|
Fan nomi: Kompyuter tarmoqlari
|
bet | 1/8 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 494,92 Kb. | | #154990 |
Bog'liq Shavkatov Dilmurod NWK003
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter tarmoqlari
1-Mustaqil ish
Fan nomi: Kompyuter tarmoqlari.
Guruh: NWK003
Bajardi: Shavkatov. Dilmurod
Tekshirdi: Abdurashidova Kamola
Toshkent 2024
Mavzu: “Ma’lumotlarni uzatishning fizik muhiti. Fizik sath. Tarmoq monitoringi (kechikish, o‘tkazish qobiliyati). Kabellar turlari (o‘ralma juftlik, koaksial kabel, optik tolali kabel).”
Reja:
Ma'lumotlarni Uzatishning Fizik Muhiti.
Fizik Sath.
Tarmoq Monitoringi (Kechikish, O‘tkazish Qobiliyati):
Kabellar Turlari (O‘ralma Juftlik, Koaksial Kabel, Optik Tolali Kabel):
Fizik uzatish muhiti - elektr, radio, telefon yoki boshqa signallar
yordamida amalga oshiriladigan aloqa kanali va ma’lumotlarni uzatish, qabul qilish qurilmasidir. (Fizik uzatish muhiti negizida abonent tizimlari o’rtasida axborot uzatishni ta’minlovchi kommunikatsion tarmoq tashkil etiladi.) Abonent tizimining hududiy joylashuviga qarab kompyuter tarmoqlarini uchta asosiy turkumga ajratish mumkin:
Lokal tarmoqlar (LAN-Local Area Network- 20 kmgacha masofani qamraydi)- biror korxoka yoki idora binolari va filiallarini o’zaro birlashtirib turadi. Alohida xususiyati - yuqori tezlikda ishlaydigan ma’lumot uzatish kanali;
Mintaqaviy tarmoqlar (MAN- Metropolitan Area Network- - 1000 kmgacha masofani qamraydi) -shaharlar, viloyatlar, kichikroq davlatlar hududini o’z ichiga olgan tarmoqlar, odatda telefon tarmoqlari vositasida ulanadi;
Global tarmoqlar (WAN- Wide Area Network - masofasi cheksiz) - turli mamlakatlar yoki qit’alarda joylashgan abonentlarni birlashtiradi. Mazkur tarmoq abonentlar o’rtasidagi aloqa telefon, radioaloqa va kosmos aloqa tizimi negizida amalga oshiriladi. Eng mashhur global tarmoq Internet tarmog’idir.
Global, mintaqaviy va lokal kompyuter, tarmoqlarining birlashuvi ko’ptarmoqli ierarxiyani tashkil etib, umumjahon axborot resurslarini birlashtirish va ulardan kollektiv ravishda foydalanish imkoniyatlarini yaratadi.
|
| |