211
5.2 C++ DASTURLASH TILIDA STRING TURIGA MANSUB BO„LGAN
SATRLI O‟ZGARUVCHILAR
Reja:
1. String turidagi o‗zgaruvchilarni e‘lon qilish ;
2. String turdagi satrlar ustida amallar bajarish;
3. String turidagi satrlarni nusxalash;
4. Satrning biror qismidan nusxa olish funksiyasi
5. Satr tarkibiga boshqa satrni joylashtirish
6. Satr qismini o‗chirish
7. Matn qismini boshqa matn qismi bilan almashtirish funksiyasi
8. Satr tarkibidan satr qismini izlash
9. Satrlarni solishtirish funksiyalari
10.Satr xossalarini aniqlash funksiyalari
C++ dasturlash tilida satrlar uchun standart turdan
tashqari string turi ham
qushimcha sifatida qaralgan. String turiga mansub bo‗lgan
satrlar nol terminatori
bilan tugallanmasdan u oddiy belgilar massivi sifatida qaraladi.
String turini
afzalliklari satrlar ustida amallar bajarilgandan So‗ng
dinamik ravishda
o‗zgartirishlar mumkin.
String turidagi o„zgaruvchilarni e‟lon qilish
C++ dasturlash tilida string turidagi o‗zgaruvchilarni e‘lon
qilish uchun
string xizmatchi so‗zi orqali amalga oshiriladi.
string s,s1;
String turiga mansub bo‗lgan satrlar ustida amallar bajarish imkoniyati C++
dasturlash tilida keng imkoniyatga ega. C++ dasturlash tilida string turiga mansub
bo‗lgan satrlarni boshlang‘ich qiymatlarini bir nechta usullarda berish mumkin.
String turidagi satrlarni boshlang‘ich qiymatlarini berish jarayonini quyidagi dastur
orqali qaraymiz:
#include
#include
using namespace std;
int main()
{ string s,s1; // s va s1 larni e‘lon qilish
s="dastur"; // s ni boshlang‘ich qiymatini berish
212
s1=s; // s1 ni boshlang‘ich qiymatini berish
return 0;
}
String turidagi satrlar ustida amallar bajarish uchun uning
elementlari bilan
ishlashga to‗g‘ri keladi. String turidagi satrlarni har
bir elementlariga murojat
qilish uchun at() funksiyasi yoki oddiy [] elementga murojat qilish orqali murojat
qilinadi. Masalan s.at(3) s satrning uchinchi elementiga murojat qilinadi. s.at(3) va
s[3] holatlari teng kuchli hisoblanadi.
Satrlarni ixtiyoriy elementiga murojat qilish
uchun doimo bitta kam qilib
buyruq berish kerak, chunki satrlar belgili massiv bo‗lganligi uchun boshlang‘ich
element nolinchi o‗rindan boshlanadi.
Misol: Berilgan satrni ixtiyoriy elementini ekranga chiqaring.
#include
#include
using namespace std;
int main()
{ string s; int n;
cin>>s; cin>>n;
cout<return 0;
}
Kiritish ma‘lumotlari
s=dastur
n=3
Dastur natijasi
S
Demak, satrlarni yuqoridagi qoidalarga asoslanib e‘lon qilib uning ixtiyoriy
elementlariga ta‘sir qilish mumkin.