• Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.
  • Tadqiqot natijalarining ishonchliligi
  • Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi.
  • Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi




    Download 422.66 Kb.
    bet3/5
    Sana29.05.2023
    Hajmi422.66 Kb.
    #66765
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Jurabek dis oxirgi var-конвертирован
    TEST, dakument 2, veb-kvest-tehnologiya, Kembrij, {teacherscom library} EFL Grade 4 Guess What SB, inklyuziv-ta-lim-va-yangicha-pedagogik-yondashuvlar, 8-мавзу маруза, Metodbirlashma matn, vystuplenie na mmo28.08.2018g. veb-kvestyryabova i a, 3-kurs 2-ОТ амалиёт дафтари, 11 sinf Ingliz tili imtihon javoblari 2023 Английский язык 11 класс, Ta’lim jarayonini takomillashtirishga yo‘naltirilgan raqamli texnologiyalardan, Axborot, Academy Stars 1 WB www.frenglish.ru
    Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. Tadqiqot ishi nazariy xarakterga ega. Ammo shunga qaramasdan olingan natijalar suyuqliklarning suzilishi ro‘y beradigan neft va gaz qazib olish, gidrologiya va boshqa sohalarda jarayonlarni sifatiy va miqdoriy tahlil qilishda foydalanilishi mumkin.
    Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati. Cho‘kma hosil bo‘lishi bilan suspenziyalarni suzilishida cho‘kma konsolidasiyasining nochiziqli, eksponensial qonuniyatlari hamda konvektiv hadni hisobga olgan holda modellar ishlab chiqilgan. Vaqtning oshishi bilan cho‘kma qalinligi tez ortib borishi ko‘rsatilgan. “Cho‘kma-filtr” chegarasi yaqinida konsolidasiyasining nochiziqli, eksponensial qonuniyatlari hisobga olgan holda vaqtining turli qiymatlarida cho‘kma qatlamida qattiq zarralar konsentratsiyalari profili olingan. Ma’lum bir fizikaviy shartlar uchun suzilish masalalari qo‘yilgan va ular sonli yechilgan.
    Tadqiqot natijalarining ishonchliligi. Ma‘lum fizikaviy shartlar uchun sizilishning gidrodinamik masalalarida ko‘p fazali sistemalar uchun saqlanishning fundamental qonunlari qo‘shimcha fenomenologik munosabatlar bilan birgalikda qo‘llanilgan. Bu esa ularning fizikaviy haqqoniyligini ta’minlaydi. Olingan nazariy natijalar ilgari ma’lum bo‘lgan natijalar bilan taqqoslangan. Olingan natijalarning xossalarining yaqinligi, hamda
    o‘zgarishlarining umumiy tendensiyalari ularning haqqoniyligidan dalolat beradi. Shuningdek, sonli metodlarni qo‘llashda approksimatsiyalashning zaruriy aniqliligiga amal qilinadi, sonli algoritmlar turg‘unligini ta’minlaydi. Bu esa natijalarning haqqoniyligini kafolatlaydi.
    Dissertatsiya tarkibining qisqacha tavsifi. Dissertatsiya kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat. Dissertatsiyaning hajmi betni tashkil etadi.
    1§. SUSPENSIYANING G’OVAK MUHITDA SIZISHI

    1. Suzilish jarayoning fizik asoslari

    Suspenziyalarning suzilish jarayoni turiga va intensivligiga ta‘sir ko‘rsatadigan eng muhim xususiyati bu qattiq fazaning kontsentratsiyasi bo‘lib, bu suspensiyadagi hajm yoki massa ulushi bilan ifodalanadi. Suspenziyadagi qattiq fazaning konsentratsiyasiga qarab filtrlash quyidagi turlari ajratiladi [1]:

    1. cho‘kma hosil bo‘ladiga suzilish

    2. filtr ichidagi g‘ovak muhitda cho‘kma hosil bo‘ladigan suzilish

    3. filtr ustida va ichida cho‘kma hosil bo‘ladigan suzilish.

