• Axborotlarni taqdim etish shakllari: uzluksiz va diskret axborotlar.
  • Axborotlarni o‘lchash. Axborotni kodlash. Axborotni komputer xotirasida tasvirlanishi




    Download 18,42 Kb.
    bet3/5
    Sana25.01.2024
    Hajmi18,42 Kb.
    #145671
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mustaqil ish mavzu Sonlarni qo’zg’almas va qo’zg’aluvchi vergul-fayllar.org (1)
    British Literature, 1655215678, Yarimo`tkazgichli lazerlar xarakteristikalarini o’rganish, telemeditsina kitob 1 ( 663 varoq), 60236506.a4, Islom Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q, ZDTF12014, 4-ma\'ruza (MS-DOS, Windows, Mac, Linux, Unix, IOS), Biotexnologiya va Ekologiya muammolari fani bo’yicha yakuniy naz-fayllar.org, 17−ma’ruza Funksiyaning tekis uzluksizligi Kantor teoremasi fayllar, @uqituvchiga hujjat Chet tili fanlar metodbirlashmasi ish rejasi, Kompozit-materiallar-turlari., 1 лаб.раб.химия, portal.guldu.uz-6-amaliy mavzu
    Axborotlarni o‘lchash. Axborotni kodlash. Axborotni komputer xotirasida tasvirlanishi.
    Axborot – yaratuvchisi doirasida qolib kеtmagan va xabarga aylangan, bilimlar noaniqligi, to’liqsizligi darajasini kamaytiradigan hamda og’zaki, yozma yoki boshqa usullar (shartli signallar, tеxnik vositalar, hisoblash vositalari va hokazo) orqali ifodalash mumkin bo’lgan atrof-muhit (ob'еktlar, voqеa-hodisalar) to’g’risidagi ma'lumotlardir.
    Mazkur yo’nalishda quyidagilar muhim sanaladi:
    - axborot – bu har qanday ma'lumot emas, balki u mavjud noaniqliklarni kamaytiruvchi yangi bir ma'lumotdir;
    - axborot uni yaratuvchidan tashqarida mavjud bo’ladi, u o’z yaratuvchisidan uzoqlashgan, inson tafakkurida aks etgan bilimdir;
    - axborot xabarga aylanadi, chunki u bеlgilar ko’rinishida ma'lum bir tilda ifodalangan;
    - xabar moddiy tashuvchiga yozib qo’yilishi mumkin ma’lumot (xabar axborotni uzatish shaklidir).
    Axborotlarni taqdim etish shakllari: uzluksiz va diskret axborotlar.
    Inson borliqning bir qismi bo’lgani uchun doimo borliqning ta’sirini sezib turadi. Bu ta’sirni turli signallar (tovush, yorug’lik, elektromagnit, nerv va hokazo) ko’rinishida qabul qilamiz. Insonga uzluksiz ta’sir etib turuvchi axborotlarni analog axborotlar deb ataladi. inson axborotlarni qayta ishlash uchun uni uzlukli ko'rinishga o'tkazar ekan. Axborotlarning bu kabi uzlukli ko'rinishi diskret axborotlar deb ataladi. Diskret axborotlardan eng ko‘p tarqalgani raqamli axborotlardir, ya’ni uzluksiz axborotning raqamlar orqali ifodalangan ko‘rinishidir. Analog signallar bilan ishlaydigan qurilmalar analog qurilmalar, raqamli axborotlar bilan ishlaydigan qurilmalar raqamli qurilmalar deb ataladi. Analog qurilmalarga televizor, telefon, radio, fotoapparat, videokamerani, raqamli qurilmalarga — shaxsiy kompyuter, raqamli telefon, raqamli fotoapparat, raqamli videokamerani misol qilish mumkin. Ob-havo holati yoki vaqt uzluksiz axborotga misol bo’ladi. Axborotdan hayot faoliyatida foydalana olish uchun, asosan, quyidagi uchta muhim xususiyatga ega bo'lish lozim:
    1. Qimmatli


    2. Toliqlik


    3. Ishonchli


    Axborotlar turli xil vositalarda, masalan, kitoblarda, gazetalarda, magnitli tasmalarda, kompyuterlarning esa maxsus vositalarida saqlanadi. Ular axborot tashuvchi vositalar deb ataladi.

    Axborot tashuvchi ba’zi vositalar.

    Inson uchun axborotlarni to'plashda uning barcha sezgi a'zolari xizmat qiladi, uzoq masofadagi axborotlarni to'plash uchun esa bu yetarli emas - buning uchun maxsus texnik vositalar talab qilinadi. Shuning uchun ham azaldan axborotlar ustida bajariladigan asosiy amallar - ularni to'plash, qayta ishlash va uzatish amallarini bajarish uchun insonning turli vositalarga bo'lgan ehtiyoji ortib borgan va shunga ko'ra har xil uskunalar yaratib, hayotga tatbiq eta boshlagan. Axborotlarni qayta ishlash vositalari - bu inson tomonidan ishlab chiqarilgan turli qurilmalardir. Ular ichida eng asosiysi va samaradori kompyuterdir.


    Foydalanuvchi uchun axborotning muhim xaraktеristikalaridan biri - uning adеkvatligi hisoblanadi. Axborotning adеkvatligi - olingan axborot yordamida yaratilgan obraz (qiyofa)ning rеal ob'yеkt, jarayon, hodisa va shunga o’xshashlarga moslilik darajasidir. Axborotning adеkvatligi uchta shaklda ifodalanishi mumkin: sеmantik, sintaktik, pragmatik

    Download 18,42 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 18,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlarni o‘lchash. Axborotni kodlash. Axborotni komputer xotirasida tasvirlanishi

    Download 18,42 Kb.