SaqlagichningtokcheklashqobiliyatinominaltokqiymatigahamdakutiladiganQTtokiqiymatibilanulanishvaqtidagifazaburchagigabog‘liq. Eruvchi element nominal toki qanchalik katta t bo‘lsa, saqlagichning tok cheklash qobiliyati shuncha past bo‘ladi. " Masalan, 7nom = 400 A bo‘lganda, tok cheklash qobiliyati umuman bo'lmaydi.
saqlagich erish elementining vaqt-tok tavsifi himoyalanuvchi obyektning ana shunday tavsifidan pastroqdan o‘tishi zarur;
QT toki paydo bo‘lganda saqlagichlarning selektiv ishlashi, ya’ni faqat shikastlangan uchastka saqlagichi ishlashi kerak;
saqlagich tavsiflari mo‘tadil (stabil) bo‘lishi, ular o‘lchamlari saqlagich himoya xususiyatlariga ta’sir etmasligi kerak;
saqlagichlar yuqori darajada uzish va puxtalik xususiyatlariga ega bo‘lishlari kerak;
istalgan konstruksiyadagi saqlagichning eruvchi elementini almashtirish minimal vaqtda amalga oshirilishi kerak.
Saqlagichlarga qo‘yiladigan texnik talablar GOST 2213—79 «3 kV va undan yuqori kuchlanishli o'zgaruvchan tok saqlagichlari umumiy texnik sharoitlar» da keltirilgan.
Ishlash tamoyili. Hamma saqlagichlar uchun ishlash tamoyili bir xil: saqlagichning eruvchi elementidan nominalga nisbatan katta tok eruvchi elementning erishiga asoslangan. Yuklamadan nominalga nisbatan necha karra katta tok o‘tsa, shunchalik tez eriydi.
Eruvchi element materiali sifatida ko‘proq mis'dan foydalanadi- lar (uning erish harorati 1080°C ga teng). Vaqtni kamaytirish va haroratni pasaytirish maqsadida metall effektidan foydalaniladi. Bunda erish uchun mo‘ljallangan simga yumaloq rux parchalari payvandla- nadi. Uning erish harorati 230°C ga teng. Katta tok o‘tganda payvandlangan rux tez eriydi va misning erishiga ko‘maklashadi.
Eruvchi element saqlagichning almashtiriladigan bo‘lagi hisob- lanadi. Eruvchi elementlar yana qo‘rg‘oshin, qo‘rg‘oshin
qotishma- lari, rux, aluminiy, kumush va boshqalardan ham tayyorlanadi.
Eruvchi erigach saqlagichda yoy hosil bo‘ladi. Uni imkon qadar tez so‘ndirish zarur. So'ndirish vaqti saqlagich konstruksiyasi va qabul qilingan yoy so‘ndirish usuliga bog‘liq. Bu
jihatdan olganda yoyni ochiq, yopiq va kvars toddirish usullari bilan so‘ndirish mumkin. Ochiq saqlagichlarda yoy elektrodlar orasidagi masofa uzoqlashganda ro‘y beradi. Yopiq usulda — patronda katta bosim hosil bodganda yuz beradi. Kvars todatilgan yopiq usulda patron ichida mahalliy bosim vujudga kelib, yoy deionlashadi.