- rasm. Bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi




Download 4,25 Mb.
bet2/13
Sana10.01.2024
Hajmi4,25 Mb.
#134183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Norqulov Ilyos

1- rasm. Bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi
(a) va uning ishlash prinsipi (b).
To‘g‘rilash sxemasi ikki xil – bitta va ikkita yarim davrli bo‘ladi. Bizga transformatorning ikkilamchi chulg‘ami bilan ketma-ket ulangan D diod va Rн rezistordan tuzilgan zanjir berilgan bo‘lsin (1a-rasm; kondensatorsiz).
Agar transformatorga o‘zgaruvchan kuchlanish berilsa, ikkilamchi chulg‘am kuchlanishining musbat yarim davri to‘g‘ri kelganda diod ochilib, zanjirda tok hosil bo‘ladi. Kuchlanishning manfiy yarim davrida diod yopilib, zanjirdan tok o‘tmaydi. Uning grafik tasviri 1b-rasmda ko‘rsatilgan (teskari tok hisobga olinmagan). Demak, zanjirdagi tok va chiqish kuchlanishi uzlukli bo‘ladi. Bunday tok va kuchlanish impulslanuvchi tok yoki kuchlanish deb ataladi.
Demak, ko‘rilgan sxemada tok kirish kuchlanishining musbat (+) yarim davrlaridagina hosil bo‘ladi. Shuning uchun bu sxema bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi deyiladi. Uning asosida tuzilgan to‘g‘rilagich esa, mos ravishda, bitta yarim davrli to‘g‘rilagich bo‘ladi.
Radioqurilmalarda pulslanuvchi tok yoki kuchlanishdan foydalanish mumkin emas. Shuning uchun pulslanishni yo‘qotish – tekislash zarur. Buning uchun pulslanuvchi tok yoki kuchlanish spektridagi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tashkil etuvchilar bir-biridan ajratiladi va o‘zgaruvchan tashkil etuvchidan qutilish chorasi ko‘riladi. Bu jarayonni amalga oshiradigan qurilma tekislovchi filtr deb ataladi.
Nagruzka rezistoriga parallel ulangan kondensator eng sodda tekislovchi filtr hisoblanadi. Uning sig‘imi yetarlicha katta, ya’ni bo‘lishi kerak (1a-rasm; punktir). Bu holda diodning ishlashiga transformator kuchlanishidan tashqari kondensatorning kuchlanishi ham ta’sir etadi. Transformatordan diodga musbat kuchlanish berilganda, undan o‘tadigan tok kondensatorni zaryadlaydi va kondensatorda Uс ga teng kuchlanish hosil bo‘ladi. Uning ishorasi II cho‘lg‘am kuchlanishi ishorasiga qarama-qarshi - musbat bo‘ladi. Shuning uchun dioddan transformatorning ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanish kondensator kuchlanishidan katta (Uтр> Uс) bo‘lgandagina tok o‘tadi. Uтрс bo‘lganda esa, diod yopilib, kondensator Rн rezistor orqali zaryadsizlanadi.
Agar Rн nagruzka rezistorining qarshiligi cheksiz bo‘lsa, kondensator transformator ikkilamchi chulg‘amidagi kuchlanishning amplituda qiymatigacha zaryadlanishi kerak. Lekin unda dioddan o‘tadigan tok nolga teng bo‘lib, sxema ishlamay qo‘yadi. Rn rezistorning chekli qiymatida zanjirda muvozanat vujudga keladiki, unda transformator kuchlanishining bir davrida kondensator oladigan elektr energiyasi bilan yo‘qoladigan energiya miqdori bir-biriga teng bo‘ladi. Muvozanat holatida zanjirdagi tok va kondensator kuchlanishining zaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi 2-rasmda ko‘rsatilgan.

