1-rasm. Armaturasi tashqaridan ishlangan tayanch izolatori:
/ — armaturalangan yuqori qopqoq; 2, 5 — sement-qumli bog'lagich; 3 — chinni tana; 4 — ajratkich; 5 — ushlagich; 6 — asos.
ichki kovak bo‘lib, uning ichiga namlik kirish ehtimoli borligida. Natijada ichki regulator hosil bo‘lib, qo‘shimcha energiya isrofi paydo bodishi va radio shovqinlar o‘chog‘iga yo‘l ochilishi tufayli konstruksiyaning nurash xavfi yuzaga chiqishi mumkin.
2 -rasm. Armaturasi ichidan ishlangan tayanch izolatori
Bu kamchiliklarni yo‘qotish maq- sadida armatura yuzasini berkitish konstruksiyasi paydo boddi (2-rasm). Bunday izolatorlarning yaxshiligi — ular balandligining kamligi va shu tufayli каsh material sarflanishi. Biroq bunday izolatorlarni katta mexanik kuchlarga tayyorlash anchagina qiyin.
Izolator konstruksiyasida kom- binatsiyalashgan ishlovli variant is- tiqbolli hisoblanadi. Bunda yuqori armatura ichida berkitilgan, pastkisi — tashqaridan berkitilgan (3-rasm). Bunda yon tomon qovurg‘ali bodadi (4-rasm) va boshqalardan keraksiz tok uchun yod uzunligi bilan farq- lanadi. Izolatorning bu varianti nam- garchilik katta bodgan sharoitlarga juda mos keladi.
3-rasm. Armaturasi kombinatsiyali ishlangan tayanch izolatori
Izolatorlarning ishlash muddati ishdan chiqish zichligi 6—10~7 C_1 [1.13] bodganda 20 yilga teng.
Ichki qurilmalardagi o‘tuvchi izolatorlar tok odkazuvchilarni izo- latsiyalash uchun elektr stansiyalari, nimstansiyalar komplekt qurilma va transformatorlar nimstansiyasi taqsim- lovchi qurilmalarida ishlatiladi Foy- dalanish jarayonida oduvchi izolatorga QT davridagi element, issiqlik, mexanik yuklamalar ta’sir ko‘rsatadi. Xuddi shunday ta’sirlar uzoq vaqt davomida oduvchi nominal tok
4-rasm. Yon qovurg‘ali armaturasi kombinatsiyali ishlangan tayanch izolatori.
o’tganda ham ro‘y beradi. Tok transformatorlarida o‘tuvchi chinnidan yasalgan izolatorlar ichiga joylashgan birlamchi chulg‘amni ikkilamchi chulg‘amdan izolatsiyalash uchun xizmat qiladi.
0‘tuvchi armaturalangan chinni izolatorlarni bino ichida qo'llash GOST 22229—76 E (umumiy texnik shartlar) va GOST 20454— 79 (asosiy parametrlar va o‘lchamlar) bilan tavsiyalangan bo‘lib, quyidagi nominal kuchlanishlar va toklarga mo‘ljallab chiqariladi: 6, 10, 35 kV, 400, 630, 1000, 1600, 2000, 3200, 4000, 5000, 6300, 8000, 10000, 16000, 25000 A. Shuningdek, bunda sindirishga sa- bab bo‘luvchi yuklamaning quyidagi minimal qiymatlari ham be- rilgan: 375, 500t 750, 1000, 1500, 2000, 3000, 4250.
0‘tuvchi izolatorlar toki 2000 A dan oshsa, tok o‘tkazuvchisiz qilib yasaladi va kovakdan shina yoki aylana yuzali o‘tkazgichlar o‘tkaziladi (5-rasm).
Izolatorni tanlashda dastawal sindiruvchi kuchni hosil qiladigan minimal yuklamani hisobga olish lozim, hamda statik va dinamik yuklamalarni ifodalovchi zaxira koeffitsiyentini ham ko‘zda tutish kerak. Yuqori kuchlanishli apparatlarga izolatorlar ishlash puxtaligi bo‘yicha talablarga javob beradigan mavjud turlardan tanlanadi. Bunda albatta ishchi kuchlanishning uzoq vaqt ta’siri, momaqaldiroq va kommutatsiyali o‘ta kuchlanish, mexanik yuklamaning foydalanishga ta’siri va boshqalar hisobga olinishi kerak.
Izolatorlar tayyorlash uchun materiallar. Izolatorlarni tayyorlash uchun qo'llaniladigan materiallardan eng keng tarqalgani — bu maxsus sopol material — elektr texnik chinnidir. U oq rangda bo‘lib, termik ishlov berish orqali yasaladi. Chinni massa plastik loy material bo‘lib,
5-rasm. 10 kV taqsimlagich qurilmaning o‘tuvchi izolatori.
kaolin (45—50%), kvars (15—20%) chinni qorishma (8% gacha), dala shpati (30—35%)'dan tashkil topgan. Termik ishlov davrida xoma- shyolar murakkab fizik va mexanik jarayonlar tufayli yangi kristall va shishalar birikmasi natijasida yangi modda (mullit, korund va boshqalar) hosil bo‘ladi va uchinni pishiqligi hamda kichik liniyali harorat uzayish koeffitsiyentiga ega bo‘ladi. Ishlov davrida dala shpati va kvars aralashmasidan hosil boiadigan shisha chinniga elektr pishiqligi va gigroskopiyasizlikni beradi. Elektr va mexanik tavsiflarni yaxshilash maqsadida izolator yuzasi glazur bilan yupqa qoplanadi. Chinni asboblarni qattiq qizdirilganda uning yuzidagi glazur eriydi, natijada u yuza bo'ylab bir xilda surkaladi. Bu yuza nurlanishni pasaytiradi, to- zalash osonlashadi. Glazur tayyorlash izolatorning elektr va mexanik xususiyatlari yaxshilanadi. Xuddi shunday xususiyatlarga dala shpati miqdorini kamaytirib, qo'shimcha material-glinozem (AI203) qo‘shish bilan ham erishish mumkin. Keramik elektr texnik materiallar tasnifi GOST 20419—83 da keltirilgan.
Keyingi vaqtlarda yuqori kuchlanish apparatlarida o'zakli shisha plastinkali, diametri 10—30 mm bo‘lgan trekich qoplamali izolatorlar qo'llanilmoqda.
Istiqbolli yo‘nalishlardan yana biri — izolator va izolatsiyali konstruksiyalarni quyma izolatsiya orqali yaratishdir. Bunda izolatorlar soddalashadi, o‘lchamlari va vazni kamayadi, narxi arzonlashadi. Hozir bu toifada keng tarqalgan izolator — epoksid smolali izolatordir.
|