237
Ta‘rif: Ob‘yektning bitta xususiyatini uzida saqlaydigan parameter maydon
deb nomlanadi.
Talaba haqida ma‘lumotlar strukturasi hosil qilinishda quyidagi maydonlar
bo‗lishi mumkin: Talabani familyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan vaqti,
telefoni,
manzili va hakoza. Strukturalar maydonlardan
tashkil topgan ekan, struktura
tarkibidagi har bir maydon strukturani bitta parametrini o‗zida saqlaydi. Struktura
maydoni
uchun xotira hajmi, mayon uzunligiga teng bo‗ladi. Struktura maydoni
qiymatlari ifodalarda ishlatilishi mumkin. C++ dasturlash
tilida strukturalarni
e‘lon qilishda
struct xizmatchi so‗zidan foydalaniladi. Struktura e‘lon qilingandan
so‗ng dastur tarkibida o‗zgaruvchilarni struktura nomi bilan e‘lon qilinadi.
C++ dasturlash tilida strukturalarni tasvirlashning umumiy ko‗rinishi
quyidagicha ko‗rinishda bo‗ladi:
struct
{ ;
;
_ _ _ _ _ _ _
;
};
Strukturalarni tasvirlashda struct xizmatchi so‗zidan keyin struktura nomi va
fegurali qavsda uning maydonlari kiritilishi shart. Structura nomi masala
mohiyatiga
qarab tanlansa, maqsadga muvofiq. Masalan, talabalar haqida
ma‘lumotlar bazasida struktura nomini talaba yoki
supermarket mahsulotlari
narxlari bazasida esa narx deb nomlash mumkin. Strukturalar tarkibidagi
maydonlarni e‘lon qilish xuddi oddiy o‗zgaruvchilarni e‘lon qilishdek bajariladi va
oxiri blok yopilishidan so‗ng, albatta, nuqtali vergul qo‗yilishi shart.
Strukturalar yartish jarayonini tushunish uchun C++
dasturlash tilida
talabalar haqida ma‘lumotlar bazasini struktura yordamida quyidagicha hosil
qilinadi:
Misol: Talabalar(familyasi, ismi, telefoni, reytingi, tug‘ilgan yili) haqida
ma‘lumotlarga asosan c++ dasturlash tilida struktura hosil qiling.
#include
using namespace std;
struct talaba
{
char[20] fam; //familyani saqlovchi maydon
char[20] ism; //ismni saqlovchi maydon
238
char[20] tel; //telefonni saqlovchi maydon
int reyting; //reyting balini saqlovchi maydon
int tugy; //tug‘ilgan vaqtini saqlovchi maydon
};
int main()
{
return 0;
}
Yuqoridagi masalada talaba haqida ma‘lumotlar strukturasini hosil qilishda
struktura nomiga talaba deb nomlandi va uning maydonlari familyasi(fam),
ismi(ism), telefoni(tel), reytingi(reyting), tug‘ilgan yili(tugy) ko‘rinishlarida
tasvirlandi. Maydonlarni e‘lon qilishda dastur tarkibida
qanday maqsadlarda
foydalanishi e‘tiborga olinishi kerak. Agar dastur tarkibida maydonlar ustida hisob
ishlari olib borilmasa, uning turini char yoki string turi ko‗rinishida e‘lon qilinsa,
dastur bir muncha yengil ishlaydi.