• 1. O’lchov transformatorlari haqida asosiy mahlumotlar.
  • Mavzu:O’lchov kuchlanish transformatorlarini montaj qilish




    Download 0,62 Mb.
    bet71/104
    Sana07.12.2023
    Hajmi0,62 Mb.
    #113156
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org

    Mavzu:O’lchov kuchlanish transformatorlarini montaj qilish

    Reja:



    1. O’lchov transformatorlari haqida asosiy mahlumotlar.
    2. O’lchov transformatorlarini yig’ish va sozlash.
    3. Transformatorlarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari.
    Tayanch so’z iboralar: Kuchlanish, tok transformatorlari, vazifasi, ulanish sxemasi, birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amlari nominal kuchlanishlari va toklari, aniqlik klassi, o’lchov transformatorlarini yig’ish va sozlash, ularni ikkilamchi yuklamasi, o’lchov transformatorlarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi koidalari.

    1. O’lchov transformatorlari haqida asosiy mahlumotlar.
    Taqsimlash qurilmalarining ish rejimini nazorat qilish, himoya qilish va avtomatlashtirish turli elektr o’lchash asboblari, rele va avtomatika apparaturalari yordamida amalaga oshiriladi.

    O’zgaruvchan tok elektr qurilmalarining nominal kuchlanishi kata (400 v dan yuqori) hamda tok qiymati kata bo’lganda o’lchash asboblari, rele va avtomatika apparaturalari elektr zanjirining tegishli qismiga o’lchash transformatorlari orqali ulanadi.


    O’lchash transformatorlardan foydalanilganda:
    1) har qanday qiymatli kuchlanish va tokni 100 v kuchlanish va 5 a toka mo’ljallangan standart chulg’amli oddiy o’lchov asboblari bilan o’lchash;
    2) o’lchov asboblari va releni 380 v dan yuqori kuchlanishdan ajratish va shu bilan ularga qarab turish xavfsizligini tahminlash mumkin.
    O’lchash transformatorlari kuchlanish transformatorlariva tok transformatorlariga ajraladi.
    Kuchlanish transformatorlaridan 380 v va undan yuqori kuchlanishli qurilmalardagi o’lchov asboblari va rele (vol’tmetr, chastotamerlar, schyotchiklar, kuchlanish, quvvat relesi va boshqalar)ning kuchlanish cho’lg’ami tahminlanadi.
    380 v dan 500000 v gacha nominal kuchlanishga mo’ljallangankuchlanish transformatorlarining birlamchi cho’lg’amlari zanjirga parallel ulanadi: hamma kuchlanish transformatorlari ikkilamchi cho’lg’amlarining nominal kuchlanishi 100 v bo’ladi. O’lchov asboblari va rele kuchlanish transformatorlarining ikkilamchi zanjiriga parallel ulanadi.Ularning shkalalari esa birlamchi chulg’amning nominal kuchlanishiga mos qilib darajalanadi.
    Kuchlanish transformatorlaridan kichik podstantsiyalarda baozan yoritish lampalari, avtomatika, teleboshqarish va signalizatsiya qurilmalari tok bilan tahminlashda foydalaniladi.
    Tok transformatorlari o’lchov asboblari va rele (ampermetrlar, schyotchiklar, vol’tmetrlar, tok relesi, quvvat relesi va boshqalar)ning tok cho’lg’amini tahminlaydi.
    Tok transformatorilarini qurilmaning nominal kuchlanishiga mos ravishda izolyatsiya qilingan birlamchi cho’lg’amlari zanjirga ketma-ket ulanadi.
    Tok transformatorlarining birlamchi chulg’amlari 5 a dan 6000 a gacha nominal toka xisoblanadi. Ikkilamchi chulg’amlarning nominal toki odatda 5 a teng bo’ladi. Ikkilamchi toki 1 a bo’lgan tok transformatorlari ham ishlab chiqariladi.
    O’lchov asboblari va rele tok transformatorlariningikkilamchi zanjiriga ketma-ket ulanadi; ularning shkalalari birlamchi chulg’amning nominal tokiga moslab darajalanadi.
    Birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar orasidagi izolyatsiya teshilmasligi uchun ikkilamchi chulg’am albatta yerga ulanadi.
    O’lchash aniqligi o’lchash transformatorlari va ularga ulanadigan asboblar uchun yo’l qo’yilgan xatoga bog’liq bo’ladi.
    O’lchash transformatorlariikki xil xatoga: transformatsiya koeffitsienti, yaoni kuchlanish yoki tok bo’yicha xatolik va burchak xatoligiga yo’l qo’yadi [birlamchi va ikkilamchi tok yoki kuchlanish vektorlari (yoki yo’nalishi) orasida hosil bo’ladigan burchak burchak xatoligi deyiladi].
    Kuchlanish yoki tokni o’zgartirish koeffitsienti xatoligi birlamchi tok va kuchlanishning berilgan qiymatida ikkilamchi kuchlanish yoki tok qiymatiga tahsir qiladi. Bu xato o’lchash asboblarining ikkilamchi chulg’amiga ulangan asboblarning ko’rsatishiga tahsir qiladi.
    Burchak xatoligi faqat vattmetr tipidagi asboblar (vattmetr, fazometrlar, schyotchiklar, quvvat relesi)ning ko’rsatishiga tahsir qiladi. O’lchash transformatorlarining xatolik qiymatiga transformatorlarining tuzilishiga (cho’lg’amlarning elektr qarshiligi, magnit o’tkazgichning magnit qarshiligi va boshqalarga) bog’liq bo’lgan doimiy faktorlar va ishlatilish sharoiti, yaoni transformator ikkilamchi chulg’am yuklamasining parametrlariga bog’liq bo’lgan boshqa faktorlar tahsir qiladi.
    O’lchash transformatori uchun yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan xatolik aniqlik sinfi bilan belgilanadi.
    Kuchlanish transformatorlari to’rt (0,2; 0,5; 1,0 va 3,0) aniqlik klassida ishlab chiqariladi; tok transformatorlari esa besh (0,2; 0,5; 1; 3 va 10) aniqlik klassida ishlab chiqariladi.
    Aniqlik guruhi transformatorlarining nominald yuklamada kuchlanish va tokni o’zgartirish koeffitsientining protsent hisobida ifodalangan eng kata xatosini ko’rsatadi.
    0,2 aniqlik guruhidagi o’lchash transformatorlar faqat aniq laboratoriya o’lchovlari uchun ishlatiladi. O’lchov asboblari 0,5 va 1 aniqlik guruhidagi transformatorlar orqali ulanadi. 3 aniqlik guruhidagi transformatorlar orqali odatda releni ximoya asboblari va oddiy o’lchov asboblari (shchitg’ vol’tmetrlari, ampermatrlari) ulanadi.
    Yuqorida aytib o’tilgan transformatorlardan tashqari, maxsus D va Z aniqlik guruhidagi o’lchash transformatorlari xam ishlab chiqariladi. Ular maxsus rele ximoyasi differentsial (D) va yerga ulash (Z) himoyasida ishlatiladi.

    Download 0,62 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   104




    Download 0,62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu:O’lchov kuchlanish transformatorlarini montaj qilish

    Download 0,62 Mb.