Ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish




Download 0,62 Mb.
bet63/104
Sana07.12.2023
Hajmi0,62 Mb.
#113156
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org

2. Ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish
3. Yopiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish


1. SHinali o’tkazgichlar haqida umumiy mahlumotlar Elektr energiyasini kanalizatsiya qilish uchun xizmat qiladigan va turli profilli shinalar, izolyatsiyalaydigan detallar va ushlab turuvchi tuzilishlarlardan tuzilgan qurilma shinali o’tkazgich deyiladi.
Tok o’tkazuvchi qismlariga qo’l tegizishdan va atrof muhit tahsiridan himoyalash usuliga qarab shinali o’tkazgichlarni ochiq, himoyalangan, yopiq, suv sachrashidan himoyalangan va chang o’tkazmaydigan turlarga bo’linadi. Ochiq va himoyalangan shinali o’tkazgichlar elektr montaj tanovorlari ustaxonalari (MEZ) tayyorlanadi, yopiq, suyuqlik sachrashidan himoyalangan va chang o’tkazmaydiganlarini esa yirik montaj tashkilotlarining zavodlari yetkazib beradi.
1500 A dan ortiq tokka mo’ljallangan shinali o’tkazgichlarni montaj qilish da quyidagi choralar ko’rilishi kerak:
shinali o’tkazgichda, armaturada va po’lat tuzilishlarda magnit oqimlari tahsirida isrof bo’ladigan quvvatni kamaytirish, buning uchun tuzilishlarning ayrim detallari magnitmas materialdan tayyorlanishi yoki magnit oqimi yo’lida havo oraliqlari hosil qilish lozim;
yopiq shinali o’tkazgichlarning kojuxlarini yerga ulashda berk konturlar hosil bo’lishiga qarshi; buning uchun kojuxlarning ayrim sektsiyalari bir–biridan izolyatsiyalanadi; har bir sektsiya tayanchning faqat bitta nuqtasida yerga ulanadi va boshqa mahkamlangan joylarda tuzilishlardan izolyatsiyalanadi.
SHinali o’tkazgichlar qurilish konstruktsiyalarining harorat yoki cho’kish choklari bilan kesishganda, shuningdek, shinali o’tkazgichlarni xavfli mexanik zo’riqishlar paydo bo’lishi mumkin bo’lgan joylar orqali (masalan, haroratning o’zgarishi yoki kuchli titrash natijasida) kompensatorlar yordamida kesishtiriladi va o’tkaziladi.
SHinali o’tkazgichning ajralmaydigan shina sektsiyalari odatda payvandlab tayyorlanadi.
SHinali o’tkazgichlar o’rnatiladigan qurilish konstruktsiyalari yonmaydigan mustahkam materiallardan ishlanishi kerak. SHinali o’tkazgichlar devor va to’sinlardan o’yiqlar va izolyatsiyalangan plitalar orqali o’tkaziladi. Ochiq shinali o’tkazgich to’sindan chiqqanda uning devorda joylashgan tok o’tkazuvchi qismlari kamida 3.5 m balandlikda quti bilan ishonchli bekitilgan bo’lishi, quti esa yerga ulangan, bo’lishi lozim. Ishlab chiqarish xonalarida, instruktsiyani o’qimagan xodimlar kirishi ehtimoli bo’lgan ishlab chiqarish xonalarida shinali o’tkazgichning toza pol yuzasi belgisidan o’rnatish balandligi xonalar ichida o’rnatiladigan ochiq shinali o’tkazgichlar uchun; kamida 3,5 m, himoyalangan shinali o’tkazgichlar uchun kamida 2.5 m bo’lishi lozim. Yopiq shinali o’tkazgichlarni o’rnatish balandligi normalanmagan Xonalar ichida ochiq shinali o’tkazgichlardan eng yaqin truboprovodlargacha bo’lgan masofa 1 m dan, texnologik jihozlargacha – 1.5 m dan kam bo’lmasligi zarur. Yopiq shinali o’tkazgichlar uchun bu masofalar normalanmaydi.

Download 0,62 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   104




Download 0,62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ochiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish

Download 0,62 Mb.