Global o„zgaruvchilar qiymatini saqlab qolish




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/164
Sana25.01.2024
Hajmi2,67 Mb.
#146073
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   164
Bog'liq
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI

Global o„zgaruvchilar qiymatini saqlab qolish 
C++ dasturlash tilida global o‗zgaruvchilarni lokal sifatida ishlatilsa global 
o‗zgaruvchining boshlang‘ich qiymatini saqlab qolish uchun a o‗zgaruvchini ::a 
sifatida ishlatish kerak. Global o‗zgaruvchilarni lokal sifatida ishlatilsa, global 
o‗zgaruvchining boshlang‘ich qiymatini saqlab qolishni quyidagi dastur orqali 
aniqlaymiz. 
#include  
int buluvchi(int x); 
int a=20, b=10; 
using namespace std;
int main()
{
cout<return 0;
}
int yig(int a, int b) 


166 
{ a=4; b=5; 
return a+::b; 
}
Dastur natijasi 
14 
 
Dastur tarkibida a=20, b=10 global sifatida aniqlangan edi, lekin yig(a,b) 
funksiyasini tarkibida a=4, b=5 lokal qiymatlar berildi. Dastur natijasi 14 ga teng, 
chunki funksiya tarkibidagi a ni qiymati lokal sifatida qabul qilinib, b ni qiymati 
esa global sifatida qoldi, chunki b o‗zgaruvchini ::b sifatida keltirildi. 
Funksiya qiymatini qaytarish haqida 
Barcha dasturlarda int main() asosiy funksiyasidan foydalandik va bu 
funksiyadan xohlagancha boshqa funksiyalarga murojaat tashkil qilish mumkin. 
void turida bo‗lmagan har qanday funksiya return so‗zi bilan yakunlanadi. 
Jumladan, main() funksiyasi ham shu operator bilan yakunlanadi. return 
operatoridan foydalanishda quyidagilarga e‘tibor berish kerak: 
a) faqat void turli funksiyalar parametrsiz return operatori bilan yakunlanishi 
mumkin. Chunki qiymat chaqiriq byurug‗iga qaytarilmaydi. Shuning uchun bu 
turli funksiyalar return operatorisiz ham yakunlanishi, ya‘ni blok belgisi bilan 
yakunlanishi mumkin; 
b) void turidan boshqa turli barcha funksiyalar return operatori bilan 
yakunlanadi, ya‘ni return parametr ko‗rinishida bo‗lishi kerak. Agar bu 
operatordan parametrsiz foydalanilsa, kompilyator qaytariladigan qiymat yo‗q deb 
xabar beradi; 
c) void turidan boshqa turli funksiya returnsiz tugasa ham, blok belgisi (}) ni 
uchratgach, kompilyator funksiya tanasini bajarish tugaganligini tushunadi va 
xatolik haqida xabar bermaydi. Ammo funksiya tanasidagi hisob natijalari 
qaytarilmaganligi tufayli, chaqiriq byurug‗i qandaydir o‗zgaruvchiga qiymat 
sifatida berilgan bo‗lsa, o‗sha o‗zgaruvchi qiymat sifatida tasodifiy sonni oladi va 
tabiiyki, keyingi buyruqlarda mantiqiy xatoliklar sodir bo‗ladi; 
d) return so‗zidan keyin parametr sifatida biror o‗zgaruvchi nomidan, 
masalan, return p kabi foydalanilgan bo‗lib, p e‘lon qilingan, ammo qiymati 
aniqlanmagan bo‗lsa ham qiymat sifatida tasodifiy son qaytariladi; 
e) chaqiriq byurug‗idan foydalanilgandan keyin qandaydir qiymat qaytariladi. 
Lekin o‗sha qiymatni zarurat bo‗lmasa biror o‗zgaruvchiga berib, chaqiriq 


167 
byurug‗idan keyingi buyruqlarda foydalanish shart emas. Bunday holda funksiya 
tanasidagi amallar natijasi o‗z-o‗zidan yo‗qolib ketadi; 
f) funksiya tanasidagi hisob natijalari qanday bo‗lishidan qat‘iy nazar return 
da ko‗rsatilgan son yoki parametrning qiymati qaytariladi. Masalan, funksiya. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   164




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Global o„zgaruvchilar qiymatini saqlab qolish

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish