prujinasi.
Magnitli yurgizib yuborgichning elektr issiqlik relesi bevosita yoki bilvosita qizdiriladigan bimetall plastinkasidir: birinchi holda qizdirilgan spiral’ plastinkaning o’zida, ikkinchi holda esa–bevosita uninng yaqinida joylashtiriladi. O’ta yuklanish toki o’tganda bimetall element qiziydi va uning tarkibidagi plastinkalarning chiziqli kengayish koeffitsientlari har xil bo’lgan uchun ancha egiladi, yurgizish mexanizmining lo’kidoniga tahsir qiladi. Bu ushlab turuvchi g’alta zanjiridagi rele kontaktlarining ochilishiga olib keladi. Natijada toksizlangan g’altak harakatlanadigan kontaktlarni qo’yib yuboradi va o’z og’irligi va uzuvchi prujina 12 tahsirida pastga tushadi, kontaktlarini uzilgan xolatga o’tkazadi. mexanizmni tiklash va uning kontaktorlarini ulangan holatga qaytarish issiqlik relesi sovigandan keyin, qaytarish knopkasining o’rnini bosadigan avtomatik uzgichlar ancha takomillashgan elektr apparatlaridir.
Kuchlanishi 1000 V gacha bo’lgan qurilmalarida AP, A–3100 va A–2000 seriyalarida avtomatik uzgichlarning turli xil nominal toklar va tok ustavkalariga hisoblangan modifikatsiyalari eng ko’p ishlatiladi.
Yuklama toklari uncha katta bo’lmagan elektr zanjirlarini va quvvatlari katta bo’lmagan elektr dvigatellarni boshqarish AP seriyadagi (4–rasm, a), undan kattalari esa–A seriyadagi avtomatik uzgichlar bilan amalga oshiriladi.
4–rasm. Uch qutbli avtomatik uzgichlar:
a–AP–50, b–A–3100, v–A–2000, g–A–2000 avtomatining sxemasi, 1–asos, 2–qopqoq,
3–harakatlanmaydigan kontakt, 4–harakatlanadigan kontakt, 5–yoy o’chirish kamerasining plastinkasi, 6–moslashuvchan birikma, 7–knopka (dasta), 8–elektr magnit ajratgich,
9–issiqlik ajritgichi, 10–elektr magnit ajratgichning prujinasi, 11–yoy o’chirish kamerasi, 12–erkin ajraladigan mexanizm, 13–boshqarish dastasi, 14–minimal kuchlanish relesining g’altagi, 15–qismalar, 16–maksimal tok relesining g’altagi, 17–ajratish prujinasi, 18–lo’kidon, 19– rele prujinasi, 20–turtkich, 21–rele yakori, 2–masofadan uzish knopkasi, 3–qo’shimcha rezistor, 4–blok–kontaktlar.
A–3100 avtomatik uzgichida (4–rasm, b) tok o’tkazuvchi qismlarini berkitib turadigan plastmassa qopqoq bor. Avtomatik uzgichning bir bosqichli kontakt tizimi metall–sopol qoplangan harakatlanadigan va harakatlanmaydigan kontaktlardan tuzilgan. Harakatlanadigan kontaktlar moslashuvchan bog’lagich (svyaz’) yordamida maksimal va issiqlik ajratgichlarining shinalariga ulangan. Harakatlanadigan kontaktlarning tutqichlari izolyatsiyalangan umumiy val bilan va erkin ajratuvchi mexanizm vositasida avtomatik uzgichning dastasi bilan bog’langan. Kontaktlari elektr zanjirini uzganda ular orasida hosil bo’ladigan elektr yoyi ustiga mis qoplangan po’latdan ishlangan panjarali yoy o’chirish kamerasida o’chiriladi.
Boshqarish mexanizmi avtomatik uzgich dastasining harakati tezligiga bog’liq bo’lmagan holda kontaktlarni o’zgarmas tezlik bilan bir lahzada ulanishi va uzilishini tahminlaydi. O’ta kuchlanish va qisqa tutashishda erkin ajratuvchi mexanizm tahsirida, dastaning shu paytdagi holatiga bog’liq bo’lmagan holda avtomatik uzish amalga oshiriladi. Apparatda avtomatik uzishni alohida plastmassa korpusda montaj qilingan va avtomatik uzgichning har bir qutbida o’rnatilgan issiqlik va elektr magnit elementlaridan tuzilgan maxsus qurilma–ajratgich bajaradi. Issiqliq elementi bevosita yoki bilvosita qizdiriladigan bevosita yoki bilvosita qizdiriladigan bimetall plastinkaga ega. O’ta yuklanish toki tahsirida plastinka qiziydi va egilib boshqarish mexanizmining reykasini buradi. Reyka burilganda o’ta yuklanish bitta fazada hosil bo’ldimi yoki bir necha fazadami, bundan qathiy nazar avtomatik uzgich uzilib qoladi. O’ta yuklanish toki qancha katta bo’lsa, avtomatik uzgich shuncha tez uziladi. 10% gacha o’ta yuklanishni avtomatik uzgich sezmaydi; 30–40% o’ta yuklanishda bir soat davomida ishlaydi, ikki matra katta o’ta yuklanishda avtomatik uzgichning tipiga qarab va atrof xarorati 5°S atrofida bo’lganda 20 dan 100 s gacha vaqt ichida ishlaydi. Avtomatik uzgich issiqlik elementi sovigandan keyin, buning uchun 3–4 min talab qilinadi, qayta ulanishi mumkin.
