|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|
bet | 67/104 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #113156 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.org3.Qisqa tutashtirgichlar
Qisqa tutashtirgich-elektr zanjirida sun’iy qisqa tutashuv hosil qilish uchun moijallangan kommutatsion asbob-uskunadir. Qisqa tutashtirgichlar podstan- siyalarning soddalashtirilgan sxemalarida shikastlangan transformatorlarni ta’minlovchi liniyaning himoyasi orqali uzishni tashkil etish uchun sun’iy qisqa tutashuv hosil qilib beradi. 35 kV li qurilmalarda qisqa tutashtirgichlar 2 ta qutbli qilib bajariladi, bunda sun’iy 2 fazali qisqa tutashuv hosil qilinadi, 110 kV va undan yuqori kuchlanishlarda qisqa tutashtirgichlar bitta qutbli bofladi.
Qisqa tutashtirgich yurit- masining prujinasi bo‘lib, u yerga ulangan pichoqlarni kuchlanish ostidagi qo‘zg‘almas kontaktga ulashni ta’minlab beradi. Yurit- maning ishlashi uchun impuls rele himoyasidan beriladi, uzish qo‘lda bajariladi. Qisqa tutashtirgichni ulash paytida yoy hosil bo‘lishini oldini olish maqsadida pichoqlarni yuqori harakat tezligini ta’minlab berish zarur. Mavjud tuzilmalarda qisqa tutashtirgichlaming ulanish vaqti 0,12—0,25 daqiqani tashkil etadi.
KZ-35 tipidagi qisqa tutash- tirgichning tuzilishi 2-rasmda ko‘rsatilgan. Qisqa tutash-tirgich- lar yuritmasi, kuchlanish ostida bo‘lgan qo‘zg‘almas kontaktga yerga tutashtirilgan pichoqning ulan- ishini ta’minlaydigan prujinaga ega. Yuritmaning ishlashi uchun rele muhofazasidan impuls beriladi. Uzish qo‘lda bajariladi. Qisqa tutashtirgichni ulashda yoy hosil
bo‘lishini va asbob-uskunalaming buzilishining oldini olish uchun, pichoqning katta tezlikda harakatlanishini ta’minlash kerak. Hozir ishlatilayotgan tuzilishdagi qisqa tutashtirgichlaming ulash vaqti 0,4—0,5 s ni tashkil etadi. Ulashni tezlatish uchun pichoqqa harakatning poroxli zaryadning portlash kuchini beradigan konstruksiyali qisqa tutashtirgichlar ham mavjud.
1- r a s m. KZ-35 qisqa tutashtirgichi:
1—pichoq; 2—qo‘zg‘almas kontakt; 3—izolator; 4—yerga tutashtirgich shinasi; 5—rama.
4. Uzgichlar
Uzgich tashqi ko'rinishi jihatidan ajratgichdan farq qilmaydi, lekin unda uzish uchun prujinali yuritmasi bor. Uzgichni ulash qo‘lda bajariladi. Uzgichlar, ajratgichlar singari, bir yoki ikki tomondan yerga tutashtiruvchi pichoqlarga ega bo‘lishi mumkin. Mavjud OD tuzilishdagi uzgichlarning kamchiligi bo‘lib, ularni uzish vaq- tining juda kattaligi hisoblanadi (0.5—1 s ).
2 - r a s m. Uzgich va qisqa tutashtirgichlarning ulanish sxemalari: a—110 kV va undan yuqori qurilmalarda; b—35 kV U qurilmalarda.
Uzgichlar toksizlangan zanjirni yoki transformatorning magnitlovchi tokini uzishi mumkin, biroq qisqa tutashtirgichning ishga tushishidan hosil bo‘lgan qisqa
tutashuv tokini uzishi mumkin emas, shu sababli OD va KZ boshqarish sxemala- rida blokirovka mavjud boTib, u qisqa tutashtirgich zanjiri (2-rasm) ga o‘rnatilgan tok transformatori TT orqali tok o‘tganda uzgichni uzishiga imkon bermaydi.
Ochiq tuzilishdagi uzgich va qisqa tutashtirgichlar noqulay ob-havo sha- roitlarida (sovuq, muzlash) yetarli dara- jada ishonchli ishlamaydi. Bu tuzilishlar o‘rniga elegaz bilan to‘ldirilgan, yopiq ka- merada joylashgan kontakt tizimli uzgich va qisqa tutashtirgichlar ishlab chiqarilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qashqadaryo viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish xududiy boshqarmasi dehqonobod tuman 1-son kasb-hunar maktabi
|