– rasm. Turistik mahsulotning hayot sikli




Download 414,67 Kb.
bet44/89
Sana09.01.2024
Hajmi414,67 Kb.
#133091
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   89
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

7.1. – rasm. Turistik mahsulotning hayot sikli.
Mahsulotning bozorga kirib borish fursati bo‘lib, uning turistik korxona tomonidan birinchi marta taklif etilgani hisoblanadi. Bu bosqichning asosiy tavsifi bo‘lib, mahsulotning asta-sekin sotilishi va natijasi foydaning umuman yo‘qligi yoki past darajada bo‘lishi. Odatdagidek, firmaning xodimlari yangi mahsulotdan foydalanishda ancha qiyinchiliklarga duch keladi, bozor infratuzilmasi esa, tanlangan mijozlar xohishiga moslasha olmaydi. Ichki tatbiq etish davomida marketingga ko‘p mablag‘lar to‘g‘ri keladi, chunki mahsulot ma’lumot yaratish uchun juda ko‘p harakat kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga, firma uchun bu bosqichda afzallik ham mavjud, ya’ni umuman raqobat yo‘qligi.


Mahsulotning bozorga kirib borish bosqichi uzoq vaqt cho‘zilishi mumkin va mahsulot sifati, uning iste’molchi ehtiyojlariga mos kelishi, marketing tanlangan strategiyasining to‘g‘riligi va uni ruyobga chiqarish ketma-ketligi bilan aniqlanadi.
O‘sish bosqichi sotish hajmining tez o‘sishi va foyda ko‘payishi bilan tavsiflanadi. Marketing harajatlari juda yuqori bo‘lsa ularning umumiy harajatlarda ulushi o‘z-o‘zidan pasayadi.
O‘sish bosqichi raqobatning sezilarli kuchayishi bilan bog‘liq. Turistik korxonaning marketing harakatlari esa iste’molchilarda mahsulot sifati va bozorning kelgusida kengayishiga ishonch hosil qilishni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi. Bu bosqichning asosiy tavsifi shundaki, boshqalarga nisbatan, bu mahsulotni rivojlantirishga oldindan harakat qilgan firmalar raqiblardan ustun bo‘ladi. Ammo bu holat ularni turistik mahsulotni yanada takomillashtiruvchi harakatlardan ozod qilmaydi. Gap shundaki, «Kechikkan» korxonalar tadbiq etilayotgan mahsulotning sifatini har tomonlama yaxshilashga va uni yanada rivojlantirishga, yetakchilarni orqada qoldirishga harakat qiladi.
O‘sish bosqichida turistik korxona mahsulot sotish doirasini kengaytirishga va bozorning yangi segmentlarga kirishga harakat qiladi. Bu foydani yanada oshirishga va yangi mijozlarni ko‘proq jalb qilishga imkon beradi. Demak, o‘sish bosqichi firma uchun foydalidir, uni uzaytirish esa marketingning muhim vazifasidir.
Yetuklik bosqichi sotish o‘sishining sekinlashuvi va barqarorligi bilan tavsiflanadi. Bunga quyidagi omillar sabab bo‘lishi mumkin:
  1. mijozlar ehtiyojlarining o‘zgarishi;


  2. bozorga yangi, yanada takomillashgan mahsulotlarning kirib kelishi;


  3. raqobat kuchayishi;


  4. mahsulot firma uchun yetarli darajada rentabellik bo‘lmaydi, chunki mablag‘ yanada samarali joylashtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ladi.


Bu bosqichda iste’molchilarning doirasi kengaymaydi, lekin ayrim paytlarda ularning soni ko‘payishi mumkin. Bu holat daromadlari olgan yoki valyutalar ma’qul nisbatidan foydalanganlarning hisobidan ro‘y berishi mumkin. Bundan tashqari, bu bosqichda ko‘pgina hollarda taklif etiladigan mahsulotdan (masalan, yana xudi o‘sha mamlakatga sayr uyushtirish) foydalanishga undaydigan «Sodiqlik his-tuyg‘ulari» aniq namoyon bo‘ladi.