2-rasm. Muvozanat holatida tok va kondensator kuchlanishining
vaqt bo‘yicha o‘zgarish grafigi.
Unda Uo‘rt-nagruzkadan olinadigan kuchlanishning o‘rtacha qiymati. Nagruzkadagi kuchlanishning pulslanish kattaligi (Uo‘rt) Сн, Rн va R1 kattaliklar orasidagi munosabatga bog‘liq. Xususiy holda, Rн rezistorning qarshiligi kichraytirilsa, chiqish kuchlanishining miqdori kamayib, uning pulslanishining absolyut qiymati ortadi. Aksincha, Rн rezistorning qarshiligi ortsa, chiqish kuchlanishi ortib, uning pulslanishi kamayadi. Sababi qarshilik kichraysa, zaryadsizlanish toki katta va kondensatordagi qoldiq kuchlanish kichik bo‘ladi. Aksincha, Rн katta bo‘lsa, zaryadsizlanish toki kichik bo‘lib, kondensatordagi qoldiq kuchlanish katta bo‘ladi. Natijada diod transformator kuchlanishining katta qiymatlarida ochiladi. Shunga ko‘ra Rн rezistorning qarshiligi ortishi bilan dioddan tok o‘tish vaqti qisqarib, chiqish kuchlanishining Vo‘rt pulslanishi kichrayib boradi.
Shuni aytish kerakki, transformator kuchlanishining manfiy yarim davrlarida diodga qo‘yilgan kuchlanish Um+Uc qiymatga erishadi. Bu kuchlanish teskari kuchlanish деб аталади. To‘g‘rilagichlarni yasaganda diod shu kuchlanishga chidaydigan qilib tanlanishi lozim. Demak, tokning pulslanish darajasi kesish burchagiga bog‘liq bo‘ladi. Kesish burchagi kichrayishi bilan pulslanish ham kichrayib boradi. Ikkinchi tomondan, kesish burchagi kichrayishi bilan to‘g‘rilagichning, foydali ish koeffitsiyenti ortadi. Sababi bunda diodga kam yuk tushadi va u osonroq ishlaydi. Shuning uchun uning energiya uzatish qobiliyati ortadi.
Bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasida o‘zgaruvchan tok manbai energiyasining faqat bir qismidangina foydalaniladi. Undan to‘liq foydalanish uchun ikkita yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi tuziladi. U ikkita bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasining ketma-ket ulanishidan iborat. Ulardan biri transformator kuchlanishining birinchi yarim davrida ishlasa, ikkinchisi - ikkinchi yarim davrida ishlaydi.
Ikkita yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi asosida yaratilgan to‘g‘rilagichning prinsipial sxemasi va chiqish kattaliklarining vaqt diagrammasi 3-rasmda ko‘rsatilgan.

3-rasm. Ikkita yarim davrli tug‘rilash sxemasi (a),
to‘g‘rilangan tok va kuchlanishning vaqt diagrammasi (b)
Undan ko‘rinadiki, sxemaning ishlashi xuddi bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasining ishlashi kabi bo‘ladi. Lekin chiqish kuchlanishining pulslanish chastotasi ikki marta ortiq bo‘lib, uning amplitudasi kichik bo‘ladi. Sababi kondensatorning Rн rezistor orqali zaryadsizlanishi uchun kamroq vaqt talab qilinadi. Natijada undagi qoldiq kuchlanish katta bo‘ladi.
Demak, to‘g‘rilash sxemalari faqat ikki xil bo‘ladi. To‘g‘rilagichlar ana shu sxemalar asosida yasaladi. Lekin unda chiziqli bo‘lmagan element nagruzka rezistoriga nisbatan turli usulda ulanishi mumkin. Masalan, shulardan bir turi 4-rasmda ko‘rsatilgan. U ko‘priksimon sxema bo‘lib, Grets sxemasi deb ataladi. Uning asosini ikkita yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi tashkil etadi.

4-rasm. Ko‘priksimon sxema.
Transformator kuchlanishining birinchi yarim davrida D1 va D3 diodlar ishlasa, ikkinchi yarim davrida - D2 va D4 diodlar ishlaydi.
Grets sxemasining asosiy afzalliklari shundaki, to‘g‘rilangan tok amplitudasining pulslanishi yetarlicha kichik bo‘ladi. Undan tashqari, o‘rta nuqtali transformatorga hojat qolmaydi. Har bir diodga to‘g‘ri keluvchi teskari kuchlanish qiymati transformator kuchlanishining amplituda qiymatidan ortmaydi.
Grets sxemasining kamchiligi shundaki, diodlar ketma-ket ulangani uchun tarmoqning to‘liq qarshiligi ortadi va ko‘proq energiya sochadi.


Download 4,25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Download 4,25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- rasm. Bitta yarim davrli to‘g‘rilash sxemasi

Download 4,25 Mb.