|
Fizik sath (Physical layer)
|
bet | 3/8 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 494,92 Kb. | | #154990 |
Bog'liq Shavkatov Dilmurod NWK003Fizik sath (Physical layer) – bu sathda fizik aloqa kanallari orqali bitlarni uzatish amalga oshiriladi.
Fizik aloqa kanallaridan biri bo’lib – koaksial kabel, o’ralma juftlik kabeli, optik tolali kabel yoki raqamli territorial kanal kabi axborot uzatish muhitlaridan biri xizmat qilishi mumkin. Bu sathda axborot uzatish muhitining va diskret axborotni uzatuvchi yelektr signallarining ko’rsatgichlari aniqlab olinadi. Masalan axborot uzatayotgan signalning kuchlanishi yoki tok sathi, impulslarning frontlarini qiyalik darajalari, uzatilayotgan axborotning kodlash tipi va signallarni uzatish tezligi kabi ko’rsatgichlar.
Fizik sathning funksiyalari (vazifalari) tarmoqqa ulangan hamma qurilmalarda amalga oshiriladi. Kompyuterlarda yesa bu sath vazifalari tarmoq adapteri yoki ketma-ket port tomonidan amalga oshiriladi. Shu sathda ulagichlarning xillari va ulardagi ulanish nuqtalarining (kontaktlarning) qaysi biri nima uchun ishlatilishi kelishib olinadi.
Kanal sathi (Data Link layer) – bu sathda uzatish muhitiga ulanish mumkin yoki mumkin yemasligini tekshirish, hamda uzatilayotgan ma’lumotlardagi xatoliklarni aniqlash va ularni to’g’irlash mexanizmini amalga oshirish kabi vazifalar bajariladi.
Buning uchun kanal sathida bitlar ketma-ketligi kadrlar (frames) deb ataladigan to’plamlarga guruhlanadi. Kanal sathi har bir kadrni to’g’ri uzatilishini ta’minlab beradi. Buning uchun hamda kadrni kadrdan ajratib turish uchun kanal sathi har bir kadrni boshlanishidan avval va ohirida maxsus bitlar ketma-ketligini joylashtiradi.
Har bir kadrning baytlari ma’lum bir yo’l bilan ishlanib nazorat qilish summasi hisoblanadi va u ham kadr tarkibiga qo’shilgan bo’ladi. Kadr tarmoq orqali o’z manziliga yetib kelganida, uni qabul qilib olgan stansiya ham nazorat qilish summasini qayta hisoblaydi va kadrda birga yuborilgan nazorat qilish summasi bilan solishtiriladi. Agar ular bir xil bo’lsa kadr to’g’ri yetib kelgan hisoblanadi va qabul qilinadi.
Lokal kompyuter tarmoqlarida kanal sathi protokollaridan kompyuterlar, ko’priklar kommutatorlar va marshrutizatorlar foydalanadilar. Kanal sathi protokollariga misol qilib - Yethyernet, Token Ring, FDDI, l00VG-AnyLAN protokollarini keltirish mumkin. Ma’lumotlarni sifatli uzatishni ta’minlash vazifalari kanal sathi bilan birga, undan yuqoriroqda turgan tarmoq va transport sathlari vazifalariga ham kiradi.
