Satrning biror qismidan nusxa olish funksiyasi




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/164
Sana25.01.2024
Hajmi2,67 Mb.
#146073
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   164
Bog'liq
ALGORITMLASH VA DASTURLASH ASOSLARI

Satrning biror qismidan nusxa olish funksiyasi 
Bu amalni bajarish uchun satr1.substr(n,m)funksiyasidan foydalaniladi. 
Funksiyaning quyidagicha ko‗rinishlari mavjud. 
a) satr1.substr(n,m). Bunda satr1 qismidan nusxa olinayotgan satr bo‗lib, 
funksiya shu satrning n-belgisidan keyingi m ta belgisidan nusxa oladi; 
b) satr1.substr(n) ko‗rinishida foydalanilsa satr1 satrning n-belgisidan 
oxirigacha nusxa olinadi; 
c) satr1.substr() ko‗rinishidan foydalanilganda esa satr1dan to‗liq nusxa 
olinadi. Bu holda funksiyaning qiymati qandaydir string turli o‗zgaruvchiga 
berilishi kerak. 
Satrning oxiriga boshqa satrni o„rnatish 
String turidagi satrni qismiga boshqa satrni o‗rnatish uchun append() 
funksiyasidan foydalaniladi. append() funksiyasining umumiy 
ko‗rinishi 
quyidagicha bo‗ladi. 
s1.append(s2,n,m); 
Append funksiyasi s2 satrni n-elementidan m ta elementni s1 satr oxiriga 
o‗rnatish amalini bajaradi. 
Misol: s2 satrni ikkinchi elementidan uchtasini s1 satrga o‗rnating amalini 
bajaring. 
#include  
#include  
using namespace std;
int main()
{ string s1,s2; 
cin>>s1; cin>>s2; 
s1.append(s2,2,3); 
cout<return 0; 
}
Kiritish ma‘lumotlari 
S1=dastur 
S2=amal 
Dastur natijasi 
Dastural 
S2 satrning ikkinchi elementida a joylashgan, chunki satr nolinchidan 
boshlangan. 
Bu funksiyani quyidagi ko‗rinishlari mavjud: 


215 
a) satr2. append (satr1); ko‗rinishidan foydalanilganda satr2 ning oxiridan 
satr1 ulanadi. Agar satr2 initsializatsiya qilinmagan bo‗lsa, satr2 o‗zgaruvchi satr1 
o‗zgaruvchining qiymatini oladi; 
b) satr2. append (satr1,n,m); ko‗rinishidan foydalanilganda satr1ning n –
belgisidan keyingi m ta belgisi satr2 ning oxiridan ulanadi; 
c) satr2. append (satr1,n); ko‗rinishidan foydalanilganda satr1 char turli 
massiv bo‗lishi kerak. Funksiya char turli satr1ni string turga aylantirib, uning 
dastlabki n ta belgisini satr2 oxiridan ulaydi. 
Funksiyaning vazifasini o‗zlashtirish uchun quyidagi dastur va uning 
natijasini tahlil qiling. 
#include  
#include  
using namespace std; 
int main() 
{ int j,i,s,n,m; 
string 
s1="matnni 
ulash",s3,s4="bo‗lakni",s5,s7="bizning 
",s2="matnga "; 
char s6[]="assalom"; s2.append(s1);cout<<"s2="<s3.append(s1);cout<<"s3="<s4.append(s1,6,6);cout<<"s4="<s5.append(s6,4);cout<<"s5="<s7.append("maktabdosh",6);cout<<"s7="<system("pause"); 
return 0; 

Dastur natijasi quyidagicha bo‗ladi 
s2=matnga matnni ulash 
s3=matnni ulash 
s4=bo‗lakni ulash 
s5=assa 
s7=bizning maktab 

Download 2,67 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   164




Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Satrning biror qismidan nusxa olish funksiyasi

Download 2,67 Mb.
Pdf ko'rish