225
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Dasturlash tilida ishlatiladigan fayllar nomi ikki turda
bo‗ladi.
1)
Fizik nomi;
2) Mantiqiy nomi.
Faylning fizik nomi kompyuterda .txt kengaytmali nom bilan saqlangan
nomi hisoblanadi.
Faylning mantiqiy nomi esa dastur tarkibida faylning fizik nomi bilan
bog‘lashga xizmat qiladigan nomi hisoblanadi. C++ dasturlash tilida fayllarni e‘lon
qilishdan oldin albatta
#include kutubxonasini chaqirish kerak.
C++ dasturlash tilida fayllarning asosiy nomiga to‗g‘ridan to‗g‘ri
murojat
qilib bo‗lmaydi. Fayllarga murojat qilish uchun faylning fizik nomiga mantiqiy
nomini bog‘lab murojat qilish mumkin. Fayllar mantiqiy nomini fizik nomiga
bog‘lagandan So‗ng dastur tarkibida faylga uning nomi bilan murojat qilinadi.
Dastur tarkibining ixtiyoriy joyida faylga murojat
qilish uchun albatta uning
mantiqiy nomi bilan murojat qilinadi.
C++ dasturlash tilida fayllarni e‘lon qilish va ularni mantiqiy nomi bilan
bog‘lash uchun ixtiyoriy o‗zgaruvchini mantiqiy nom sifatida qabul qilinadi.
C++ dasturlash tilida fayllar bir nechta holatlar bo‗yicha e‘lon qilinadi.
1)Fayllarga ma‘lumot yozish uchun ochish bo‗yicha e‘lon qilish;
2)Fayllardan ma‘lumot o‗qish uchun ochish bo‗yicha e‘lon qilish;
C++ dasturlash tilida fayllarga ma‘lumot yozish uchun ochish bo‗yicha e‘lon
qilishning umumiy ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi:
ofstream
;
Ofstream kalit so‗zi orqali fayl e‘lon qilinganda, e‘lon qilingan fayl ustida
faqatgina ma‘lumot yozish amali bajariladi. Ya‘ni dastur natijasi biror bir faylga
saqlash uchun faylni yozish bo‗yicha e‘lon qilinadi.
C++ dasturlash tilida fayllardan ma‘lumot o‗qish uchun ochish bo‗yicha
e‘lon qilishning umumiy ko‗rinishi quyidagicha bo‗ladi: