236
5.4 C++ DASTURLASH TILIDA STRUKTURA VA ULARDAN
FOYDALANISH
Reja:
1. Struktura va ularni e‘lon qilish;
2. Strukturalarga murojat qilish va ulardan foydalanish;
3. Struktura massivi.
Dasturlashtirish masalalarida biron bir tashkilot
yoki muassasalarning
ma‘lumotlar bazasini hosil qilish va ma‘lumotlar bazasi tarkibidagi ma‘lumotlarni
qayta ishlashga to‗g‘ri keladi. Ma‘lumotlar bazasini hosil qilishda bitta ob‘yekt
uchun bir nechta parametrlar saqlanadi, bunday holatlar uchun bitta ob‘yekt uchun
bir nechta parametrlarni birlashtirilish kerak bo‗ladi. Ma‘lumotlar
bazasini hosil
qilish uchun dasturlash tillaridan qulay bo‗lgan dasturiy ta‘minotlar ham ko‗p,
lekin ba‘zi hollarda dasturlash tillari ham keng qo‗llaniladi. Ma‘lumotlar bazasini
yaratish jarayoni dasturlash tillari tarkibida keng imkoniyatlari mavjud. C++
dasturlash tilida bir nechta turlarni birlashtirib yangi
tur hosil qilish jarayoni
strukturalar yaratish deb ataladi. C++ dasturlash tilida ma‘lumotlar bazasini hosil
qilish uchun strukturalardan foydalaniladi. Struktura tarkibida bitta
turga bir nechta
turlar birlashadi. Masalan talaba haqida ma‘lumotlar bazasi
hosil qilishda talaba
deb nomlangan struktura
tarkibida talaba familyasi, ismi, reytingi, tug‘ilgan vaqti
kabi parametrlari saqlanish kerak. Demak, har bir talaba uchun yuqoridagi barcha
parametrlar inobatga olinishi kerak bo‗ladi. Struktura tarkibida bitta o‗zgaruvchini
bir nechta qiymatlari bo‗lishi mumkin. Bir nechta talabalar haqida ma‘lumotlarni
qayta ishlash davrida bitta talaba uchun
bir nechta parametrlar mavjud,
bunday
holatlarni hal etish uchun strukturalardan foydalaniladi.