Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/164
Sana25.01.2024
Hajmi2,67 Mb.
#146073
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   164
Bog'liq
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI

 
Mustaqil ishlash uchun topshiriqlar 
1. Ixtiyoriy sonning 3-darajasini hisoblovchi PowerA3 nomli funksiya hosil 
qiling. PowerA3 funksiyasi orqali A, B, C haqiqiy sonlarining va D, E butun 
sonlarining 3-darajasini hisoblovchi dastur tuzilsin. 
2. Ixtiyoriy sonning 2, 3, 4 – darajasini hisoblovchi PowerA234 nomli 
funksiya hosil qiling. PowerA234 funksiyasi orqali A, B, C haqiqiy sonlarining 2, 
3, 4 – darajasini hisoblovchi dastur tuzilsin. Funksiya prototipi quyidagicha 
bo‗lishi mumkin: 
void PowerA234(float , float*, float*, float*); 
3. 2 ta sonning o‗rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi MEAN nomli 
funksiya hosil qiling. MEAN funksiyasi orqali A, B, C, D sonlaridan (A,B), (A,C), 
(A,D) juftliklarining o‗rta arifmetigi va geometrigini hisoblovchi dastur tuzilsin. 
Funksiya prototipi quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
void MEAN(float , float , float*, float*); 
4. Teng tomonli uchburchakning yuzasi va perimetrini hisoblovchi Triangle 
nomli funksiya hosil qiling. Triangle funksiyasi orqali uchta teng tomonli 
uchburchakning perimetri va yuzini hisoblovchi dastur tuzilsin. Funksiya prototipi 
quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
void Triangle(float , float*, float*); 
5. To‗g'ri to‗rtburchakning yuzini va perimetrini uning qarama – qarshi 
uchlari koordinatasi orqali hisoblovchi RectPS nomli funksiya hosil qiling. (x1, y1, 
x2, y2) to‗g'ri to‗rtburchakning qarama – qarshi uchlari RectPS funksiya orqali 2 
ta to‗rtburchak yuzi va perimetrini hisoblang. To‗rtburchak tomonlari 
koordinatalar o‗qiga parallel. Funksiya prototipi quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
void RectPS(int , int , int*, int*); 


172 
6. Natural sonning raqamlari soni va raqamlari yig'indisini hisoblovchi 
DigitCountSum nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, c sonlarining 
raqamlari soni va yig'indisini hisoblovchi dastur tuzilsin. 
void DigitCountSum (int, int*, int*); 
7. Butun musbat sonining raqamlarini teskari tartibda chiqaruvchi 
InvertDigit nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya orqali a, b, c sonlarining 
raqamlari teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzilsin. 
int InvertDigit (int); 
8. Kiritilgan K butun musbat sonining o‗ng tarafiga (oxiriga) R raqamini (1 
<= R <= 9) qo‗shuvchi AddRightDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya 
prototipi quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
int AddRightDigit (int son, int raqam); 
9. Kiritilgan K butun musbat sonining chap tarafiga (boshiga) R raqamini (1 
<= R <= 9) qo‗shuvchi AddLeftDigit nomli funksiya hosil qiling. Funksiya 
prototipi quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
int AddLeftDigit (int*son, int raqam); 
10. Ikkita sonning qiymatini almashtiruvchi Swap nomli funksiya hosil 
qiling. Swap funksiya orqali A, B, C, D sonlaridan (A, B), (D, C) juftliklarining 
qiymatlarini almashtiruvchi dastur tuzilsin. 
Funksiya prototipi quyidagicha bo‗lishi mumkin: 
void Swap (int*, int*); 
11. X va Y sonlaridan kichigini X ga va kattasini Y ga yozuvchi Minmax(X,Y) 
funksiyasini hosil qiling. Minmax funksiyasini 4 marta chaqirish orqali a, b, c, d 
butun sonlaridan kattasini va kichigini aniqlovchi dastur tuzilsin. 
12. A, B, C sonlarini o‗sish tartibida joylashtiruvchi SortInc3(A, B, C) 
funksiyasini hosil qiling. Ya'ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday 
almashtiringki, natijada A ning qiymati eng kichik va C ning qiymati eng katta 
bo‗lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang. 
13. A, B, C sonlarini kamayish tartibida joylashtiruvchi SortDec3(A, B, C) 
funksiyasini hosil qiling. Ya'ni A, B, C sonlari qiymatlarini shunday 
almashtiringki, natijada A ning qiymati eng katta va C ning qiymati eng kichik 
bo‗lsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) sonlarini tartiblang. 
14. o‗ngga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftRight3(A, B, C) 
funksiyasini hosil qiling. Ya'ni A ning qiymati B ga, B ning qiymati C ga, C ning 
qiymati A ga o‗tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) 
sonlarini siljiting. 


173 
15. Chapga siklik siljishni amalga oshiruvchi ShiftLeft3(A, B, C) 
funksiyasini hosil qiling. Ya'ni C ning qiymati B ga, B ning qiymati A ga, A ning 
qiymati C ga o‗tib qolsin. Bu funksiya orqali (A1, B1, C1) va (A2, B2, C2) 
sonlarini siljiting. 
16. Haqiqiy sonning ishorasini aniqlovchi ishora nomli funksiya hosil qiling. 
Funksiya argumenti noldan kichik bo‗lsa -1; noldan katta bo‗lsa 1; nolga teng 
bo‗lsa 0 qiymat qaytarsin Haqiqiy a va b sonlari uchun ishora(a) + ishora(b) 
ifodasi hisoblansin. 
17. Kvadrat tenglamaning ildizlar sonini aniqlovchi funksiya hosil qiling. 
0
*
*
2



C
x
B
x
A
ko‗rinishidagi tenglama kvadrat tenglama deyiladi. (A 
noldan farqli son) 
18. Doiraning yuzini hisoblovchi funksiya hosil qiling. Bu funksiya 
yordamida 3 ta doira yuzini hisoblang. Doiraning yuzi 
2
R
S


orqali 
hisoblanadi. 
1415
.
3

Pi
 ni o‗zgarmas deb qabul qiling. 
19. Markazi bir nuqtada bo‗lgan, R1 va R2 radiusga ega 2 ta aylananing 
ustma–ust tushmaydigan (kesishmaydigan) qismining yuzasini topuvchi RingS 
nomli funksiya hosil qiling. Doiraning yuzini hisoblash formulasidan foydalaning, 
2
R
S



1415
.
3

Pi
 ni o‗zgarmas deb qabul qiling. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   164




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish