|
Ajratgichiar va yuklama uzgichlarni montaj qilish
|
bet | 66/104 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 0,62 Mb. | | #113156 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-hozir.orgAjratgichiar va yuklama uzgichlarni montaj qilish
Reja:
1. Ajratgichiar
2. Avtomatik ajratgichiar
3.Qisqa tutashtirgichlar
4. Uzgichlar
5.Saqlagichlar
1. Ajratgichiar .Ajratgich bu elektr zanjirlarini toksiz yoki kichikroq tok bilan uzishga mo'ljal- langan va sxemalarda ko‘rinadigan oraliq hosil qilish uchun xizmat qiladigan kom- mutatsion asbob-uskunadir.
Ajratgichiar bilan yuklama toklarini uzib bo‘lmaydi, chunki ularda yoy so‘ndiruvchi qurilmalar yo‘q va yuklama toklarini yanglish uzish turg‘un qisqa tutashuv hosil bo‘lishiga olib keladi.
Biroq sxemalarni soddalashtirish maqsadida ajratgichiar bilan quyidagi operat- siyalami bajarishga ruxsat etiladi:
1. transformator neytrallarini va yerga ulovchi reaktorlarni uzish va ulash;
2. shinalar va barcha kuchlanish jihozlarining zaryad toklarini uzish;
3. yuklama toklarini 15 A gacha 10 kV va undan past kuchlanishlarda uch qut- bli ajratgichiar yordamida uzish va ulash.
Ajratgichiar bilan uziladigan tokning qiymati uning tuzilishiga, qutblar orasida- gi masofaga, qurilmalaming nominal kuchlanishlariga bog‘liq. Shuning uchun bun- day ishlami maxsus yo‘riqnomalar orqali amalga oshiriladi.
Ajratgichlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:
4. havoda ko‘rinarli oraliq hosil qilish;
5. qisqa tutashuv toklariga elektr dinamik va termik chidamlilikka ega bo‘lishi;
6. o‘z holicha uzilishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
7. og‘ir sharoitlarda ham (qor, muzlama, shamol) uzish va ulash ishlarini aniq bajarish.
Ajratgichiar qutblar soni bo‘yicha — bir va uch qutbli, o‘rnatilishi bo‘yi- cha — ichkariga va tashqariga o‘rnatiladigan, tuzilishi bo‘yicha — pichoqlari ver- tikal kesuvchi, gorizontal buriluvchi, dumalovchi, pantografik va osma turda ishlab chiqariladi.
2.Avtomatik ajratgichiar
Avtomatik ajratgich tuzilishi jihatdan ajratgichdan deyarli farq qilmaydi, faqat unda uzish uchun prujinali yuritmasi bo‘ladi. Avtomatik ajratgichni ulanishi qo‘lda bajariladi. Ular toksiz pauza vaqtida kuchlanishsiz zanjirlarni va transformatorlami magnitlash toklarini uzish uchun xizmat qiladi.
Taqsimlash qurilmalarida ajratgichlardan yuklama o‘chirgichi yordamida uzib qo‘yilgandan so‘ng qurilmaning (shinalar yoki biror bir asbob-uskunaning) ayrim qismlarini ajratib qo'yishda foydalaniladi.
Taqsimlash qurilmalarining elektr zanjirlarida o‘rnatilgan ajratgichiar elektr uskunalarini butun uskunalarining ishini to‘xtatmasdan ta’mirlashga imkon beradi.
Bundan tashqari, ko‘pgina taqsimlash qurilmalarida ajratgichlardan yuklamani uzmasdan operativ qayta ulashlar, masalan, zanjirlarni taqsimlash qurilmasining bitta bosh shina tizimidan ikkinchisiga o‘tkazish uchun ham foydalaniladi. Shu bilan birga elektr yoyi hosil bo‘lish ehtimoli bo‘lgan tok zanjirini uzilmasligi ke rak.
Ayrim hollarda ajratgichlardan o‘chirgichlar sifatida ham foydalaniladi. Ajratgich bilan yuklama toki uzish vaqtida uncha katta yoy hosil qilmaydigan zan-
jirlamigina uzish mumkindir. Masalan, ajratgichlar yordamida kuchlanish o‘lcho\ transformatorlari va kuch transformatorlarini (yuklama bo‘lmaganda) uzish mumkin, shu bilan birga 10 kV gacha moljallangan qurilmalardagi kuch transfor- matorlarining quwati 750 kVA, 35 kV gacha mo‘ljallangan qurilmalardagi kuch transformatorlarining quwati 25000 kVA, 110 kV gacha mofljallangan qurilmalardagi kuch transformatorlarning quwati esa 32000 kVA dan oshmasligi kerak. 35 kV va undan ortiq kuchlanishli qurilmalarda transformatorlarni uzish uchun ajratgichlar gorizontal holatda qutblari orasidagi masofani biroz uzaytirib o‘rnatila- di. Ajratgichlar o‘zining o‘matiladigan joyiga ko‘ra bino ichida va tashqarisida o‘matiladigan qutblar soniga qarab bir va uch qutbli, pichoqlarining joylashishi va harakat yo‘nalishiga qarab — vertikal-buralma, gorizontal-buralma hamda tiqilma (shtepselli) qilib chiqariladi.
Bino ichida o‘rnatiladigan uch qutbli va bir qutbli ajratgichlarda bir-birini orasi- ga kiruvchi kontaktlar bofladi. Bu kontaktlarning pichoqlari izolatorlar o‘qi te- kisligida vertikal harakatlanadi. Bino ichida o‘matiladigan uch qutbli ajratgichlar RV (разъединительвнутренний) harflari bilan, bir qutbli ajratgichlar esa RYO (разъединителивнутренние, однополюсные) harflari bilan belgilanadi.
RV va RVO ajratgichlari 6 va 10 kV kuchlanishga va 400, 600, 1000 A nominal tokka mo‘ljallab chiqariladi.
Tqshqarida o‘rnatiladigan ajratgichlarning konstruksiyasida ularning ochiq havoda ishlash sharoiti nazarda tutiladi: ajratgichlarning kontakt tizimlari shunday bajarilganki, kontakt tizimi yetarli darajada mexanik barqarorlikka ega bo‘lib, yurit- maga uncha kuch sarf qilmasdan va izolatorlarga katta yuklama berilmasdan kontaktlarning ajraluvchi va ajratgichlarning ishqalanuvchi qismlarida hosil boMadigan muzlarni sindirishga imkon beradi.
Tashqarida o‘rnatiladigan ajratgichlar korxonalarda alohida qutblar shaklida chiqarilib, o'matilayotgan joyida trubkasimon tortqilar vositasida birlashtirilib bitta uch qutbli asbob hosil qilinadi. Asbob umumiy yuritma bilan boshqariladi.
Pichoqlari vertikal harakat qiladigan RLN va RLNZ (yerga ulash pichoqlari bitta yoki ikkita boTgan tashqarida o‘matiladigan chiziq kontaktli ajratgichlari) tip- idagi ajratgichlar juda ko‘p qofllaniladi.
|
| |