    Suspenziya tarkibidagi qattiq zarralarning tusiq sirtida ushlanib qoladi va bundan jarayonlar chukma xosil buladigan suzilish deb nomlanadi. bunday jarayonlar chet el adabiyotlarida «cake filtration» deb nomlanadi.
    suspenziyadagi qattiq zarralar filtrlash tusiqlarining g’ovaklariga kirib boradi, ya’ni filtrlovchi tusiq sirtida chukma xosil qilmay, bunday jarayonlar g’ovak muxit g’ovakliklarini yopib qoladigan suzilish yoki «deep bed filtration» deb ataladi.
    Suspenziyalarning tarkibi suzilish jarayoni intensivligiga ta’sir qiladi. Suspenziyaning suyuq fazasi zichlik, yopishqoqlik va kimyoviy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Suspenziyaning qattiq fazasi esa qattiq zarralarning qattiqligi, zichligi, shakli, kattaligi va elektrokinematika xususiyatlari bilan ta’vsiflanadi.
    Suspenziyadagi suyuq fazaning zichligi asosan haroratga bog‘liq bo‘lib, harorat oshishi bilan kamayadi. Qattiq va suyuq fazalar zichligining farqiga qarab, suspenziyani u yoki bu tarzda ajratish maqsadga muvofiqligini baholash mumkin. Suyuq fazaning yopishqoqligi suyuqlik zarralarning nisbiy harakatlanishiga ta‘sir qiladigan kuchlarga qarshilik ko‘rsatish xususiyati beradi.
    Suspenziyalardagi qattiq zarracha kattaligi juda keng kolloid zarralardan (taxminan 0,1 mikron) to qo‘pol zarrachalar (100 mikrondan ortiq) diapazonda □‘zgarishi mumkin. Suspenziyadagi qattiq zarrachalarning shakli filtrlash qonuniyatlariga yetarlicha aniq ta’sir ko'rsatadi. Suspenziyadagi qattiq zarrachalarning shakli filtrlash qonuniyatlariga aniq ta'sir ko'rsatadi. Suspenziyadagi zarralarning shakli shar shaklidan qanchalik katta farq qilsa, suspenziya harakati davomida undagi zarrachalar shunchalik katta qarshilikga uchraydi. Bundan tashqari, o‘ta notekis shakldagi zarrachalar ma’lum bir gidravlik qarshilikdagi katta g‘ovaklikka ega cho‘kmani hosil qilishi mumkin.
    Suspenziyalarning suzilish jarayonida hosil bo‘lgan cho‘kma murakkab ko‘pkomponentli sistem bo‘lib, odatda uning shakl va o‘lchami qattiq zarrachalardan bog‘liq bo‘ladi. Cho'kmadagi qattiq zarralar tashqi va ichki kuchlar ta'sirida bo'lib, bu kuchlar zarralarni o'rab turgan qobiqqa va zarralarning o'zaro ta'sirlashishiga ta’sir qiladi. Cho'kmadagi qattiq zarralariga tashqi maydonlar tomonidan ta'sir qiluvchi kuchlarga yuklanish maydonlari kiradi (bosimning pasayishi va ortishi, gravitasiya kuchi). Suspenziyadagi qattiq zarralarga cho‘kma ichida ta’sir qilayotgan maydonlar o‘zaro zarralarning ta’sirlashishiga ta’sir qiladi. Bunday kuchlarga kimyoviy tabiat kuchlari, molekulyar, ion-elektrostatik, kapillyar va magnit kuchlar kiradi [2].
    G’ovak muxitda suspenziyalarning suzilishini ohganishda filtr, ya’ni g’ovak Muxitning g’ovakligining ulchami xam xarakterli o‘lchamdan katta yoki kichik buladi. shuning uchun o‘rtachalashgan oqim xarakteristikasidan Kelib chiqib filtr Teshiklari o‘rtacha o‘lchami olinadi. Bunda yetarlicha Katta Miqdordagi g’ovaklik ega muxit deb faraz qilinadi[3-5].
    G’ovak Muxitning eng Muxim xususiyatlaridan biri bu g’ovaklikdir. G’ovaklik Muxitning g’ovak soxa xajmining butun Muxit xajmiga nisbatiga teng bulgan odchamsiz Kattalik. Agar biror bir muxitning xajmi bo‘lsa V, undagi g’ovaklik xajmi V^ak teng bo‘lsa, u xolda e g’ovaklik quyidagicha aniqlanadi:

    Download 422.66 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 422.66 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi

    Download 422.66 Kb.