Tayanch iboralar: segmentlash, mezon, ommaviy marketing, maqsadli marketing, ruhiy-hatti harakatlar, turmush tarzi, a’anaviy, ishbilarmon, raqib, joylashuv, tovar.
Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:
1. Segmentlashga bo‘lgan yondashuv turlarini ayting.
2. Ommaviy marketingning maqsadli marketingdan farqi nimada?
3. Maqsadli marketing tamoyillari sanab o‘ting.
4. Bozorni segmentlash qanday ma’noni anglatadi?
5. Turistik safarning maqsadiga ko‘ra turizm qanday segmentlarga ajratiladi?
6. Bozorni qamrab olish strategiyasini tanlab olayotganda qanday omillarni hisobga olish kerak?
7. Tovarni bozorda joylashtirishda nimalarni aniqlash zarur?
Mavzu 7. Turmahsulotning hayotiy shakli
Reja:
7.1. Turistik mahsulot va uning hayotiy sikli.
7.2. Turistik mahsulotning ishlab chiqarilishi.
7.3. Turistik mahsulotni rejalashtirish.
7.4. Turistik mahsulotni loyihalashtirish.
7.1. Turistik mahsulot va uning hayotiy sikli.
Turistik mahsulot va uning hayotiy sikli — inson hayoti faoliyatining murakkab ijtimoiy jarayonlari va ko‘p qirrali turi. Turistik faoliyatni, bir tomondan, turizm tashkilotchilari (turoperator va turistik agentlar hamda ishtirokchilar)ning iste’mol qiladigan mahsulotni — turistik mahsulotni shakllan-tirish bilan bog‘liq faoliyati, ikkinchi tomondan esa, bu mahsulotni iste’mol qiladigan turistlar faoliyati sifatida ko‘rish mumkin. Bunda davlat soliqlarni to‘plash uchun o‘z manfaatlari yo‘lida harakat qiladi. Turistik mahsulot turistik taklif va turning asosi bo‘ladi.
Turistik mahsulotning asosiy manbalari bu destinatsiyaning turistik resurslari (7.1-rasm).
Turistik mahsulot — turizm jarayonida va maqsadida turistning ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli bo‘lgan ikkita yoki undan ko‘p bo‘lgan yakka yoki ko‘pgina maqsadga yo‘naltirilgan turistik xizmatlar, ishlar va tovarlar yig‘indisi (turpaket yoki turistik xizmatlar paketi)dir.
Turistik mahsulot uni tashkil qiladigan uch tarkibiy qismdan iborat:
turistik xizmatlar (turizm tashkilotchilari xizmatlaridan — turoperator va turistik agentlari, tashuvchilar xizmati, mehmondorchilik va ovqatlanish tizimining xizmatlari, boshqa turistik xizmatlar qatoriga kiradigan xizmatlar)dir;
turistik xizmatlarni iste’mol qilish jarayoniga yo‘ldosh bo‘lgan ishlardan;
turda iste’mol qiladigan tovarlar hamda tur tashqarisida iste’mol qilinadigan tovarlardan.
Turistik mahsulot barcha iste’molchilar uchun yagonalik belgilariga ega bo‘lgan resurs unsurlarga, jumladan, resurs tarkiblari hamda turizm infratuzilmasining ob’ektlari va tizimlariga asoslanadi.
Tarkibiy qismlari tabiiy tafsilotga ega bo‘lishi mumkin va ishlab chiqaruvchi — iste’molchi ongidan tashqarida amal qilishi mumkin. Masalan, shimol yog‘dusi, oq tunlar, tabiiy manzaralar va boshq. Turistik mahsulotning tarkibiy qismlari faqat birgalikda amal qilishi mumkin. Shunday rivojlangan infratuzilma bo‘lishi shart: aloqa qilish yo‘llari, kommunal va maishiy xizmatlar tizimi, savdo. Unsurlarning bu o‘zaro aloqasi seziladigan yoki sezilmas bo‘lishi mumkin, ammo doimo va har qanday yakka unsur boshqa manbalarning mahsulotlari unsurlariga tayangan holda yashaydi. Salohiyatli turistik xossalarning rivojiga qat’iy shart bo‘lib, turistlarning resurs yoki resurs manbasiga yetib kelishi hisoblanadi. Agar yetib kelish sharoiti yoki boshqa zaruriy, yetarli sharoitlar bo‘lmasa, resurs yoki ob’ekt salohiyatli turistik mahsulot bo‘la olmaydi. Demak, bu mahsulotga turizm maqsadida sababli talab bo‘lishi zarur.
Turistik mahsulotni yaratuvchi korxonaning bozor imkoniyatlarini aniqlash uchun uning hayotiy siklini tadqiqot qilish bo‘yicha marketing faoliyati tajribasi foydali bo‘lar edi.
Tovarlarning hayot sikli tamoyillari shundan kelib chiqadiki, yuqori ist’emol xususiyatlarga ega bo‘lgan har qanday tovar vaqti kelib bozordan yangi, yanada takomillashgan tovar bilan siqib chiqariladi. Faqat ehtiyojlar doimiy bo‘ladi, ularni qondirish vositalari esa o‘zgaradi. Bozorda taklif etilgan tovar o‘z haridorlarni ma’lum vaqt ichida topib, hayot sikliga ega bo‘ladi.
Turistik mahsulot o‘z rivojlanishida sotish va foyda hajmining egiluvchanligi bilan tavsiflanadigan bir qator ketma-ket bosqichlarni o‘tadi (7.1 -rasm).
Sotish
hajmi
Harajatlar Sotuvlar
egrisi egrisi
Foyda egrisi
Tatbiq etish O‘sish Yetuklik Pasayish Vaqt
|