Fizik sath texnologiyalari – PDH, SDH va DWDM tarmoqlari
Har qanday kompyuter tarmog’ining fizik asosi bo’lib – aloqa chiziqlari hisoblanadi. Bunday chiziqlarsiz - kommutatorlar va marshrutizatorlar o’zaro ma‟lumotlar almashina olmaydilar, kompyuterlar esa bir-biridan ajralib qolgan, alohida-alohida qurilmalarga aylanib qoladilar. keltirilgan telekommunikatsion tarmoqning umumlashgan strukturasini ko’rsatuvchi chizmani va avvalgi qismlarda keltirilgan kompyuter tarmoqlarining chizmalarini o’rganish natijasida, kompyuter tarmoqlari
kommutatorlar, marshrutizatorlar va kompyuterlardan iborat ancha sodda tuzilishga ega ekan degan fikr tug’iladi. Ammo turli xil o’lchamlardagi – lokal, global va shahar tarmoqlari kabi kompyuter tarmoqlari sinchiklab ko’rib chiqilsa, ular OSI modelini o’rganish natijasida hosil bo’lgan tasavvurlardan anchagina murakkab tuzilishlarga ega ekanligi ayon bo’ladi.ko’rish mumkin bo’lgan - maxsus ajratilgan kabellar, uncha katta bo’lmagan masofalarda – 100 metrgacha, 1 kilometrgacha, 2 kilometrgacha bo’lgan masofalarda, joylashgan lokal tarmoqlardagi kompyuterlarni o’zaro bog’lash uchun ishlatiladi. Global (WAN) va shahar (MAN) kompyuter tarmoqlarni qurishda esa, maxsus ajratilgan kabellardan foydalanilmaydi, negaki uzoq masofalarga cho’zilgan bunday aloqa chiziqlarining narxlari ancha qimmatga tushishi mumkin bo’ladi. Shuning uchun WAN va MAN kabi tarmoqlarda, marshrutizatorlar orasidagi aloqani amalga oshirishda, o’sha erda mavjud bo’lgan telefon tarmoqlaridan, kanallarni kommutatsiyalash asosida ishlovchi birlamchi tarmoqlar bo’lgan – PDH, SDH va DWDM kabi tarmoqlardan va simsiz kanallardan foydalaniladi.
Lokal kompyuter tarmoqlarining har-bir texnologiyasi tavsifi ikki qismga bo‘lingan bo‘ladi: MAS sathi tavsifi, fizik sath tavsifi.
802 komitet tarkibiga quyidagi bo‘limlar kiradi:
- 802.1 Internetworking – tarmoqlarni birlashtirish, ya’ni bir-nechta tarmoqlarni birgalikda ishlashini ta’minlovchi standartlarni ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.2 Logical Link Control (LLC) – ma’lumotlarni uzatishni mantiqiy boshqarish standartlarini ishlab chiqish bo‘limi;
- 802.3 Ethernet, ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning CSMA/CD usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.4 Token Bus LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga mu¬rojaat qilishning Token Bus usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.5 Token Ring LAN - ma’lumotlarni uzatish muhitiga murojaat qilishning Token Ring usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT;
- 802.6 Metropolitan Area Network (MAN) - megapolislar tarmog‘i yoki shahar tarmog‘i;
- 802.7 Broadband Technical Advisory Group – har-xil ko‘rinishdagi axborotlarni uzatish standartlari guruhi;
- 802.8 Fiber Optic Technical Advisory Group – optik tolali tarmoqlar bo‘yicha texnik maslahat guruhi;
- 802.9 Integrated Voice and data Networks – tovush va ma’lumotlarni uzatuvchi integratsiyalangan tarmoqlar;
- 802.10 Network Security – tarmoq xavfsizligi;
- 802.11 Wireless Networks – o‘tkazgichlarsiz tarmoqlar;
- 802.12 Demand Priority Access LAN, l00VG-AnyLAN – ahamiyatga egalik darajasi asosida talab qilish usuli bo‘yicha ishlaydigan LKT.
Tarmoqni monitoring qilish tizimi qurilmalar yoki ulanishlarning xatosini aniqlash va xabar berishga qodir. Odatda hostlar CPU foydalanish, ulanish tarmoq tarmoqli kengligi foydalanish va operatsiya boshqa tomonlari. Odatda so'rovlarga javob berishini tekshirish uchun har bir xostga tarmoq orqali xabarlarni, ba'zan esa, xabarlarni chaqiradi. Muvaffaqiyatsizliklar, qabul qilinadigan sekin javob yoki boshqa kutilmagan xatti-harakatlar aniqlansa, ushbu tizimlar tizim ma'murlariga xabar berish uchun boshqaruv serverlari, elektron pochta manzili yoki telefon raqamlari kabi belgilangan joylarga ogohlantirishlar deb atalgan qo'shimcha xabarlar yuboradi.
|
| |