|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|
bet | 68/104 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #113156 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org5.Saqlagichlar
Saqlagich bu himoya qilinayotgan zanjirni, tok berilgan qiymatdan ortib ketgan paytda, tok o‘tkazuvchi qismini kuyib ketishi bilan uzishga mo‘ljallangan komrau- tatsion elektr asbob-uskunadir.
Zanjir uzilgandan so‘ng kuygan element yoki saqlagichning o‘zi almashtiriladi. Saqlagich himoya qilinayotgan zanjirga ketma-ket ulanadi. Zanjirda ko‘rinadigan oraliq hosil qilish uchun rubilnikdan foydalaniladi. Saqlagich korpus, eruvchan element, kontakt qismi, yoy so‘ndiruvchi qurilma va yoy so‘ndiruvchi muhitdan ibo- rat. Saqlagichlar turli xil tuzulmali bo‘ladi. Masalan tiqinsimon, yopiq fibra trubkali. qum to‘ldirmali, otuvchi saqlagichlar bo‘lishi mumkin.
Saqlagichlarning ishlashi eruvchan element va saqlagichni nominal toki hamda eruvchan elementning himoya xarakteristikasi bilan xarakterlanadi. Saqlagichning nominal toki deb uning tok o‘tkazuvchi va kontakt qismlari hisoblangan tokka ayti- ladi, eruvchan elementning nominal toki deb esa shu elementning o‘zi hisoblangan tokka aytiladi.
Eruvchan elementning nominal toki qilib, u uzoq vaqt kuymasdan ishlay oladi- gan tok qabul qilinadi.
Eruvchan elementning himoya xarakteristikasi deb zanjirni uzilish vaqtini tokka bog‘liqligiga aytiladi.
Tok nominaldan 25—30% ko‘p bo‘lganda saqlagich elementi 1—2 soat mobay- nida kuyadi, tok nominaldan 50% ortib ketganda, 10—15 minutda, 100% ortib ket- ganda esa 1 minutni ichida kuyishi lozim.
Saqlagichlarni ishlash tezligini oshirish uchun har xil materillardan tayyorlan- gan, maxsus shaklli hamda metallurgik effekt qo‘llanilgan eruvchan elementlar ish- latiladi.
Eruvchan elementlar tayyorlashda mis, rux, alyumin, qo‘rg‘oshin va kumush- dan foydalaniladi.
Elektr zanjirda qisqa tutashuv yoki o‘ta yukianish bo‘lsa, uni avtomatik ravish- da bir marta uzish uchun xizmat qiladigan asbob-uskuna saqlagich deyiladi. Zanjirni saqlagich vositasida uzish eruvchan quymaning erishi orqali amalga oshadi, bu eruvchan quyma o‘zidan muhofazalanmagan zanjirning toki o‘tganda qizib eriydi. Zanjir uzilgandan so‘ng eruvchan quyma qo‘lda almashtirilishi lozim.
Tuzilishining soddaligi va arzonligi sababli eruvchan saqlagichlar sanoat elektr qurilmalarida, elektr stansiyalar va podstansiyalar, turmushda keng qo‘llaniladi. Saqlagichlar turli tuzilishlarga ega bo‘lishi mumkin va milliamperdan minglab amperlargacha toklarga mo‘ljallanadi. Hamma saqlagichlarda asosiy elementlar bo‘lib: korpus, eruvchan quyma, kontakt qism, yoy so‘ndiruvchi qurilma yoki yoy so‘ndiruvchi muhit hisoblanadi.
Saqlagichlar eruvchan quymaning nominal toki bilan, ya’ni eruvchan quyma uzoq ishlashi uchun hisoblangan tok bilan xarakterlanadi. Saqlagichning birgina korpusiga turli nominal toklarga mo‘ljallangan eruvchan quymalar o‘rnatilishi mumkin, shuning uchun ayni saqlagich saqlagichning nominal toki xarakterlanib, u mana shuningdek, tuzilishdagi saqlagich uchun mo‘ljallangan eruvchan quymalarn- ing nominal toklari ichida eng kattasiga teng. Normal rejimda yuklama toki ta’siri- da eruvchan quymadan ajrayotgan issiqlik atrof-muhitga tarqaladi va saqlagichning hamma qismlarining temperaturasi ruxsat etilgandan oshmaydi. 0‘ta yukianish va qisqa tutashuvlarda quyma temperaturasi ortib, uning erishiga olib keladi. Demak, tok qancha katta bo‘lsa, quymaning erish vaqti shuncha kichik bo‘ladi. Erish (ish- lay boshlash) vaqtining tokka bog‘liqligi saqlagichning vaqt-tok xarakteristikasi deb yuritiladi (3-rasm).
