82
tuziladi. Tarmoqlanuvchi jarayonlarni amalga oshiruvchi operatorlarni qisqacha
qilib shartli operatorlar deb yuritamiz.
Shartli operatorlar ham qisqa, to‗liq va
sodda shartli operator ko‗rinishlarda tarmoqlanuvchi jarayonlarni amalga oshiradi.
if operatori
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni C++ dasturlash tilida amalga oshirish uchun,
albatta, tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi.
Algoritm bajarilish vaqtida
ma‘lum bir shartlar asosida algoritmning u yoki bu qismi bajarilishini ta‘minlash
maqsadida shartli operatorlardan foydalaniladi.
Tarif: Algoritm tarkibidagi shart asosida algoritmning tarmoqlarga
bo‗linishiga xizmat qiluvchi operatorlar shartli operatorlar deyiladi.
Hayotdagi
asosiy
ko‗p
masalalarni
dasturlash
vaqtida,
albatta,
tarmoqlanuvchi algoritmlar asosida bajariladi. Tarmoqlanuvchi
algoritmlar ham
ikki xil holatni o‘z ichiga oladi, ya‘ni shart rost bo‗lganda ma‘lum
bir vazifani
yolg‘on bo‗lganda hech qanday vazifani bajarmaydi va shart rost bo‗lganda
ma‘lum bir vazifani yolg‘on bo‗lganda boshqa vazifani bajaradi. Demak,
yuqoridagi ikki holatni e‘tiborga olib, shartli operatorlar ham qisqa va to‗liq
ko‗rinishga ega.
Qisqa shartli operatorning umumiy ko‗rinishi quyidagicha