2. Yopiq shinali o’tkazgichlarni montaj qilish
Yopiq shinali o’tkazgichlar olinmaydigan himoyalaydigan qutilari bor komplekt qurilmalardir. Ulardan korxonaning ishlab chiqarish tsexlarida turli xil elektr jihozlarini elektr bilan tahminlash uchun magistral va taqsimlovchi tok o’tkazuvchilari sifatida foydalaniladi. Magistral tok o’tkazuvchilar sifatida SHMA seriyali (alyuminiy shinalari bor magistral shinali o’tkazgich) shinali o’tkazgichlarning sektsiyalaridan, taqsimlovchilar sifatida–SHRA (alyuminiy shinalari bor taqsimlovchi shinali o’tkazgich) seriyadagi sektsiyalardan foydalaniladi.
O’zgaruvchan tokning sanoat elektr qurilmalari uchun SHMA seriyadagi (2–rasm) magistral shinali o’tkazgichlarning quyidagi asosiy turlari ishlab chiqariladi:
2–rasm. SHMA magistral shinali o’tkazgichlarning sektsiyalari:
a–uzunligi 3 m li to’g’ri, b–to’g’ri rostlanadigan uzunlik, v–uchtalik sektsiya, g–burchak sektsiya, d–to’g’ri tahminlaydigan quti bilan, ye–ikkita shinali sektsiyaning kesmasi, j–tarmoqlaydigan quti bilan, 1–bitta faza shinasi, 2–izolyator, 3–qayishqoq qistirma,
4–ustki qopqoq, 5–oboyma, 6–erga ulash bolti, 7–yon qopqoq, 8–shinalar orasidagi izolyatsion to’siq, 9–tayanch konstrkutsiyasiga shinali o’tkazgichni mahkamlash uchun burchaklik.
SHMA–normal muhitli xonalarda joylashgan elektr qurilmalari uchun.
SHMAX–agressiv muhitli xonalarda joylashgan elektr qurilmalari uchun.
SHMA shinali o’tkazgichlari to’g’ri sektsiyalar (2–rasm, a), to’g’ri rostlanadigan (2–rasm, b), uch yoqqa tarmoqlanadigan (2–rasm, v) va burchak sektsiyalari (2–rasm, g) ko’rinishida tayyorlanadi. Magistralh shinali o’tkazgichga tok kirishi simli qutisi bor sektsiyasi orqali olib kelinadi (2–rasm, d).
Katta ish tokiga (25004000 A) mo’ljallangan SHMA shinali o’tkazgichlar qutb fazaga qo’shshina (2–rasm, ye) bilan tayyorlanadi. Magistralh sektsiya shinalarida tarmoqlash uchun shinalari bor KO–SHMA tarmoqlash qutilari (2–rasm, j) ishlatiladi. Quti shinalarining bir uchi magistralh shinalarga kavsharlanadi, boshqa uchiga elektr jihozlariga boradigan shinalar yoki kabellar tutashtiriladi.
SHMA shinali o’tkazgichlarning sektsiyalarida shinalar qobirg’asiga o’rnatiladi, bu montaj qilish da shinalarni uchma–uch tutashtirish va ularning sovutilish jarayonini yaxshilash uchun kata qulaylik tug’diradi. SHinali o’tkazgichlarning har bir sektsiyasi uchta, to’rtta va oltita (ikki qo’shaloqdan uchta) LSE oyna matosi bilan izolyatsiyalangan alyuminiy shinalardan tuziladi.
Ishlatish jarayonida shinalar ish toki tahsirida qiziydi, uzayadi, agar kompensatsiyalovchi qurilmalar bo’lmasa, bu ko’p hollarda xavfli natijalarga, jumladan, payvandlab ulangan joylar yoki izolyatsiyalovchi elementlarning buzilishiga, uzunligi ortgan shina bukilganda qisqa tutashuvga va buning natijasida turli fazalarga tegishli shinalar orasidagi normallashtirilgan masofalarning buzilishiga olib kelishi mumkin. SHinalarning harorat tahsirida uzayishini to’g’ri rostlanadigan sektsiyalarda montaj qilinadigan kompensatorlar qabul qilinadi.
Ishlab chiqarish xonalarining qurilmalarida elektr energiyasi taqsimlovchi shinali o’tkazgichlar (SHRA) yordamida taqsimlanadi, ular o’lchamlari 30x4; 50x5; yoki 60x6 mm li (mos holda 250, 400 va 600 A toklarga mo’ljallangan) quti ichiga mahkamlangan maxsus chinni izolyatorlarda qobirg’aga o’rnatilgan yalang’och shinalardan iborat. Taqsimlovchi shinali o’tkazgichlarning shinalari izolyatorlarda bikr mahkamlangan, bu harorat tahsiridan shinalarning uzunligi o’zgarganda qutining o’qi bo’yicha shinaning erkin siljishiga imkon beradi. SHinadan chiqadigan liniyalarni tutashtirish uchun ularda shtepselg’ qurilmasi bor, shuning uchun bunday shinali o’tkazgichlar ham deyiladi.
SHinali o’tkazgichlar gorizontal yoki vertikal tarzda yotqiziladi.
