O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi




Download 414,67 Kb.
bet40/89
Sana09.01.2024
Hajmi414,67 Kb.
#133091
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

6.2. Segmentlarning mezonlari
Maqsadli bozorlar: 1) geografik; 2) ijtimoiy-demografik (yoshi, daromadi, bilimi, irqi, millati, oila tarkibi va turmush tarzi, jinsi, dini, mehnat faoliyati); 3) psixografik (ma’naviy qiymatlar, xulq-atvori, manfaatlari, munosabatlari, xohishlari) va boshqa mezonlar bo‘yicha aniqlanadi.

1. Geografik mezonlar bo‘yicha segmentlash har xil birliklarga bo‘lgan talabning quyidagi taqsimlanishini ko‘zda tutadi:


— doimo yashaydigan mamlakatiga qarab, ichki, kirish va chiqish turizmi;
— turistik safarning geografik maqsadiga ko‘ra; yer yuzi, mamlakatlar, mintaqalar va shaharlar bo‘ylab.
Segmentlashning asosi deb, bizning mamlakatimizda «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab, quyidagi turistik yo‘nalishlarini ishlab chiqqan:


  1. klassik turistik yo‘nalish (Toshkent – Samarqand – Buxoro –Xiva – Toshkent; Toshkent – Samarqand – Buxoro – Shahrisabz – Toshkent);


  2. ekologik turistik yo‘nalishi (Chotqol tog‘ tizmasidagi dam olish va davolanish oromgohlari, Zomin va Buxoro viloyatlaridagi qo‘riqxonalar);


  3. arxeologik turistik yo‘nalishi (Qoraqalpog‘iston, Samarqand, Surxondaryo hududlari bo‘ylab);


  4. ekstremal turistik yo‘nalishi (Chimyon, Farg‘ona vodiysi tog‘ yon bag‘ri, Orol bo‘yi, Buxoro va Navoiy viloyatlari tekisliklari bo‘ylab);
  5. ma’naviy turistik yo‘nalishi (Toshkent, Samarqand, Buxoro va boshqa viloyatlardagi);


  6. Havo yo‘llari turistik yo‘nalishi (O‘zbekiston shaharlari va Germaniya, Gollandiya, Italiya, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi xorijiy davlatlari);


  7. qishki turistik zona (Toshkentdan 80 km shimoli-sharqda, Chotqol tog‘ tizmasi yon bag‘rida joylashgan).


Har qanday turistik yodgorligi turistik bozori ko‘pgina segmentlari uchun jozibali bo‘lishi mumkin. Marketing menejeri bozorning har bir segmentini o‘rganib, foydali biznes yuritish uchun ulardan eng salohiyatli bo‘lganini tanlashi kerak.


Turistik markazlar bir necha mezonlari bo‘yicha aniqlangan o‘z segmentlarga ega bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgani, bu — geografik segmenti. Bu mezon asosida tashkil bo‘lgan segmentlar — kurortda dam olishni maqsad qilgan uzoq masofani bosuvchi turistlar; mintaqaviy qatnovchilar (turmarkaz joylashgan hududida yashovchi va to‘rt soat ichida u yerga yetib boradigan turistlar) va mahalliy aholi bo‘lgan turistlar. Turistik yo‘nalishning yaqinligi muhim omil bo‘ladi: odatdagidek turmarkazning o‘z maqsadli bozoriga yaqin joylashganligi keluvchilar sonini yanada ko‘payish ehtimolini yaratadi. Ma’lum turmarkazni rivojlantirish uchun turistik tashkilotlar, odatda, uning yon-atrofida joylashgan yirik aholi mrakazlariga reklama bilan murojaat qiladi.
2. Ijtimoiy-demografik mezonlardan foydalanish o‘ziga har biri maxsus yondashuvni talab etuvchi har xil segmentlarni olish uchun imkon beradi.
Ijtimoiy-demografik mezonlari — bu turistlar yoshi, jinsi, kasbi, turistlar yashaydigan aholi punktining katta-kichikligi, turistga hamroh bo‘lgan oila a’zolari soni, oila turi, millati, diniy qarashlari, oilaning yalpi va har bir oila a’zosining to‘g‘ri keladigan daromadi, oilada transport vositasining bor-yo‘qligi va h.k. Shuningdek, ayollar turizmi, kasb-hunar, maxsus turizm (bank xizmatchilari, qishloq xo‘jaligida ishlovchilar, sanoatning har xil tarmoqlari uchun), hamda yoshlar turizmi va «o‘spirinlar» turizmi imkoniyatlarga boy.
Oilaning turiga qarab, talab oilaviy turizm (bolalar va ularsiz), alohida turizm, oila a’zolari besh va undan ko‘p bo‘lganlar turizmga bo‘linadi.
Daromad darajasiga ko‘ra, turistik turlari tijorat, iqtisodiy, odatdagidan tashqari, lyuks-turlari, ijtimoiy, o‘rtacha darajadagi, arzon bo‘lishi mumkin.
Yoshiga bog‘liq turlar o‘spirinlar, yoshlar — studentlar, o‘rtacha yoshdagi kishilar, «uchinchi» yoshdagi kishilarga qarab bo‘linadi.
Oila turmush tarzining bosqichiga bog‘liq holda: yoshlar —yolg‘iz sayr qiluvchilar, bolalarsiz oilalar, bolali oilalar, so‘qqabosh odamlar.
3. Psixografik mezon bo‘yicha turistik bozor segmentatsiyasi iste’molchilar taxlilini o‘tkazayotganda, ularning hulq-atvori: psixologik xususiyatlari va turmush tarzini o‘rganib borayotganini belgilaydi.
Psixografik, ya’ni ruhiy-xatti-harakatlari, turistik xulqning mezonlari: safardan maqsad; sayyohning ruhiyati; mavsumiyligi: safar tashkil qilinishi va shakli (guruhiy yoki yakka holda); ishlatiladigan transport vositalari; joylashuv vositalari; turmaqsadning uzoq-yaqinligi; safar davomiyligi (turistik xizmatlarni yaratuvchilari uchun katta ahamiyatga ega, chunki e’tiborga olinganni, qisqa muddatli safarlarga intiladigan sayyohlar katta harajatlarga va yanada unumli sayr dasturiga tayyor bo‘lishadi) hamda bu mezonlarga safarning moliyaviy manbalari (ijtimoiy turizm — ijtimoiy-sug‘urta tizimi yordami orqali tashkil etiladigan aholining kam ta’minlangan qatlamlarning dam olishi; intensiv-turlar, firma xodimlari, oilalari uchun firma tomonidan moliyalashtiradigan rag‘batlantiruvchi safarlar); tursafarni tashkil etish to‘g‘risida yechim qabul qiluvchi maslahatchi va vositachi (turagenti, turoperator)lar kiradi. Ruhiy xatti-harakatlar segmentatsiyasida iste’molchilarni turmush tarzi belgilari va ularning bo‘sh vaqtiga nisbatan maqsadli ko‘rsatmalarga binoan guruhlarga, shaxsning umumiy holati va xulqiy xususiyatlari bo‘yicha hamda turmahsulotni iste’mol qilish odati bo‘yicha guruhlarga ajratadi.

Download 414,67 Kb.
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   89




Download 414,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi

Download 414,67 Kb.