Saqlagich ishlay boshlashidagi minimal tok — chegara tok — lcheg deb yuritiladi. Tekshirishlarda saqlagich quymasining erish vaqti 1 soatdan oshgandagi tok — chegara toki deb qabul qilinadi. Eruvchan quymaning nominal toki shunday tan- lanadiki, bunda normal rejimda va qisqa ruxsat etiladigan o‘ta yuklanishlarda uzish sodir bo‘lmay, balki uzoq o‘ta yuklanishlarda va qisqa tutashuv zanjir mumkin qadar tez uzilishi lozim.
Saqlagichlar ishining selektivligini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Selektivlik prinsipi bo‘yicha hammadan oldin shikastlangan joyga yaqin bo‘lgan saqlagich quymasi erib ketishi kerak. Uzish vaqtlari saqlagich xarakteristikasi bo‘yicha aniqlanadi. Xarakteristika eruvchan quymaning materiali, uning kesimi, sovish sharoitlari va boshqa faktorlarga bog‘liq.
Eruvchan quyma — saqlagichning asosiy elementi bo‘lib, mis, rux, qo‘rg‘oshin va kumushdan tayyorlanishi mumkin. Rux va qo‘rg‘oshinning erish temperaturasi kichik (tegishlicha 419 va 327°C). Rux korroziyaga chidamli, shuning uchun eruvchan quymaning kesimi ishlatish vaqtida o‘zgarmaydi, xarakteristikasi doimiy qola- di. Biroq mustahkam oksid plyonka tufayli quyma eriganda buzilmaydi, suyuq metal plyonka ichida saqlanadi. Bu esa I, ning keng chegaralarda o‘zgarishiga olib kelaai. Rux va qo‘rg‘oshinning solishtirma qarshiligi katta, shuning uchun ulardan tayyorlangan eruvchan quymalar katta kesimga ega. Bunday quy- malarni saqlagichlarda to‘ldirgichlarsiz ishlatish mumkin. Rux va qo‘rg‘oshindan qilingan quy- mali saqlagichlar o‘ta yuklanishda katta tutib turish vaqtiga ega.
Mis va kumush kichik solishtirma qarshi- likka ega bo‘lib, quymaning kesimi katta emas, bu ularning tez ishlab ketishini ta’minlaydi. Bunday quymalar eriydigan metalning hajmini kamaytirish
3 - r a s m. Saqlagichning vaqt-tokli xarakteristikasi.
kamaytirish muhim bo‘lgan to‘ldirgichli saqlagichlarda qo‘llaniladi. Ishlatish jarayonida oksidlanishni kamaytirish uchun, odatda, ustiga qalay suvi yuritilgan mis quymalar qo‘llaniladi. Kumush quymalar oksidlanmaydi va ularning xarakteristikalari turg‘un, lekin qimmat bo‘lganligi uchun, bunday quymalar faqat ayrim muhim hollardagina qo‘llaniladi. Misning erish temperaturasi 1080°C chegara toklarida saqlagichning hamma elementlarining temperaturasi ancha katta bo‘ladi. Yuqori temperaturalar hosil bo‘lishiga yo‘l qo‘ymasdan saqlagichning tez ishlab ketishini ta’minlash uchun metallurgiya effekti deb atala digan usuldan foydalaniladi. Bu oson eriydigan suyuq metalda qiyin eriydigan me- talni eritish hodisasidir. Agar, masalan, diametri 0.25 mm li mis simga erish temperaturasi 182°C bo‘lgan qalay-qo‘rg‘oshin qotishmadan tayyorlangan sharchalar kavsharlansa, bu holda sim temperaturasi 650°C ga yetganda u 4 minut ichida eriydi, 350°C da esa 40 minut ichida eriydi. Xuddi shuningdek, sim erituvchisiz 1000°C dan past bo‘lmagan temperaturada eriydi. Odatda, mis va kumush quy- malarida metallurgiya effektini hosil qilish uchun ancha turg‘un xossalarga ega toza qalay qo‘llaniladi. Normal ish rejimida qalayli sharcha saqlagich ishiga ta’sir etmaydi.
Quyma erigandan so‘ng elektr yoy hosil bo‘lib, uni mumkin qadar tez o‘chirish lozim. Saqlagichlarda yoyni so‘ndirish uchun tor tirqish, gazlarning yuqori bosimi, puflash effektidan foydalaniladi. Hech qanday shikastlanish yoki deformatsiya sodir bo‘lmasdan saqlagich uzishi mumkin bo‘lgan eng katta tok uzishning chegara toki deb ataladi.
Moyli uzgichni montaj qilish amaliyotidan texnologik xarita
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|