Mavzu:Bolalar kiyimlaridаgi nuqsonlаr turlаri. Nazariy
Bolalar KTT Ishchi dasturi (2)
Mazkur o‘quv fan (modul) yakunida o‘quvchilar quyidagi malaka talabida ko‘rsatilgan umumiy va (yoki) kasbiy kompetensiyalarga ega bo‘ladi.
Ishchi dasturning “O’quv fani (moduli)ning moddiy-texnik ta’minoti” Ishchi dasturning “O’quv fani(moduli)ning moddiy-texnik ta’minoti” bo’limida o’quv fani(moduli)ga tegishli o’quv xonasida o’tkaziladigan mashg’ulot turlaridan yoki o’quv ustaxonasida o’tkaziladigan amaliyot turidan kelib chiqib mashg’ulot o’tish uchun kerak bo’ladigan jihozlar o’qituvchi va o’quvchilar soniga mos stol-stul, dosk va b.; ta’limning texnik-namoyish vositalari; o’quv-metodik materiallar, masalan, laboratoriya ishining uslubiy ko’rsatmasi, laboratoriya ishlarini bajarish daftari, ko’rgazmali qurollar (plakat, gerbariy, albom, katolog va b.), ma’lumotnoma, lug’at va boshqalar; texnologik jihozlar, maketlar, stendlar, ish qurollari va asboblar, materiallar va b. qayd etiladi. Ishchi dasturda laboratoriya ishi qayd etilgan holda laboratoriya ishining nomi hamda uni bajarish uchun zarur bo’lgan jihoz, o’lchov va nazorat asboblari, reaktiv va boshqalar ko’rsatiladi.
“Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi” fanidan talabalar bilimini baholash mezonlari O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Boshlang’ich professional ta’limning o’quv dasturi 2020 yil 4-sentabr 465-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020 yil 7-avgustidagi466-son buyrug’i bilan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritilgan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom”da ko’rsatilganidek, talabalar bilimini nazorat qilish va reyting tizimi orqali baholash quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: Joriy nazorat (JN); Oraliq nazorat (ON); Yakuniy nazorat (YaN). “Tikuvchilik materialshunoslik”fani bo’yicha talabaning semestr davomidagi o’zlashtirish ko’rsatkichi 100 ball tizimida baholanadi. Har bir mavzu matnida qayd etilgan o’rganish natijalari asosida egallagan bilim, ko’nikma vva kompetensiyalar orqali mezonlar asosida baholanadi. Ushbu 100 ball nazorat turlari bo’yicha quyidagicha taqsimlanadi: Joriy nazorat - 35 ball; Oraliq nazorat – 35 ball; Yakuniy nazorat – 30 ball. Joriy nazorat bo’yicha amaliy mashg’ulotlar uchun ajratilgan har bir mavzu bo’yicha talabaning adabiyotlardan olgan konspekti, bilimi, mustaqil ijodiy fikr-mulohazalari, amaliy jadval va topshiriqlarni yechishi, mustaqil ishi natijalari va amaliy ko’nikmalarini aniqlab borish nazarda tutiladi va u amaliy mashg’ulotlarda amalga oshiriladi. Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to’plangan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy(JN) va oraliq nazorat(ON)lar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi. Yakuniy nazorat semestr yakunida o’tkazilib, yakuniy nazoratda talabaning bilim, ko’nikma va malakalari ishchi o’quv dasturidan kelib chiqqan holda fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. Yakuniy nazorat yozma ish yoki test o’tkazish usulida amalga oshiriladi. Fan bo’yicha joriy va oraliq nazoratlarga ajratilgan umumiy balning 55 foizi, ya’ni 39 ball saralash balli hisoblanib, ushbu balldan kam ball to’plagan talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Joriy(JN) va oraliq nazorat(ON) turlari bo’yicha 55 va undan yuqori balni to’plagan talaba fanni o’zlashtirgan deb hisoblanadi va ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kirmasligiga yo’l qo’yiladi. Talabaning semestrda joriy (JN) va oraliq(ON) nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo’lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo’yicha to’plagan ballari yig’indisi 55 baldan kam bo’lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. Shu muddat davomida fanni o’zlashtirna olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug’i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi. Reyting nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimall ball, shuningdek joriy va oraliq nazoratlarning saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi. “Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi”fani bo’yicha talabaning xar bir nazorat turlari ballarda ifodalangan o’zlashtirishi quyidagi mezonlarga asosan aniqlanadi:
“Bolalar kiyimini tikish texnologiyasi”fanidan joriy nazoratda talabaning bilimini reyting tizimi asosida baholash
Download 91,83 Kb.
|
Bosh sahifa
Aloqalar Bosh sahifa Mavzu:Bolalar kiyimlaridаgi nuqsonlаr turlаri. Nazariy
|