|
Fan nomi: Kompyuter tarmoqlari
|
bet | 6/8 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 494,92 Kb. | | #154990 |
Bog'liq Shavkatov Dilmurod NWK00310Base-2 standarti. 10Base-2 standarti ham - umumiy shina
topologiyasiga ega bo’lib, unda axborotni uzatish muhiti sifatida markazidan diametri 0,89 mm bo’lgan mis sim o’tgan, tashqi diametri esa 5mm bo’lgan ingichka koaksial kabeldan foydalanilgan. Bu standart - «ingichka» Ethernet deb atalgan. Kabelning to’lqin qarshiligi 50 Om-ga teng. RG-58/U, RG-58 A/U va RG-58 C/U kabellari ana shunday ko’rsatgichlarga ega kabellar hisoblanadi. 10Base-
2 standartida bitta segmentning uzunligi ko’pi bilan 185m bo’lishi mumkin. Segmentning ikki tomonida, ya‟ni oxirlarida 50 Om qarshilikka ega bo’lgan terminatorlar ulangan bo’lishi kerak. 10Base-2 standartida takrorlovchilarni ishlatib tarmoqning uzunligini oshirish imkoniyati bo’lgan. Bunda ham 10Base-5 standartidagi kabi, «5-4-3 qoidasiga» amal qilish kerak bo’lgan. Tarmoqning maksimal uzunligi 5x185 = 925m-ni tashkil qilgan. Bitta segmentdan iborat bo’lgan 10Base-2 tarmog’ining ko’rinishi
10Base-2 standarti tarmog’i.
10Base-T standarti. 10Base-T tarmog„ida ma‟lumotlarni uzatish
muhiti sifatida ekranlanmagan o‘ralma juftlik (Unshielded Twisted Pair, UTP) kabeli ishlatilgan. 3-inchi kategoriyali ko„p juftli (2 ta, 4 ta juftli) UTP kabeli telefon appratlarini ulash uchun ham ishlatilgan. Shuning uchun ularni Voice Grade, ya‟ni tovushni uzatish kabeli ham deb ataladi
3.3-rasm. Ekranlanmagan o„ralma juftlik kabeli.
Bunda o„ralma juftlikning bittasi, kompyuterdan konsentratorga ma‟lumotlarni uzatish uchun (Tx), ikkinchisi esa konsentratordan kompyuterga ma‟lumotlarni uzatish uchun (Rx) ishlatilgan. Bu kabelning uzunligi ko„pi bilan 100m bo„lishi mumkin.
10Base-T standartida «4-tagacha konsentratorlar» qoidasi amal qiladi. Shunga asosan tarmoqning uzunligi ko„pi bilan 500m-ni tashkil qiladi. Ya‟ni 5-ta segment har biri 100m-dan bo„lganda tarmoqning diametri 500m bo„ladi . Tarmoqqa ko„pi bilan 1024-ta kompyuter ulashga ruxsat beriladi. Bunga konsentratorlarni ikki sathli ierarxik ko„rinishda ulash bilan erishish mumkin bo„ladi.
|
| |