4-mavzu. Metrologik ta’minotning texnikaviy asosi –etalonlar




Download 65.35 Kb.
bet1/7
Sana31.10.2023
Hajmi65.35 Kb.
#92236
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-A
rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov Dilshodbek

4-MAVZU. METROLOGIK TA’MINOTNING TEXNIKAVIY ASOSI –ETALONLAR

4.1. Etalonlar. Etalonlar to‘g‘risida asosiy tushunchalar


Kattalik birligini qayta tiklash va saqlash uchun mo‘ljallangan o‘ta yuqori (metrologik) aniqlikdagi maxsus o‘lchash vositalari etalon deb ataladi va birlik o‘lchamini uzatishda metrologik zanjirning oliy zvenosi hisoblanadi.
Etalon (o‘lchashlar shkalasi yoki birligi etaloni) - kattalikning o‘lchamini qiyoslash sxemasi bo‘yicha quyi vositalarga uzatish maqsadida shkalani yoki kattalik birligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan va belgilangan tartibda etalon sifatida tasdiqlangan o‘lchash vositasi yoki o‘lchash vositalarining majmui.
Etalonning konstruksiyasi, uning xususiyatlari va birlikni qayta tiklash usuli mazkur kattalikning mohiyati va mazkur o‘lchashlar sohasida o‘lchash texnikasining rivojlanish darajasi bilan aniqlanadi.
Etalon bir-biri bilan chambarchas bog‘langan kamida uchta (M.F. Malikov tomonidan ta’riflagan) o‘zgarmaslik, qaytariluvchanlik va solishtiruvchanlik belgilariga (alomatlari) ega bo‘lishi lozim.
Etalonning o‘zgarmasligi deganda, u orqali qayta tiklangan birlik o‘lchamini chegaralanmagan vaqt oralig‘i mobaynida o‘zgarmasdan saqlangan xususiyati tushuniladi.
Har xil tashqi ta’sirlardan (xarorat, bosim, gravitaqion va boshqa maydonlar va h.k.) yoki etalonni ichki tuzilmasidan sodir bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar, kattalikni kerakli aniqlik bilan o‘lchash uchun aniq funkqiyada bo‘lishligini ta’minlash zarur.
Uzgarmaslikka qo‘yiladigan talab etalonni konstrukqiyasini tanlashga, strukturasiga (tuzilmasiga), alohida elementlarining materialiga, tayyorlash texnologiyasiga, saqlash va ishlatilishiga muayyan shartlarni yuklaydi.
Etalonni o‘zgarmasligini ta’minlash zarurati o‘z vaqtida birlikni qayta tiklashni tabiiylik prinqipini qo‘llashga olib keldi yoki o‘lchash birligi sifatida "o‘zgarmas birliklar" ni tanlashga to‘g‘ri keladi.
Bundan ikki yuz yillar avval "o‘lchovlarning metrik tizimi" tuzilib, ta’sis etilgan. Metrik tizim 1875 yil 20 mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining konferenqiyasida qabul qilingan va Metrik Konvenqiyasi nomini olgan. Konvenqiya metrik etalonlarni saqlash va tekshirish uchun ilmiy muassasa sifatida O‘lchovlar va tarozilar xalqaro byurosini ham ta’sis etdi. Metrik tizimning joriy etilishi bilan kattaliklarning birliklari orasida muayyan qonuniyat asosida o‘zaro bog‘liqlik borligi aniqlangan. Masalan, uzunlikning (metr) "o‘zgarmas birligi" sifatida er meridianining qirq milliondan bir ulushi tanlangan. Ulchovlar va tarozilar XVII bosh konferenqiyasining - O‘TBK (1983 y) qarorlariga muvofiq uzunlik birligi metrni yangi ta’rifi qabul qilingan. Bu ta’rifga, shuningdek qiymati 8,8418817.10-12 F/m teng deb qabul qilingan vakuumning elektrik doimiyligi ε0 ham kiradi.
Bunga yaqqol misol qilib, uzunlik birligini yangi ta’rifini (P.1.4 qaralsin) keltirish mumkin, bunda fundamental fizikaviy doymiylik (fizikaviy konstanta) - vakuumdagi yorug‘lik tezligi ishlatiladi, va bu ta’rif bo‘yicha tekis elektromagnit to‘lqinlarining vakuumda tarqalish tezligini qiymati C0- 299792458 m/s (aniq) ga teng deb qabul qilingan.

Download 65.35 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7




Download 65.35 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



4-mavzu. Metrologik ta’minotning texnikaviy asosi –etalonlar

Download 65.35 Kb.