230
Fayldan ma‟lumot o„qish jarayonini C++ dasturlash tilida amalga oshirish
uchun fayl o‗qish uchun ochish bo‗yicha e‘lon qilish kerak. Mavzuni fayllarga
murojat qilish qismi bo‗yicha fayllar o‗qish uchun ochish bo‗yicha e‘lon qilinadi
va mantiqiy nomi fizik nomi bilan bog‘lanib undagi ma‘lumotlar o‗qiladi. Fayldan
ma‘lumotlar faqat o‗zgaruvchilarga o‗qiladi. Fayldan ma‘lumotlarni o‗qish
jarayoni xuddi cin funksiyasi kabi bajariladi.
C++ dasturlash tilida fayldan ma‘lumot o‗qish uchun ifstream
nom>;
.open("fizik nom"); buyruqlari oldin yozilishi shart undan
so‗ng fayl tarkibidan ma‘lumot o‗qish mumkin. C++ dasturlash tilida fayldan
ma‘lumot o‗qishning umumiy ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi:
>> ;
Fayl o‗qish uchun ochilgandan so‗ng uning elementlarini biror bir
o‗zgaruvchiga o‗qib olish imkoniyati mavjud.
Misol: 1 dan 10 gacha sonlar yozilgan tt.txt faylidan uning elementlarini
ko‗chirib olib ikkiga ko‗paytirib ekranga chiqaring.
#include
#include
using namespace std;
int main()
{ ifstream f; int a;
f.open("tt.txt");
for(int i=1;i<=10;i++)
{ f>>a;
cout<<2*a<<" ";
}
f.close();
return 0;
}
Dastur natijasi
2 4 6 8 10 12 14 16 18 20