|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|
bet | 75/104 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #113156 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.orgSaqlagich nominal
| |
8; 10; 20; 32; 40; 50; 80; 160; 200; 320; 400.
| |
Eruvchi element nominal toki, A
|
2; 2,2; 5; 8; 10; 16; 20; 32; 40; 50; 80; 160; 200; 320; 400.
|
Uzish nominal toki (kV)
|
2,5; 3,24; 4,5; 5,6; 3,8; 10; 12,5; 16; 20; 25; 31,5; 40.
|
Rossiyaapparatzavodlari 110 kVlikuchlanishgachaeruvchisaqlagichlarishlabchiqaradi. Saqlagichning eng muhim ko'rsatkich- laridan biri — eruvchi element tokining vaqtga nisbatan tavsifi (vaqt- tok tavsifi) dir. Takomillashgan himoya uchun saqlagich vaqt-tok tavsifi grafigi (1-rasmda 1-grafik) barcha nuqtalarda himoyalana- yotgan zanjir tavsifi (1-rasmda 2-grafik) dan pastroqdan o‘tishi kerak. Biroq saqlagichning real tavsifi (3-grafik) 2-grafikni kesib o‘tadi. Buni tushuntirib o‘tamiz.
Agar saqlagich tavsifi 1-grafikka mos bo‘lsa, unda u eskirish yoki elektr motorini ishga tushirish vaqtida kuyib qoladi. Zanjir xavfli
bo‘lmagan o‘ta yuklanishlarda uzilib qoladi. Shunga ko‘ra eruvchi element toki yuklama nominal toki qiymati- dan kattaroq qilib olinadi.
Bunda 2 va 3-grafiklar o'zaro kesishadi. Yuqori o‘ta yuklamalarda (B zonasi) saqlagich obyekti himoya qila oladi, A zonasida esa himoyalanish kuzatilmaydi.
Katta o‘ta yuklanish (1,5—2) /n boTganda, saqlagich sekin qiziydi. Issiqlikning ko‘p qismi atrof-muhitga uzatiladi.
1-rasm. Saqlagich va himoyalanuvchi obyekt tavsiilarining muvofiqlashuvi.
2- rasm. PKT saqlagichning eruvchi elementi erish vaqtining tokka bog‘liqligi.
3-rasm. PKT turidagi saqlagichning tok chekiash tavsifl:
/, — saqlagichdan o'tadigan eng katta tok qiymati: I — nominal toki 2—50 A bo'lgan eruvchi elementning hisobiy qisqa tutashish toki.
Erish vaqti yoki ajralish vaqti bilan tok qiymati orasidagi himoya tavsifi 2-rasmda keitirilgan. Undan ko‘rinadiki, juda katta vaqt orasida erituvchi tok qiymati o‘zgarmay qoladi.
Vaqt intervali 0,01 dan to 1 soatgacha o‘rnatilgan saqlagichning himoya tavsiflari uni boshqa saqlagichlar va uzgichlar bilan muvofiqlashtirish uchun zarur bo‘ladi. Ular sinov tariqasida olinib, ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan e’lon qilinadi. 2-rasmdan ko‘rinadiki, erish elementining nominal tokining o‘sishi bilan tav- siflar o‘ng tomonga siljiydi. Erish elementi 1 soat mobaynida erishi uchun tok qiymati nominalga nisbatan 120% dan ortiq va 200% dan kam bo‘lishi kerak.
Saqlagichlar uzish toki qiymati o‘zgarish ko‘lami bo‘yicha 1- sinfga (erish toki qiymati 1 soatda uzish nominal tokigacha o‘zgarishi ro‘y berganda) va 2-sinf (normallangan o‘chiruvchi minimal tok (u bir soatli erish tokidan ortiqroq) dan o‘chiruvchi nominal tokka o‘zgarganda (2-rasm) o‘chiruvchi tok erituvchi nominal tokka nisbatan ko‘p karra oshganda saqlagich ishlashi tok cheklash bilan o‘tadi, 3-rasmdan ko‘rinadiki, tok cheklash uzilgan (hisobiy) tok I2 da (u erituvchi nominal tokka bog‘liq bo‘lgan ma’lum minimal tokdan katta) ro‘y beradi. /2 qanchalik kichik bo‘lsa, saqlagichning tok cheklashi sezilarli bo'lib boradi.
Chegara tokida erish vaqti katta (1 soat) bo‘lganligi munosabati bilan materialning erish harorati Selsiy bo'yicha bir necha yuzlab gradusni tashkil qiladi va saqlagichning barcha detallari yuqori haroratlargacha qiziydi, natijada eruvchi elementning qarish holati yuz beradi Saqlagich qismlari qizishining eng yuqori harorati 1-jadvalda keltirilgan, tashqi havo harorati +40° dan oshmasligi kerak.
Agar eruvchi elementdan o‘tadigan tok nominalga nisbatan 3—4 marotaba katta bo‘lsa, qizish jarayoni adiabatik ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni erish elementi hosil qilayotgan barcha issiqlik uni qizdirishga sarflanadi. Erish elementidagi harorat erish qiymatiga yetgach murakkab ko‘chuvchi erish jarayoni boshlanadi — element qattiq holatdan suyuqlik holatiga o‘tishi kuzatiladi. Biroq, elektr yoyi erish elementi suyuq holatga o‘tishidan oldinroq paydo bo‘l^di. Ko‘ndalang kesimi taralgan bo‘yinda QT boshlangandan to yoy paydo bo'lishigacha o‘tadigan vaqtni keskin kamaytirish imkonini beradi. Yoy so‘nishi QT toki o'rnatilgan (hatto amplitudaviy) qiymatga qadar o‘zgarishdan oldinroq ro‘y beradi. Yoy QT dan so‘ng / vaqtda hosil bo‘ladi. Bunda zanjir toki o‘rnatiladigan tok qiymatidan ancha kichik ' (4-rasm).
Yoy so‘ndirgich vositalar uni milli soniyalarda o'chirish imkonini beradi. Bunda, 4-rasmda ko‘rsatilgandek, tok cheklash samarasi
4-rasm. Tokni cheklovchi saqlagichning o‘zgaruvchan va 6‘zgarmas toklarni uzish tavsiflari.
namoyon bo‘ladi. Shikastlangan zanjir tokini cheklab uzish yoyning so‘nishiga olib keladi, chunki bunda QT tokining o‘rnatilgan qiymati emas, balki erish elementining erish vaqti orqali aniqlangan tok o‘chi- riladi. Bunda QT toki /ochjr gacha cheklanadi (4-rasm). Nominal tok o‘sishi bilan, tabiiyki, erish elementining ko‘ndalang kesim yuzasi ham orta boshlaydi. Bu yuzaning ortishi erish vaqtini cho‘zadi va tokning cheklash samarasi pasayadi. Nominal rejimda eruvchi ele- mentdan issiqlikning jadal uzatilishi elementning ko‘ndalang kesim yuzini kamaytirishga va tok cheklash samarasini oshirishga olib keladi
1-jadval
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|