|
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov Pdf ko'rish
|
bet | 107/164 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,67 Mb. | | #146073 |
Bog'liq ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI20. To‗g'ri burchakli uchburchakning katetlari A va B berilganda, uning
perimetrini hisoblovchi TriangleP nomli funksiya hosil qiling.
21. A va B sonlari orasidagi sonlar yig‘indisini hisoblovchi SumRangle(A,
B) nomli funksiya hosil qiling. Agar A > B bo‗lsa, funksiya 0 qiymat qaytaradi. Bu
funksiya orqali A dan B gacha va B dan C gacha bo‗lgan sonlar yig'indisini
hisoblang. A, B, C butun sonlar.
22. Arifmetik amallarni bajaruvchi Calc(A, B, Op) funksiyasini hosil qiling.
A va B haqiqiy sonlar. Op o‗zgaruvchisi orqali bajariladigan arifmetik amal
aniqlanadi. 1-ayirish, 2-ko‗paytirish, 3-bo‗lish, boshqalari qo‗shish. Shu funksiya
orqali A va B sonlari uchun N1, N2, N3, N4 amallari bajarilsin. (N1-N4 butun
sonlar)
23. X va Y butun sonlari berilgan (X va Y noldan farqli). (X, Y) nuqta qaysi
chorakda ekanini aniqlovchi Quarter nomli funksiya hosil qiling. Bu funksiya
orqali 4 ta nuqtaning choragini aniqlang.
24. Butun sonning juft – toqligini aniqlovchi Even(K) funksiyasini hosil
qiling. Funksiya K juft son bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Bu
funksiya orqali 3 ta sonning juft yoki toqligi aniqlansin.
174
25. IsSquare(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K biror
butun sonning kvadrati bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Shu
funksiya orqali 3 ta sonni tekshiring.
26. IsPower5(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni 5
ning biror darajasi bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Shu funksiya
orqali 5 ta sondan nechtasi 5 ning darajasi ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
27. IsPowerN(K) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (K > 0). Agar K soni N
ning biror darajasi bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Shu funksiya
orqali 5 ta sondan nechtasi N ning darajasi ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
28. IsPrime(N) mantiqiy funksiyasini hosil qiling. (N > 0). Agar N soni tub
bo‗lsa – true, aks xolda false qiymat qaytarsin. Shu funksiya orqali kiritilgan k ta
sondan nechtasi tub ekanini aniqlovchi dastur tuzilsin.
29. Butun qiymat qaytaruvchi DigitCount(K) funksiyasini hosil qiling. (K >
0). Funksiya K ning raqamlari sonini qaytarsin. Shu funksiya orqali 5 ta sonning
raqamlari soni aniqlansin.
30. Butun qiymat qaytaruvchi DigitN(K, N) funksiyasini hosil qiling. (K >
0). Funksiya K sonining N – raqamini qaytarsin. Agar K soni raqamlari N dan
kichik bo‗lsa, minus bir qaytarsin. Shu funksiya orqali K1, K2, K3 sonlarining N –
raqami aniqlansin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti s. Eshtemirov, F. M. Nazarov
|