SHinali o’tkazgichni montaj qilish dan oldin har bir sektsiyaning komplektliligi va holati, montaj qilish uchun qurilish qismining va tayanch tuzilmalarning tayyorligi tekshirilishi lozim.
SHinali o’tkazgichlar, odatda ikki bosqichda montaj qilinadi. Birinchi bosqichda tayanch tuzilmalar o’rnatiladigan joylar belgilab olinadi, bu konstuktsiyalar devorlarga, kolonnalarga va h.k.larga o’rnatiladi va elektr o’tkazgichlarning trubali kommunikatsiyalari yotqiziladi. Ikkinchi bosqichda tayanch tuzilmalarda shinali o’tkazgichning sektsiyalari o’rnatiladi va mahkamlanadi, shinalarga tahminlovchi va chiqib ketuvchi liniyalar tutashtiriladi.
SHinali o’tkazgichlar devorlar, kolonnalar, temir–beton va metal fermalar, shuningdek ustunlar bo’ylab kronshteynlarda yotqiziladi.
SHinalarni standart balandligi 3 m bo’lgan K882 markali ustunlarda yotqizish, montaj qilish va ishlatish eng qulay hisoblanadi. Ustunlar orasidagi masofa 3 m dan ortiq bo’lmasligi lozim. Agar magistral shinali o’tkazgichda sektsiyali ajratgich bo’lsa, u ustunda shturvalining o’q chizig’i ustunning o’q chizig’iga mos tushadigan qilib o’rnatilishi kerak. Kompensatorli sektsiyalar mumkin qadar ustunga yaqinlashtirilishi lozim. Ustundan kompensatorli sektsiyagacha bo’lgan masofa 1200 mm dan katta bo’lmasligi zarur.
SHinali o’tkazgichlarni devorlar va kolonnalarda gorizontal holatda yotqizishda K881 tipidagi shtamplangan kronshteynlardan foydalaniladi. Uning ustunlari devorlar yoki kolonnalarda shunday o’rnatiladiki, ularning tokchalari gorizontal holda bo’lsin.
SHinali o’tkazgichlarni chiqib turgan kolonnalari mavjud bo’lgan devorlar yuzasidan o’tkazishda chiqib turgan kolonnalari rasmiy kronshteynlar, devorlarga esa–talab qilinadigan masofaga cho’ziladigan ulanmali kronshteynlar o’rnatiladi.
Temir–beton fermalar joylashgan xonalarda shinali o’tkazgichlar qismlarga ajraladigan K883 tipidagi (3–rasm, v) kronshteynlarda fermalarning pastki belbog’ida o’tkaziladi. Pastki traversali kronshteyn (shinali o’tkazgichning sektsiyasini mahkamlash uchun xizmat qiladigan) temir–beton fermaga ustunlar va uzun shpil’kalar yordamida mahkamlanadi.
3–rasm. SHMA magistral shinali o’tkazgichlarni mahkamlash uchun tayanch konstruktsiyalar:
a–K882 polda o’rnatiladigan ustun, b–K881 devorga o’rnatiladigan kronshteyn, v–shinali o’tkazgichlarni temir–beton fermada mahkamlash uchun K883 kronshteyni, 1–tortadigan shpil’kalar, 2–joyi o’zgartiriladigan ustuncha, 3–kronshteyn traversasi.
SHinali o’tkazgichlarni devorlarda vertikal yotqizish uchun tayanch tuzilmalar sifatida panjalar payvandlangan tokchalardan foydalaniladi. Tokchalar PTS52–1 porshenli to’pponcha yoki SMP–3M qurilish–montaj to’pponchasi bilan otiladigan dyubellar vositasida mahkamlanadi. SHinali o’tkazgichning sektsiyalari tayanch konstuktsiyalarning tokchalariga o’rnatiladi va bolg’tlar bilan mahkamlanadi, bolg’tlar uchun tokchalar va sektsiyalarning qutilari flanetslarida oldindan teshiklar teshiladi.
Magistralh shinali o’tkazgichlarni montaj qilish ning keng tarqalgan usullaridan biri ularni tortgichlari bor trosslarga osishdir. Montaj qilish oddiyligi va shinali o’tkazgichni ishlab chiqarish xonasining foydali maydonidan tashqarida yotqizilishi bu usulning afzalligi hisoblanadi. Agar magistralh kolonnalar bo’ylab joylashtirilgan bo’lsa, unda kombinatsiyalashtirilgan mahkamlashdan foydalaniladi: kolonnalarda kronshteynlar, kolonnalar orasida esa–trossli osmalar o’rnatiladi. Trossli osmalar ishlatilganda sektsiyalar har 3 m da mahkamlanadi.
Turli ko’rinishda yotqizilgan shinali o’tkazgichlarning sektsiyalari bir bolg’tli qisqich bilan biriktiriladi (4–rasm, a,b). Bunda shinalarning uchlarini ulardagi teshiklar bir–biriga to’g’ri keladigan qilib yaqinlashtiriladi. Bu teshiklarga izolyatsiyalovchi naycha 11 qo’yiladi va ularga plastmassadan tayyorlangan disksimon izolyatorlar kiygiziladi. Keyin uzun shpil’ka 3 qo’yiladi, alyuminiy shayba 8, po’lat shaybalar 9 kiygiziladi va tarelkasimon prujina 10 qo’yiladi, undan keyin shpil’ka gaykasi burab birikma yaxshilab tortib mahkamlanadi.
