O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi




Download 414,67 Kb.
bet32/89
Sana09.01.2024
Hajmi414,67 Kb.
#133091
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

XX asrning 80–90-yillari

Dangasalik va oftobda toblanish


Hech nima to‘g‘risida o‘ylamaslik, o‘zini erkalash

O‘zini cheklamaslik, sivilizatsiya ne’matlarini to‘la hajmda iste’’mol qilish




Taassurotlarni almashtirish, yangilari bilan tanishish


Faol bo‘lish, ko‘pchilik bilan dam olish
Tabiatdan zavqlanish



Turistik bozorning yetarlicha to‘yinganligi davrida manfaatlar bo‘yicha maxsus turizm alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Turistik firmalar o‘z mahsulotini turistlarga butunlay taklif qilmaydilar, balki mijozlarning aniq maqsadli guruhlarning talabini qondirishga harakat qiladilar. Bunga binoan, xorijda yakka va g‘ayriodatiy dam olishlar ommaviylashib bormoqda. Umuman ma’lum va aniq, «aholisi haddan ortiq» bo‘lgan kurortlarga guruh turlari ko‘pchilikni qiziqtirmayapti. Turistlar ko‘proq yakka, o‘z xohishiga ko‘ra tanlagan sayohatlarga e’tibor bermoqdalar. Jannatli Kanar yoki Antaliyaning oltin qumli plyajlari o‘rniga u yerda yaqin orada turbiznes mahalliy aholining asosiy ishiga aylanadi. Suv osti g‘orlarda o‘zining xavfliligiga qaramasdan, suzish modaga aylangan. G‘ayriodatiy qiziqishlarning eng yaxshi joyi – Yukatan yarim orolidagi (Meksika) mashhur suv osti g‘orlari. Modada Islandiyaning – Geyzer buloqlari, muz qatlamlari va vulqonlari.

Yakka holda dam olishni xoxlovchilar o‘rtasida Yevropa mamlakatlar bo‘yicha velosiped sayohatlarni yoki Markaziy va G‘arbiy Yevropaning kanallari va daryolari bo‘yicha shinam 4-o‘rinli «lyuks» yaxtalarda tinchgina suzishlarni tanlab oladiganlar kam emas. Bu turistlar g‘ayriodatdagi dam olish o‘rniga, shinam dam olishni tanlaydilar. Mazaxo‘rlar uchun maxsus gastronomiya turlari tashkil etiladi. Diniy turlar yanada ommaviylashib bormoqda. Faqat Isroil xristian dinning muqaddas joylari bo‘yicha emas, balki Butan va Nepalning Budda monastrlari hamda tashlab qo‘yilgan hind ibodatxonalariga ham sayr qilish. O‘tkir sezgilarning havaskorlari Janubiy Amerika, Andga qarab tog‘ chang‘isida uchish uchun yo‘l oladilar.


Sayyor turizmning yoyilishi o‘z ifodasini turistik sayohatlarning tarkibida xorijga sayohatlar sonining ko‘payishida va bir paytda ularining mamlakat ichida kamayishiga olib keladigan yo‘nalish kuzatiladi.
Janubiy-Sharqiy Osiyo, Yaponiya, Xitoy kabi ekzotik mamlakat-larga bo‘lgan uzoq sayohatlarga ham talab kengayib bormoqda. Xalqaro savdo tashkilotining ma’lumotlariga qo‘ra 2020 yilga borib Xitoy jahonda yetakchi turistik yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bu davlatga turist-larning kelishi 137 mln. kishini tashkil etishi kutiladi. Undan keyin AQSH, Fransiya, Ispaniya va Xitoydan alohida yo‘nalish sifati-da ajralgan Gonkong yo‘nalish ommaviylashib boradilar (4.2-jadval).
Hammasi bo‘lib 2020 yilda xalqaro turistik kelishlarning soni 1,6 mlrd. ni tashkil etib, 1995 yil ko‘rsatkichlarga nisbatan uch marta ko‘p bo‘ladi. Turistlarning kundalik sarflari 5 mlrd. dollargacha tashkil qiladi (aviasayohatlardan tashqari) bo‘lishi kutiladi.

Download 414,67 Kb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   89




Download 414,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi

Download 414,67 Kb.