205
Kiritish ma‘lumotlari
s=aliakbar
p=ak
Dastur natijasi
Akbar
Satr turini o„zgartiruvchi funksiyalar
Ko‗pincha sonlarni qayta ishlashni talab qiluvchi masalalarda sonni matematik
almashtirishlardan foydalanib qayta ishlagandan ko‗ra uni satr ko‗rinishda
qayta
ishlab, keyin satrni songa aylantirib qo‗yish ancha qulay bo‗ladi. Buning uchun
C++ dagi
funksiyalar kutubxonasidagi
quyidagi funksiyalardan
foydalaniladi.
1.
atoi(satr)funksiyasi. Bu funksiya turi butun
(int) bo‗lib, satr ko‗rinishida
berilgan sonni butun turga aylantiradi. Satrni to‗liq
songa aylantirish uchun
satrning belgilari to‗liq raqamlar bo‗lishi kerak. Agar satrning boshidagi bir nechta
belgilarigina raqamlardan iborat bo‗lsa,
atoi() funksiyasi faqat shu qismini songa
aylantiradi va qolgan qismini tashlab yuboradi. Agar satr raqam bilan
boshlanmagan bo‗lsa, funksiya 0(nol) ga teng qiymatni oladi. Yuqorida keltirilgan
fikrlarni quyidagi dastur misolida tahlil qiling.
#include
#include
using namespace std;
int main()
{
int i,j,k,n,m;
char satr1[30]="215625", satr2[30]="25";
char satr3[30]="2154254254698",
satr4[30]="7458TALA215AN",satr5[]="assalom";
k=atoi(satr1); n=atoi(satr2); i=atoi(satr3); j=atoi(satr4);
m=atoi(satr5);
cout<<"i="<cout<<"k="<cout<<"m="<system("pause");
return 0;
}
Dastur natijasi quyidagicha bo‗ladi
i=-1819327894
206
j=7458
k=215625
n=25
m=0
Satrni songa aylantirishda son tur chegarasidan chiqib ketsa C++ kutilmagan
natijani chop etadi. Masalan, dastur
i paramatri uchun shunday qiymat tanlangan.
2.
atof(satr) funksiyasi. Bu funksiya ham
atoi() funksiyasi kabi ishlaydi. Faqat
bu
funksiyaning qiymati long turiga mansub bo‗ladi. Bundan tashqari funksiyaga