Issiqlik elementi elektr qurilmasini qisqa tutashish toklaridan himoya qilmaydi. Bu maqsadda ajratgichning elektromagnit elementidan foydalaniladi. U qaytaruvchi prujinasi bor Yakorg’ va o’zak–magnit o’tkazgichga ega. O’zakning ichida ish tokining shinasi joylashgan. Tok normal bo’lganda prujina yakorni erkin xolatda ushlab turadi. Qisqa tutashishi toki magnit maydoni hosil qiladi, bu oqim tahsirida Yakorg’ harakatlanadi va uzuvchi reykani buradi. Bunda avtomatik uzgich, qisqa tutashgan fazalaridan qathiy nazar, bir onda uziladi.
Har bir avtomatik uzgichning ajratgichi zavodda mahlum qiymatdagi tokka sozlanadi va muhrlab qo’yiladi. Ajratgichning sozlab qo’yilgan toki (ustavkasi) shu ajratgichli avtomatik uzgichning nominal tokini aniqlaydi. Montaj qilinayotganda ajratgichning qopqog’ini ochish, uning rostlanishini buzish yoki avtomatik uzgichdan boshqa ish toklarida foydalanishga ruxsat etilmaydi, chunki, bunday hollarda u talab qilinayotgan himoyalanishini tahminlamaydi.
A–3100 seriya avtomatik uzgichlar 50600 A toklarga mo’ljallab tayyorlanadi.
Katta quvvatli elektr dvigatellarni ishga tushirish, shuningdek tokli elektr zanjirlarni uzib–ulash va himoyalash uchun A–2000 seriyali (4–rasm, v) uch qutbli universal avtomatik uzgichlardan foydalaniladi. U katta maksimal tokning elektr magnit ajratgichi va minimal kuchlanish ajratgichi bilan tahminlangan. Avtomatik uzgichning tokli ajratgichlari ajratgichni ishlatgandan so’ng uzgan paytda mahlum vaqt oralig’ini saqlab turadigan qurilmaga ega bo’lishi mumkin. Bunday vaqt oralig’i qisqa vaqt bo’ladigan o’ta yuklanishlarda avtomatik uzgich ishlamay qolmasligi uchun masalan, katta quvvatli elektr dvigatellarni yurgizishda zarurdir.
Lo’kidon avtomatik uzgichni ulangan holda (4–rasm, g) ushlab turadi. O’ta yuklanish va qisqa tutashish toklari o’tganda maksimal tok elektr magnit ajratgichi tok relesining g’altakdagi prujina 19 ning qarshi tahsirini yengadi va Yakorg’ 21 ni tortadi. Bunda Yakorg’ 21 ning turtkichi 20 lo’kidan 18 ni turtib yuboradi, avtomat uzgichning uzuvchi prujinasi 17 esa uning kontaktlarini, umuman apparatini uzadi.
Avtomatik uzgich kuchlanish pasayganda ham zanjirini uzib qo’yadi. Kuchlanish pasayganda (yo’l qo’yiladigan qiymatdan) minimal kuchlanish elektr magnit ajratgichi relesining g’altagida tok kamayadi, bunda prujina tahsirida uning yakori g’altakning o’zagidan uzoqlashadi va o’zakning tutkichi bilan lo’kidon 18 ni bo’shatadi va avtomatik uzgichni uzib qo’yadi. G’altak 14 ning zanjiri uzgich validagi blok 3 va masofadan uzish knopkasi 2 orqali berkitiladi. Avtomatik uzgich qo’l bilan dastani burib yoki richagli yuritma vositasida ulanadi va uziladi. Agar avtomatik uzgichlarni masofadan boshqarish lozim bo’lsa, ular elektr magnit yoki elektr yuritma bilan tahminlanadi.
|