4–rasm. Bir boltli qisqich bilan ulangan SHMA shinali o’tkazgichlar sektsiyalari:
a–kesimi, b–umumiy ko’rinishi, 1–tok o’tkazuvchi shinalar, 2–erga ulanadigan shina,
3–tortuvchi shpil’ka, 4–shplint, 5–izolyatsiyalaydigan vtulkalar, 6–disksimon izolyatorlar, 7–shinalar orasidagi qistirma, 8–alyuminiyli shayba, 9–po’lat shayba,
10–izolyatsiyalaydigan naycha.
Tayyorlovchi zavodlar chegaralangan miqdorda beradigan bir bolg’tli qisqichlar bilan shinalarning 30–35% nigina tutashtiriladi, shuning uchun montaj qilish da amalda shinali o’tkazgichlarni biriktirish ishining bir qismi payvandlab bajariladi. Alyuminiy shinalarni payvandlashdan oldin latta bilan artiladi va oksid plyonkalari po’lat cho’tka bilan yaxshilab tozalab tashlanadi, keyin maxsus konstruktsiyaga o’rnatiladi va biriktiriladigan shinalarning uchlari yupqa qatlam AF–4A flyusi surtib payvandlashga kirishiladi. Ko’mir elektrod bilan payvandlanadi va ayni vaqtda shu elektrod bilan tutashtiriladigan shinalarning ikkala uchi suyuqlantiriladi. Payvndlashda qo’shimcha suyuqlantiriladigan alyuminiy chiviq ishlatiladi, uni yoy oldida harakatlantirib, u bilan suyuqlantirilgan metall doim aralashtirib turiladi. Qo’shimcha suyuqlantiriladigan chiviqqa 65% 8F–2A flyusi va 35% kriolitdan iborat qorishma surtiladi.
Payvandlash tamom bo’lgandan va birikma sovigandan keyin temir cho’tka bilan tozalanadi, atsetonda xo’langan latta bilan artib yog’sizlantiriladi, keyin kamida 0,5 mm qalinlikda K–115 epoksid qatlami surtib izolyatsiyalanadi. Kompaund 8 soat aralashib ikki marta cho’tka bilan surtiladi. Epoksid kompaundi shinalarning faqat birikkan qismlarinigina emas, balki shisha–mato izolyatsiyasini kamida 10 mm uzunlikda to’la qoplashi kerak, shunda shinali o’tkazgichning hammasi teng elektr pishiqlikka ega bo’ladi. Izolyatsiyalash ishlari xonaning harorati 50S dan past bo’lmaganda olib borilishi mumkin.
Montaj qilish tamom bo’lgandan keyin yiyilgan shinali o’tkazgichning sifati tekshiriladi (tanyach tuzilishlarining mahkamlanish pishiqligi; shinalarning ulangan joylarida bolg’tlarning tortilish darajasi, shinalarning ulangan joylarida bolg’tlarning tortilish daprajasi, shinalarning payvanlangan birikmalari, shinalar va ularning tutashgan qismlarining izolyatsiya bilan qoplanganligi) va uning izolyatsiyasi qorshiligi sinab ko’riladi. “Elektr qurilmalarining tuzilishi qoidalari”(PUE) ga binoan shinalar izolyatsiyasining qarshiligi 0,5 MoM dan kam bo’lmasligi lozim. SHinalar izolyatsiyasining qarshiligi kuchlanishi 2500 V li megaommetr bilan tekshiriladi.
SHinali o’tkazgichlarning izolyatsiyasini sinashda tarmoqlash qutilari olingan bo’lishi, tahminlovchi simlar qutilarining va yashiklarning uzgichlari uzilgan holda bo’lishi lozim, chunki shinali o’tkazgichlarning bu elementlari boshqa normalar bilan va sozlash ishlari jarayonida sinaladi.
5–rasm. Bir boltli qisqich bilan ulangan SHMA shinali o’tkazgichlar sektsiyalari:
a–kesimi, b–umumiy ko’rinishi, 1–tok o’tkazuvchi shinalar, 2–erga ulanadigan shina, 3–tortuvchi shpil’ka, 4–shplint, 5–izolyatsiyalaydigan vtulkalar, 6–disksimon izolyatorlar, 7–shinalar orasidagi qistirmsa, 8–alyuminiyli shayba, 9–po’lat shayba, 10–izolyatsiyalaydigan naycha.
TSex ichidagi komplekt transformator podstantsiyasidan tahminlanadigan SHMA va SHRA shinali o’tkazgichlari bilan montaj qilingan tsex ichidagi magistralh va taqsimlovchi tok o’tkazgichlar 5–rasmda ko’rsatilgan.
Mavzu:SHinali o’tkazgichlarni montaj qilishga .
Reja:
|