246
boshini ekranning chap yuqori burchagida, OX o‗qi gorizontal yo‗nalishda o‗nga,
OY o‗qi esa vertikal yo‗nalishda pastga yo‗nalgan deb qaraladi. Natijada, ekranni
o‗zaro tig‗iz joylashgan nuqtalardan tashkil topgan deb tushunish mumkin va har
bir nuqta o‗z koordinatasiga ega bo‗ladi. Shuningdek,
nuqtalar ketma-ketligiga
ekran rangidan boshqa rang berish yo‗li bilan tasvir hosil qilamiz. Masalan, ekran
rangida biror shakl chizsak, u ko‗rinmaydi. C++ dasturlash tilining grafik muhitida
har xil shakllarni chizishga mo‗ljallangan ko‗plab funksiyalar mavjud.
Grafik muhitini yaratish
C++ dasturlash tili tarkibida boshqa dasturlash tillari kabi grafik rejimi va
uning imkoniyatlari mavjud. C++ dasturlash tili tarkibida grafik rejimida ma‘lum
bir chizma, shakl
va sohalar yaratish uchun, albatta, grafik muhitini hosil qilish
kerak bo‗ladi. Chizmalar va sohalarni hosil qilish uchun Dev C++
dasturining
grafik muhitiga sozlab olish kerak. Dev C++ dasturini grafik muhitiga sozlash
uchun Dev C++ ning o‗rnatilmagan
papkasi ichidan graphics.h va
libbgi.a
fayllarini kompyuteringizning quyidagi adresiga joylashtirish kerak.
C:\Dev-Cpp\include\graphics.h
C:\Dev-Cpp\lib\libbgi.h
Yuqoridagi adreslarga fayllarni joylashtirilgandab so‗ng Dev C++ dasturi
yuklanadi
va dasturning Tools bo‘limidan
Compiler Options qismi tanlanadi.