Yetuklik bosqichida oladigan foyda yetarli darajada yuqori bo‘lsa, ham sekin pasayaboshlaydi. Turistik korxona, o‘sish bosqichidagi kabi, yetuklik bosqichining uzayishiga qiziqadi. Bu bosqichda firmaning asosiy harakatlari o‘z bozor ulushini saqlashga, mahsulotni takomillashtirish orqali uning iste’molni oshirish, marketing majmuasini o‘zgartirish hamda uni bozorda boshqacha joylashtirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Agar bu holat amalga oshirilmasa, mahsulot o‘z o‘rnini bozorda yo‘qotishi va pasayish bosqichiga o‘tib ketishi mumkin.
Pasayish bosqichi turistik sohasining mahsulotga tuyinganligini aks ettiradi. Sotish hajmining barqaror kamayishi va olinadigan foyda miqdorining pasayishi (ehtimol, eng pastki nuqtagacha) ro‘y beradi. Turistik mahsulotning pasayish bosqichiga o‘tishi bir qator sabablarga asoslanadi. Birinchidan, bozorda yangi mahsulotlarning paydo bo‘lishi. Ikkinchidan, ma’lum bir mahsulotga oldindan bo‘lgan ehtiyojning yo‘q bo‘lishi. Masalan, turizmda va dam olishda cho‘milishni afzal ko‘rganlar o‘z qiziqishlarni o‘zgartiradi (dengizda cho‘milishlar va madaniy ob’ektlarni tomosha qilish sohasida), endi ularni ekzotika qiziqtira boshlaydi (Karib orollari, Sharqiy Afrika, Hind okeanining orollari). Bu bosqich ancha chuzilishi mumkin. Raqiblarning ta’siri pasayishi natijasida turistik korxona marketingga yuqori harajat sarflash zarurati yo‘q bo‘ladi, ayrim holatlarda esa narxni oshirishga imkon beradi. Ammo bu mahsulot korxonaga ko‘p foyda keltiradi deb aytib bo‘lmaydi, chunki susayish bosqichida sotish hajmi juda past bo‘ladi. Buning uchun mahsulotni takomillashtirish va moslashtirish hamda sotishni rivojlantirish bo‘yicha siyosat to‘g‘ri yuritilsa, u yangi talablarga javob berish mumkin. Shu jumladan, talabni jonlashtirish bo‘yicha mutanosib siyosat ayrim dam olish zona va bazalariga ikkinchi hayot bag‘ishlaydi.
Shunday qilib, bir necha yil davomida kam foyda keltiradigan mahsulotlar hamda bozorda obruga sazovar bo‘lgan, ammo ularning sotuvini jonlashtirish uchun imidjini o‘zgartirish kerak bo‘lgan mahsulotlarni sinchiklab tahlil qilish kerak. Fransiyadagi turizm bo‘yicha Oliy kengash belgilanganidek, bu mahsulotlar «kuchga kiradi» va ancha uzoq muddatda ahamiyatli bo‘lib qoladi (masalan, madaniyat sohasidagi sinovdan o‘tgan xizmatlar, festivallar, ekologiya va qishloq turizmi, sport o‘yinlari).
Bundan tashqari, talabning o‘zgarishiga binoan turistik korxonalarning ixtisosligi ham rivojlanadi. Asosiy mahsulotlar faqat o‘ziga xos xususiyatlar bilan va o‘rnini bosuvchi mahsulotlar bilan ajralib turadi. Bunga binoan mahsus mijozlarni o‘ziga tobe etish oson bo‘ladi.
Demak, turistik mahsulotning hayotiy sikli uch yirik muammo vujudga kelishini bildiradi. Birinchidan, firma susayish bosqichida bo‘lgan mahsulotlar o‘rniga o‘z vaqtida yangi mahsulotlarni topishi kerak (yangilik yaratish muammosi). Ikkinchidan, firma hayot siklining har bir bosqichida mavjud bo‘lgan mahsulotlar bilan ishni samarali tashkillashtirishi kerak (turistik mahsulot hayot sikli bosqichlariga bo‘lgan strategik yondashuv muammosi). Uchinchidan, yetarli darajada muhim masala, bu hayot siklining har bir bosqichlariga tegishli nuqtai nazaridan firma taklif etadigan mahsulotlar tuzilishini optimallashtirishga qaratilgan bo‘ladi.



Download 414,67 Kb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   89




Download 414,67 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



– rasm. Turistik mahsulotning hayot sikli

Download 414,67 Kb.