|
Turistik korxonalarda marketingni rivojlantirishining zamonaviy yo‘nalishlari
|
bet | 31/89 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 414,67 Kb. | | #133091 |
Bog'liq O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org4.2. Turistik korxonalarda marketingni rivojlantirishining zamonaviy yo‘nalishlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida aloqa va ayrboshlashni amalga oshirishning nuqtai nazaridan quyidagi holat ravshan bo‘lmoqda: marketing inson faoliyatining yangi turi emas, balki u doimo bo‘lgan va qanday bo‘lmasin, yechiladigan vazifalar doirasida amal qiladi. Marketingning vujudga kelishi, keyinchalik esa uning roli o‘sishiga iqtisodiyot va raqobat muhitida murakkabligi, turistik xizmatlarga bo‘lgan talabda namoyon bo‘ladi. Oxirgi omilning ta’siri juda kuchlidir. Turistik xizmatlarga bo‘lgan talab o‘zgarishning zamonaviy yo‘nalishlari quyidagilarda o‘z ifodasini topadi:
turistlar yurish-turish tarzining o‘zgarishi;
talabning ixtisosligi va yakkaligi;
sayohat turizmining yoyilishi;
ekologiyaning iste’molchi fikrlashiga ta’siri;
turistik sayohatlarning tez-tez sodir bo‘lishi va davomiyligining o‘zgarishi;
turistik dam olishning jadallashuvi.
Turistlarning yurish-turish tarzida quyidagi o‘zgarishlar ro‘y beradi:
turistik sayohatlarni asoslashda dam olish faol shakllarning ta’siri kuchaymoqda (sust dam olishdan, faol dam olish shakliga o‘tish). Misol sifatida Germaniya turistlarning maqsadli o‘rnatishlarni keltirish mumkin (4.1-jadval);
turistik sayohatlarni asoslashda gedonizmning vujudga kelishi. Bu ta’limot huzur qilish va taasurotlar o‘zgarishiga ehtiyoj borligini ifoda etadi. Buning ustiga ahamiyatga huzur olishning ob’ekti emas, balki jarayonning o‘zi ega bo‘ladi.
Jadval 4.1.
Germaniya turistlari bo‘yicha maqsadli o‘rnatishlarning o‘zgarishi
|
| |