Barabanli uzgichdan (1–rasm, d) elektr dvigatellarni yurgizishi paytida saqlagichlarni shuntlaydigan noreversiv magnitli yurgizgich sifatida, shuningdek dvigatelni “yulduz” usulida ulashdan “uchburchak” usuliga qayta ulab yurgizishi uchun foydalaniladi.
Konrollerlardan (1–rasm, ye) elektr dvigatelni yurgizishda alohida shartlarni saqlash lozim bo’lganda, uning aylanish yo’nalishini o’zgartirish (reverslash) da va boshqa hollarda foydalaniladi.
1–rasm. Elektr zanjirlarining noavtomatik apparatlar bilan boshqarish:
a–uch qutbli Rubilhnik, b–qayta ulagich, v–paketli uzgich, g–yurgizib yuborish yashigi,
d–barabanli uzgich, ye–kontroller, 1–izolyatsion plita, 2–kontakt pichoq, 3–yoy o’chirish kamerasi, 4–qo’zg’almaydigan kontakt stoyka, 5–dasta, 6–qo’zg’almaydigan kontakt, 7–
Avtomatik apparatlar
O’zgaruvchan tokda ishlaydigan uch qutbli KT tipidagi kontaktor (2–rasm, a) elektr zanjirlari va elektr dvigatellarni masofadan turib va avtomatik boshqarish uchun xizmat qiladi. U kontaktlar, elektr magnit va yoy o’chirish qurilmalaridan tuziladi. Kontaktorda dvigatelning elektr zanjirini uzadigan uch juft asosiy harakatlanadigan 4 va harakatlanmaydigan 5 kontaktlar (2–rasm, v), shunigdek blok–kontaktlar va 11 bor. Uch fazali kontaktorning bitta qutbni tashkil qiluvchi asosiy kontaktlarining har bir jufti yoy o’chirish kamerasi 6 bilan berkitilgan. Yoy o’chirish kmerasi ikkita bir–biriga tutashtirilgan asbotsement shcheklardan tuzilgan. SHchekning ichida mis qoplangan po’lat plastinkalardan 14 tayyorlangan panjara joylashgan. Plastinkalar elektr yoyi stvoliga tik joylashgan, shuning uchun kontaktlar orasida hosil bo’ladigan elektr yoyi panjarada bir nechta qisqa yoylar bo’linib ketadi., ular plastinka yuzasiga tekkanda sovib, tez o’chadi.
2–rasm. 400 A o’zgaruvchan tokka mo’ljallangan uch fazali KT kontaktori:
a–umumiy ko’rinishi (birinchi qutbidan yoy o’chirish kamerasi olingan), b–elektromagnit, v–kontaktlar va yoy o’chirish kamerasi, 1–izolyatsiyalaydigan plita (panel’),
2–harakatlanadigan kontaktlar va yakor’ vali, 3–tutashadigan blok–kontaktlar, 4–asosiy harakatlanadigan kontakt, 5–haraktmaydigan asosiy kontakt, 6–yoy o’chirish kamerasi,
7–elektr magnit o’zagi, 8–yakor’, 9–elektr magnitning g’altagi, 10–yakorni mahkamlash plitasi (tutqichi), 11–ochiladigan blok–kontaktlar, 12–o’zak yarmosi, 13–qisqa tutashgan o’ram, 14–yoy o’chirish kamerasining plastinalari, 15–kontakt prujinasi,
16–harakatlanadigan kontaktning tutqichi, 17–moslanuvchan aloqa simi.
|