191
V-BOB. C++ DASTURLASH TILIDA SATR, FAYL VA STRUKTURA
TURIDAGI MA‟LUMOTLAR VA ULARDAN FOYDALANISH.
C++
dasturlash tili tarkibida satr, to‗plam, fayl va struktura turiga mansub
bo‗lgan ma‘lumotlar ustida amallar bajarish imkoniyati ham mavjud. Satr turi bu
dasturlashning
asosiy turlaridan hisoblanadi, bunda char turiga mansub barcha
ma‘lumotlar shu tur asosida qayta ishlanadi. Dasturlash
aoslarida satr turi bilan
ishlash bu fanning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tashkilot va muassasalarning
axborotlarini qayta ishlash vaqtida uning tarkibida
asosan satr turlari bilan
ishlashga to‗g‘ri keladi. Bu bobda satrlar ustida satrning uzunligi, satrni nusxalash,
satrni kerakli joyga o‗rnatish kabi bir qator vazifalar ko‗rib o‗tiladi. C++ dasturlash
tilida to‗plam va fayl turlari ham asosiy turlardan hisoblanadi.
Matematik
masalalarni hal etishda asosan to‗plam turi katta ahmiyat kasb etadi. C++
dasturlash tilida to‗plam, to‗plam elementlari, element to‗plamga
tegishli
ekanligini aniqlash masalalarini hal etish imkoniyati mavjud. Dasturlash asoslari
fanida struktura turiga mansub bo‗lgan ma‘lumotlar katta ahamiyat kasb etadi.
Struktura turidagi ma‘lumotlar tarkibida bir nechta
turlar birgalikda qaraladi,
masalan, tashkilot xodimlari haqida ma‘lumotlar struktura turiga tegishli bo‗ladi.
Struktura turiga e‘tibor qaratsak, bu tur dasturlashning
asosiy turlari hisoblanadi,
bu tur asosan ma‘lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining asosi hisoblanadi.
Yuqorida ko‗rilgan turlar va ulardan foydalanish imkoniyati C++ dasturlash tili
tarkibida mavjud. Mazkur qullanmaning joriy bobida yuqoridagi turlar va ulardan
foydalanish usullari qarab o‗tiladi.