C++ DASTURLASH TILIDA SATR TURI VA ULARDAN




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/164
Sana25.01.2024
Hajmi2,67 Mb.
#146073
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   164
Bog'liq
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI

5.1 C++ DASTURLASH TILIDA SATR TURI VA ULARDAN 
FOYDALANISH USULLARI 
Reja: 
 
1. Belgi va satrlar; 
2. Satr uzunligini aniqlash; 
3. Satrlarni nusxalash; 
4. Satrlarni ulash; 
5. Satrlarni solishtirish (taqqoslash) funksiyalari 
6. Satrdagi harflar registrini almashtirish funksiyalari 
7. Satrlarni teskari tartiblash 
8. Satrdan belgini izlash 
9. Satr ichidan satr qismini izlash 
10.Satr turini o‗zgartiruvchi funksiyalar 


192 
C++ dasturlash tilida satr turi va ulardan foydalanish usullari va 
tamoyillarini qarab o‗tamiz. Satr turi bu belgilardan tashkil topgan ma‘lumotlar 
majmuasi hisoblanadi. Satrlarning uzunligini aniqlash, satrlarni nusxalash, satrlarni 
kerakli joyga o‗rnatish kabi amallarni bajarish uchun C++dasturlash tilida keng 
imkoniyati mavjud. C++ dasturlash tilida satrlar ham boshqa turlar kabi oldin 
dastur tarkibida e‘lon qilinishi kerak. Satrlar e‘lon qilingandan keyin ular ustida 
amallar bajarish mumkin. 
 
Belgi va satrlar 
C++ dasturlash tilida bir nechta turlardan foydalanish va ular ustida amallar 
bajarish mimkin, dasturlash muhitida boshqa turlar kabi belgili turlar ham mavjud. 
C++ dasturlash tilida belgili turlar char turiga mansub bo‗lgan yagona elementli tur 
hisoblanadi. C++ dasturlash tilida satrlar uchun alohida maxsus turlar ishlab 
chiqilmagan satrlarni belgilar massivi sifatida ishlatish imkoniyati mavjud. 
Ta‘rif: Alohida nom bilan saqlanuvchi bir nechta belgilardan tashkil topgan 
belgilar majmuasi satr deyiladi. 
Satrlarni belgilar massivi sifatida qarab ular ustida amallar bajarish mumkin. 
C++ dasturlash tilida satrlar nol(‗\0‘) terminatori bilan tugaydi. Nol terminatori 
bilan tugaydigan satrlar ASCIIZ –satrlari deyiladi. 
Satrlardan foydalanish va ular ustida amallar bajarish uchun albatta oldin 
ularni e‘lon qilish kerak. Satr turiga mansub bo‗lgan o‗zgaruvchilarni char 
xizmatchi so‗zi orqali e‘lon qilinadi. Satrlarni e‘lon qilish uchun quyidagi 
dasturlarga etibor bering. 
#include  
#include  
using namespace std;
int main()
{ char s[10]; // s satrli o‗zgaruvchini e‘lon qilish 
return 0;
}
  Yuqoridagi dastur tarkibida s[10] satr o‗zgaruvchisi 9 ta elementga va 
bitta nol terminatoriga mo‗ljallangan. Satrlarni boshlang‘ich qiymatlarini berish 
jarayonida uning elementlar sonini berish shart emas. Agar satrlarni elementlar 
soni berilmasa dastur avtomatik ravishda uning elementlar soniga boshlang‘ich 
qiymatdagi elementlar sonidan bitta ortiq qilib ta‘minlaydi, chunki oxiriga bitta nol 


193 
terminatorini hisobga oladi. Doim satrlarni kiritishda uning elementlar soni e‘lon 
qilinganidan oshib ketmasligi kerak aks holda faqat e‘lon qilingan elementlar 
soniga teng elementlarni saqlab qolinib qolganlari olinmaydi. 

Download 2,67 Mb.
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   164




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 C++ DASTURLASH TILIDA SATR TURI VA ULARDAN

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish