177
cin>>a>>b;
kop(a,b,p,q);
cout<<‖a+b=‖<
}
int kop(int m,int n,int & k,int & t)
{k=m+n;
t=m*n;
return 0;
}
Kiritish ma‘lumotlari
4 5
Dastur natijasi
a+b=9 ab=20
C++ dasturlash tilida proseduralarga murojat qilish jarayonida hech qachon
ifoda tarkibida murojat qilinmaydi. Chunki prosedura natijani nomiga emas, balki
o‗zgaruvchilarga ta‘minlaydi, shuning uchun oldin prosedura
ishlatiladi va keyin
uning prosedura tarkibidagi qiymat qaytaruvchi o‗zgaruvchi
ifoda ichida
ishlatilishi mumkin.
Nazariy savollar
1 Prosedura deganda nimani tushunasiz?
2 Proseduralarni e‘lon qilish usullarini ayting?
3 Proseduralarni e‘lon qilishning umumiy ko‗rinishi?
4 Prosedura tanasini tasvirlashning umumiy ko‗rinishi?
5 Proseduralarga qanday usullarda murojat qilinadi.
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar
1. IsPalindrom(N) mantiqiy funksiya hosil qiling. (N > 0). Agar N soni
palindrom bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarilsin. Shu funksiya orqali 5
ta sondan nechtasi palindrom ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin. IsPalindrom
funksiyasinida DigitCount va DigitN funksiyalaridan foydalanish mumkin.
(Qarang 29, 30)
2. Haqiqiy qiymat qaytaruvchi DegToRad(D) funksiyasini hosil qiling. (360
> D > 0). Funksiya D gradusning radian qiymatini qaytarsin. Shu funksiya orqali
3 ta berilgan burchakning radianga qiymati aniqlansin.
3. Haqiqiy qiymat qaytaruvchi RadToDeg(D) funksiyasini hosil qiling.
Funksiya R radianning gradus qiymatini qaytarsin. Shu funksiya orqali radianda
berilgan 3 ta burchakning gradusdagi qiymati aniqlansin.